V abdurahmonov



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

uchinchidan, 
iqtisodiy qarashlardagi turlicha mushohadalami tahlil 
qilish, taqqoslash orqali ilmiy haqiqatga intilish;
to‘rtinchidan, 
turli davrlarda yaratilgan, biroq bugungi kunda o ‘z 
ahamiyatini yo‘qotgan nazariyalarni tanqidiy baholab, ulaming tub mohi- 
yatini ochib berish;
beshinchidan, 
turli davrdagi iqtisodiy ta ’limotlami o‘rganib, bugungi 
ijtimoiy —iqtisodiy m uam m olar yechimiga yaroqli ilmiy g‘oyalami ilgari 
surish.
Yuqoridagi mulohazalarga suyanib, ushbu fanning vazifalarini quyidagi- 
larda ko‘rish mumkin:
- iqtisodiyot tarixida amal qilgan, qo‘llanilgan qonunlarning kelib 
chiqishini tushuntirib berish, ulam ing genezisini o ‘rganish;
- qadimgi Rim, Sharq va G ‘arb iqtisodiy g‘oyalarini tushuntirib, ular­
ning taqqoslab ham da o ‘ziga xos jihatlarini ochib berish;
- iqtisodiy kategoriyalarning vujudga kelishini, m azm unan boyib 
borishi, u yoki bu iqtisodiy davrlardagi qo‘llanishi xususiyatlarini, ijtimoiy 
shakllarini asoslash;
- «Iqtisodiyot nazariyasi» va boshqa iqtisodiy fanlami chuqurroq o‘rga- 
nishga yordam berish;
- u yoki bu davr ta’limotlarining milliy g‘oyamiz va mafkuramizga qay 
darajada muvofiq kelishini aniqlash va baho berish.
3. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining o ‘rganish uslublari
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani predmeti ustida mulohaza yuritar 
ekanmiz, u naqadar uzoq tarixga, qanchadan-qancha ilmiy qarashlar, 
g‘oyalar, ta ’limotlar va konsepsiyalarning paydo bo‘lishi, m a’lum tarixiy 
davrda q o ‘llanilganligi, yangi qarashlarga duch kelgani o ‘zining 
yashovchanligini isbotlashga harakat qilganligiga mantiqan guvohlikberamiz. 
Darhaqiqat, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani juda ham murakkab muno- 
sabatlami turli tarixiy davrlarda tadqiq etgan, ulaming eng muhimlarini,
7


o ‘z davri uchun yaroqlilarini ajratib olgan, himoya qilib kelgan. Shunday 
ekan uning predmetini chuqur o ‘rganish, tabiiyki, umummilliy, o ‘ziga 
xos tadqiqot va tahlil uslublarini qo‘llashni taqozo etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligining mualliflari Sh. Shodmonov, R. 
Alimov, T. Jo‘rayevlar fan predmetini o‘rganish uslubiyati haqida shunday 
yozadilar: «Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, 
qonun-qoidalari va aniq hodisalardir. Bu obyektiv maqbullikni bilish 
dialektikasi, mantiq va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. 
Uslubiyat umummilliy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan 
kelib chiqib, o ‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun 
uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy b o ia d i1».
Shuni aytish kerakki, «Iqtisodiy ta ’lim otlar tarixi», eng aw alo , 
«Iqtisodiyot nazariyasi» bilan chambarchas bog‘liq fandir. Zero, uning 
predm eti iqtisodiyot nazariyasida qoilanilgan iqtisodiy qonunlar va 
iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini, ularning kim va qachon ochib 
bergani, qanday tarixiy sharoitda vujudga kelganligini, qanday m uno- 
zaralar, ilmiy bahslar orqali fanga kirib kelganligini tavsiflaydi. Bundan 
xulosa shuki, «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o ‘rganishga jalb etilgan uslublar 
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani uchun ham mosdir.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o ‘rganishda keng qo‘llaniladigan 
uslublardan biri-mantiqiylik va tarixiylik birligi usulidir. Iqtisodiy ta’limotlar, 
konsepsiyalar, g‘oyalar m a’lum tarixiy sharoitlarda yuzaga keladi. Biroq 
ulaming o ‘sha tarixiy iqtisodiyot davr ruhini ilmiy aks ettirish mantiqiy 
yondashuvni taqozo etadi. Bu yerda tarixiylik mantiqiy yondashuvni inkor 
etmaydi, bir-biriga qarshi turmaydi. Masalan, qiymat kategoriyasi haqida 
turli tarixiy davrlarda turlicha talqinlar bayon qilingan edi. Biroq, ulaming 
zamirida qiymatning tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabat ekanligi to ‘g‘risidagi tavsifi mantiqan maqbul g'oyadir, boshqa 
fikrlar esa shuning atrofida talqin qilinadi.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»ni o ‘rganishda «materialistik emprizm» 
usulidan keng foydalaniladi. Emprizm-Fikrlar, tajriba, iqtisodiy tahlilning 
boshlang‘ich, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining amal qilish bazasidir. 
K o‘pgina iqtisodiy g‘oyalami o ‘rganishda o ‘sha tarixiy davr faktlarini 
to ‘plash, ulami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Ayni chog‘da, arxeologik qazilmalar tufayli olingan m a’lumotlar, 
eksponatlar ham u yoki bu iqtisodiy g‘oyalami, qarashlami bilib olishga 
xizmat qiladi. Demak, olingan aniq axborot materiallari u yoki bu iqtisodiy 
ta ’limotning tarixiy jihatlarini bilib olishga yordam beradi.
1 Iqtisodiyot nazariyasi, darslik. Т., «M oliya», 2002, 29 —bet.
8


«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o'rganishda eksperiment-tairiba 
usuli ham qo‘l keladi. Zero u yoki bu iqtisodiy ta ’limotning qanchalik 
hayotiy, amaliyot uchun, samarali xo‘jalik faoliyatini tashkil etish uchun 
yaroqli-ligini bilib olishda eksperiment usulga asoslanish mumkin. Masalan, 
Prezidentimizning 0 ‘zbekistonning bozor munosabatlariga o ‘tish konsep- 
siyasi mamlakatimiz misolida 90-yillar boshlaridanoq xususiylashtirish 
va iqtisodiyotni erkinlashtirish tarzida o ‘rganiladi. Endilikda esa 0 ‘zbekiston 
tajribasi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan andoza sifatida 
e’tirof etilmoqda.
Ushbu fanni tadqiq etish va uni o‘rganishda ilmiv abstraksiva usulining 
aham iyati ham m uhim dir. G ap shundaki, iqtisodiy m unosabatlar
g'oyalar, qarashlar, qonun va kategoriyalar shu qadar ko‘p, rang-barang, 
mazmun va shakl jihatidan turlicha darajadadirki, ulam i birdaniga, bir 
vaqtda bilib olish mumkin emas. Bunday sharoitda ana shu murakkab 
ichki sabab-oqibatli, bog'lanib ketgan iqtisodiy g‘oyalar ichidan biz uchun 
hozirgi damdagi ilmiy ehtiyojimizni qondirish uchun eng muhimi va 
keraklisini ajratib olish ilmiy bilishning dolzarb masalasiga aylanadi. Ilmiy 
abstraksiya usuli aynan o ‘rganilayotgan voqealikdan tashqi ta’simi hisobga 
olmay, predmetning asosiy mohiyatini ifodalaydigan tom onni ajratib 
olishga xizmat qiladi. Fanni o ‘rganuvchi shaxs asosiy yetakchi g'oyani- 
ta ’limotni ajratib olib, uning yordamida boshqa ikkinchi, uchinchi h. k. 
qarashlar mohiyatini bilib oladi. Pirovard oqibatda barcha iqtisodiy 
ta’limotlar, g'oyalar, qarashlar bir butun majmua, tizim tarzida anglab 
olinadi, tafakkurga joylashtiriladi.
Yuqorida e’tirof etilgan ilmiy bilish usullari yordamida «Iqtisodiy 
ta ’limotlar tarixi» predmeti aniqlashtiriladi, uning tarkibiy tuzilmasi ishlab 
chiqiladi. Ushbu darslikni yozishda ham umummilliy, ham xususiy bilish 
usullariga yondashilib, uning tarkibi tuziladi. Biz «Iqtisodiy ta ’limotlar 
tarixi» fanini o £rganishni aynan «Avesto» iqtisodiy g‘oyalaridan boshlashni 
lozim topar ekanmiz, bunda tarixiylik va mantiqiylik birligi, materialistik 
emprizm, ilmiy abstraksiya usullari talablaridan kelib chiqdik. Boshqa 
mavzulaming dialektik bog‘liqlik masalasida ham yuqoridagi mulohazaga 
asoslandik.
9


NAZORAT SAVOLLARI:
1. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanining iqtisodiy fanlar tizimidagi 
o ‘rnini tushuntirib bering.
2. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti to‘g‘risidagi ta’riflarini 
ayting.
3. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o'rganish zarurligi va uning 
ahamiyati nim adan iborat?
4. «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanining asosiy vazifalari nima?
5. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o'rganish uslublari haqida 
tushuncha bering.



Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə