V abdurahmonov



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/147
tarix11.12.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#144823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

odamlamins ene u lu s‘lari iatisodivot bilan shus'ullanuvchi insonlardir.
«Avesto» yerni, tabiatni, borliqni ulug‘lovchi asar sifatida ham
qadrlangan, undan odamlar iqtisodiyot saboqlarini olganlar. U nda yeming 
buyuk ne’mat ekanligi, unumdorlik salohiyati qayta-qayta uqtiriladi. Biroq, 
yana shu haqiqat ta ’kidlanadiki, agar yerga ishlov berilmasa, u o ‘g‘itlan- 
masa, suv bilan ta ’minlanmasa, unga qarov bo‘lmasa, yaratuvchilik 
qobiliyati faqat potensialligicha(imkoniyat tarzida) qolaveradi. Ammo, 
yeming bebaho va abadiyligi shundaki, u har doim o ‘z potensiallik 
salohiyatini, o ‘zining bebaho xususiyatini pinxon saqlab qola oladi.
Boshqacha aytganda, yer shunday ishlab chiqarish vositasiki, shunday 
tabiiy resurski, uni iste’mol qilish jarayonida eskirmaydi, yo‘q bo‘lib 
ketmaydi, balki unga to ‘g‘ri munosabat bo‘lganda o ‘zining takror ishlab 
chiqarish qobiliyatini saqlab qoladi. Bugina emas. Y er o ‘z tabiiy 
unumdorligini iqtisodiy unumdorlik orqali oshirib bora oladi. Buni ilg‘or 
agrotexnika va dehqonchilik madaniyatiga asoslangan mamlakatlar tajribasi, 
xususan, 
vansi texnoloeiva ao ‘llash orqali о ‘z shuhratini oshirib boravotmn
Vatanimiz dehqonchiligi tainbasi ham tasdiqlab turibdi.
Yer suvga, tadbirkorga yetishgach, o‘z imkoniyatini ocha oladi. Shu 
m a’noda kitobdagi quyidagi fikrlami keltirish mumkin:
« 
Uzoq zamon ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni
orzu qiladi. Bunday zamin balog ‘at pallasiga kirgan sohibjamol qizdir. Bu
qizfarzand k o ‘rish va yaxshi yostiqdoshga intiqdir

Qadriyatlarimizdan m a’lumki, biz, o ‘zbeklarda yer va nonga alohida 
ehtirom mavjud. Bunday e’zoz bizga buyuk ajdodlarimizdan, xususan,
1 O 's h a asar, 114-bet.
2 O 'sh a asar, 114- bet.
14


bizning ona zaminimizda yaratilgan «Avesto» dek buyuk kitobdan o ‘tgan 
bo‘lishi tabiiydir. Kitobni o ‘qir ekanmiz, unda yerni xuddi qizni sevgandek 
sevish, unga yaxshi, serhosil urug‘lar sepish, uni m o‘l-ko‘l hosil beradigan 
onaga aylantirmoq ilohiy qonun ekanligini qayta-qayta ilg'aymiz. Bunday 
munosabatning ilohiyligi shundaki, yer qadrini bilmagan dehqon, jamoa, 
davlat xor bo‘lishi aniqdir. Asardagi quyidagi satrlami o ‘qiganimizda bunga 
to ‘la ishonch hosil qilamiz.
«Ey, Sipiytmon Zardusht!
Kimda-kim zaminni chap va o ‘ng qo ‘l bilan, o ‘ng q o ‘l va chap q o ‘l
bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. Ugo ‘zal va pokiza
qizga о ‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, о ‘z to ‘shagida halol
yostiqdoshga farzandlar tug‘ib beradi. Zamin ham m o ‘l-k o ‘l mevalami
in ’от etadi1».
Yer nom idan unga ishlov bergan zotga shunday xitob qilinadi: «... 
Men bu yerda hosilga kiraman. Har turlik x o ‘rak va m o ‘l-k.o‘1 bug‘doy
yetishtiraman2».
Yerni shudgor qilmagan, unga jilo bermagan kishilarga 
nisbatan shunday xitob qilinadi: «... 
Sen begonalar eshigi ostonasidan non
istovchilar bilan birga bo'lursan. К о‘zlaring y o

k o ‘radi. Ular seni eshigi
ostonasidan haydab yuboradilar3».
Shulardan xulosa qilib aytiladiki, Axura Mazda qavmini faqat bug‘doy 
to ‘yg‘izadi. Shu bois Axura Mazda odamlarga Zardusht timsolida shunday 
xitob qiladi: 
«B u s‘dov ekmoq va bue‘dov ekmoq kerak
» (ta’kid bizniki- 
muall. )
Darhaqiqat, odamlar, jamiyat, mamlakat taqdiri va istiqbolida nonning 
o ‘rni va ahamiyati beqiyos. Shuning uchun zardushtiylik ta ’limotida bu 
masala alohida va muhim o ‘rin tutadi. Zotan, non mustaqilligi mamlakat, 
Vatan mustaqilligi bilan bir darajadagi ahamiyatli iqtisodiy-ijtimoiy masala 
ekanligi bejiz emas. «Avesto»ning non masalasidagi g‘oyasining naqadar 
yashovchanligi va chuqur mazmunga ega ekanligi 0 ‘zbekistonimizning 
mustaqillikka erishishuvi don (bug‘doy) mustaqilligi bilan bir darajaga 
qo‘yilganligida yaqqol ifodalanmoqda. Prezident I. Karimov «Avesto»ning 
2700 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasining ochilish 
marosimida so‘zlagan nutqida ana o‘sha ezgulik bilan sug‘orilgan g‘oyalaming 
yashovchanliligiga e ’tibor qaratgan edi:
««Avesto» bilan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo'lamiz-
1 O 's h a asar, 114—115 b et
2 O 's h a asar, 115 —bet
5 Avesto, 115-bet
15


ki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buvuk g‘ovalar. falsafiy hikmatlar 
o‘zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Bu 
haqda gapirganda, men, aw alo, «Avesto»ning tub mazmun-mohiyatini 
belgilab beradigan 
«Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal»
degan tamoyilda 
hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini alohida 
ta ’kidlab o ‘tmoqchimart»'. (ta’kid bizniki-m uall.)
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
haqiqiy (iqtisodiy) mustaqilligini ta’minlashning g‘oyat muhim omili 
bo‘lgan g‘alla mustaqilligi iqtisodiy siyosatimiz markazida turganligi bejiz 
emas. Bugungi kunda mamlakatimizning 1. 3 million gektar yer maydonida 
g‘alla yetishtirilmoqda. Oqibatda, mamlakatimizning don mustaqilligi juda 
tez sur’atlarda ta ’minlandi.
Yerga bo‘lgan e ’tibor, uni qadrlash, har bir qarich yerdan unumli 
foydalanish borasida o ‘tkazilayotgan agrar siyosat natijasida g ‘alla 
hosildorligi muttasil ortib borayotir. Bunga Andijon viloyati erishayotgan 
yutuqlar misol bo‘la oladi. 2002-yilda viloyat dehqonlari har gektar yerdan 
o ‘rtacha 76 sentnerdan hosil yig‘ib oldilar. Sam arqand, F arg‘ona, 
N amangan, Toshkent viloyatlarida ham g‘alladan yuqori hosil olishga 
harakat qilinmoqda.
Agrar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarm oqning 
samaradorligini oshirib borish, qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini 
bozor talablariga muvofiqlashtirish, kasod holatidan iqtisodiy sog‘lomlash- 
tirishga qaratilgan «Sanatsiya to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizda yerga 
bo‘lgan munosabat umummilliy ahamiyatiga molik vazifa ekanligini 
tasdiqlaydi.
Demak, «Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalar qandaydir mavhum, quruq 
fikrlar yig‘indisi bo‘lmay, balki qudratli moddiy kuchga egadir. Uning 
iqtisodiy g ‘oyalari asrlar osha o ‘z zam ini—0 ‘zbekistonda reallikka 
aylanmoqda, respublika prezidenti va hukumatining iqtisodiy siyosatida 
mujassamlashmoqda.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə