V abdurahmonov



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Abdumajid Abdullayev
bergan materiallardan ham foydalanildi. «Klassik siyosiy iqtisod va XIX 
asr oxiri- XX asr boshlari o ‘zbek milliy iqtisodiy tafakkuri» boblaiini 
yozishda tadqiqotchi Rustamjon Rahimov ham ishtirok etdi. Shuningdek, 
ushbu fan bo‘yicha o ‘quv adabiyotlarini yozgan texnika fanlari doktori
professor A. Razzoqovning ilmiy ishlaridan ham foydalanildi.
Albatta, ushbu kitob m a’lum kam chilik-nuqsonlardan holi emas. 
Shuning uchun kitobda yo‘l qo'yilgan va aziz hamkasblarimiz e’tiboriga 
noil b o ‘lgan nazariy va uslubiy kamchiliklar haqidagi fikr-mulohazalar 
tadqiqotlarimizning bundan keyin ham davom etishi va takomillashuviga 
yordam qiladi, degan umiddamiz. Agar ushbu darslik talaba yoshlarimiz, 
barcha o'quvchilarimiz iqtisodiy tafakkurini boyitishga, milliy o ‘zligimizni 
anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishda ozmi-ko‘pmi xizmat 
qilsa mualliflar o‘zlarining mehnatlari zoye ketmaganidan m am nun 
bo‘ladilar.
4


I bob «IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI» FANI PREDMETI
VA UNI 0 ‘RGANISH USLUBLARI
1. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining iqtisodiy fanlar tizimidagi
o ‘m i va predmeti
Kishilik jamiyati shakllangan davrdan to bugunga qadar odamlar o ‘z 
turm ush tarzining moddiy asosi b o ‘lmish xalq boyligini ko‘paytirish 
muammosini hal etishga urinib kelmoqdalar. 0 ‘tmishning eng buyuk 
shohlari, sarkardalari, tadbirkorlari va allomalari o ‘z zamonlarining 
iqtisodiy muammolarini hal etishga sa’y-harakat qilishgan. Ulaming 
ta’limotlarida aksini topgan iqtisodiy voqelik muayyan davrgagina daxldor 
emas, balki hozirgi davrlarga ham qisman taalluqlidir. Zotan, o ‘tmishni 
o ‘rganish, aw alo, hozirgi kun, kelajak uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Alalxusus, iqtisodiy ta ’limotlar tarixini tadqiq qilishning tarbiyaviy jihatlari 
ham bor.
«Iqtisodiy ta ’lim otlar tarixi» iqtisodiyot fanining faktologiya va 
metodologiya asoslarini ta ’minlovchi fan sifatida ahamiyatli. Zero, bu fan 
iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.
Hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo ‘shqinlik bilan 
kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to ‘g‘risida imkoni boricha ko'proq 
bilishga intilmoqdalar. Shunday ekan, iqtisodiyot fanini o ‘rganishni 
nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ulishi tabiiy.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanlar tizimida katta o ‘rin tutadi. U «Iqtisodiy 
nazariya»ni to ‘ldirish bilan birga, m a’lum mustaqil vazifa ham bajaradi. 
Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi iqtisodiy ta ’limda, iqtisodchilar tayyorlashda
ulaming malakasini shakllanishida ham muhim o ‘rin tutadi.
B undan kelib chiqadiki, iqtisodiy bilim larning shakllanishi va 
rivojlanishi tahlili butun ijtimoiy taraqqiyot jarayoni, quldorlik tuzumidan 
boshlab barcha tarixiy davrlami o ‘z ichiga oladi.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fan sifatida kishilik jamiyati taraqqiyotining 
asosini tashkil etuvchi iqtisodiy tizim lam ing shakllanish tarixini aks
5


ettiradi, hozirgi zamon iqtisodiy konsepsiyalarining mazmun-mohiyatini 
ifodalab beradi.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani predmeti insoniyat taraqqiyotini 
turli bosqichlarida iqtisodiy bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, ilmiy konsep- 
siyalarning vujudga kelishi, ularning kurashi, almashuvi, iqtisodiy 
tafakkurdan o ‘rin topib borishi, bugungi iqtisodiy qadriyatlar qanday 
bosqichlardan o ‘tib, sayqallanganini bildiradi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə