V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. CHANG TUTQICHLI QO‘L PERFORATORLARI



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.9-§. CHANG TUTQICHLI QO‘L PERFORATORLARI
Shpurlarni yuvib burg‘ilash imkoni bo‘lmaydigan joylarda, ma-
salan, doimiy muzlik bo‘lgan va chuqur gorizontlarda tog‘ jinslari-
ning harorati yuqori bo‘lganida chang tutkich o‘rnatilgan perforatorlar 
qo‘llaniladi. Chang perforatorning o‘q yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan trub-
ka orqali shpurdan so‘rib olinadi. Bu trubka shpur tubi bilan bevosita 
bog‘langan bo‘lib, shlanglar tizimi orqali changso‘rgich bilan vakuum 
vositasida ulanadi. Vakuumni changtutkich qurilmaning ejektori vu-
judga keltiradi.
ПП63П qo‘l perforatori ВНИИ-1М64РД changso‘rgichi bilan bir
-
galikda biriktirilgan holda ishlatiladi.
Ко‘chma qo‘l perforatorlarining pnevmatik ко‘targichi
Ko‘chma qo‘l perforatorlarini ishlatishda burg‘ilovchi mehna-
tini yengillashtirish uchun pnevmatik ko‘targich-tirgak qo‘llaniladi. 
Pnevmatik ko‘targich-tirgak turi bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: qisqayur-
gichli uzatib ko‘tarish, o‘lchami 1000 mm dan yuqori bo‘lgani. Kons-
truksiyasi bo‘yicha – tirgak shtok, ko‘tariluvchi silindr bilan shu qu-
rilmaga perforatorning tirgak silindri va shtoki bilan bog‘lanadi. Ular 
reversiv qurilma bilan jihozlangan bo‘lib, shtokning o‘z joyiga qay-
tishiga xizmat qiladi.
Qurilma kuchlanishni 0 dan 1700 N gacha sekin va bir tekis 
ko‘tarilishini ta’minlaydi. Perforator o‘qiga nisbatan 0° dan 65° qadar 
burchak hosil qilinsa, ishonchli ishlashi ta’minlanadi.


37
1.10-§. SHAXTANI BURG‘ILASH QURILMASINING 
VAZIFASI
Shaxtani burg‘ilash qurilmasi (1.5-rasm) yer osti lahimlari-
da shpurlar burg‘ilashga mo‘ljallangan bo‘lib, lahim o‘qi yo‘nalishi 
bo‘yicha oldiga, shiftga, yonlariga yoki lahim tagi yo‘nalishida shpur-
lar burg‘ilashi mumkin.
Burg‘ilovchi qurilmani tanlashning asosiy mezonlari kon-
chilik ishlarining turi, lahim ko‘ndalang kesim yuzasining o‘lchami, 
jinslarning mahkamligi, burg‘ilanishiga bog‘liq holda tanlanadi.
Kon lahimlarida shpurlar lahim o‘qi yo‘nalishida burg‘ilanadi 
(burg‘i qurilmasini frontal joylashtirish). Bu bilan shpurlarning pa-
rallelligi saqlanishi uchun avtouzatkichning parallelligini ta’minlash 
kerak. Keyingi talab lahim devoridan minimal masofada burg‘ilash-
ni boshlashdan iborat; bu asosan lahim devorlarini tekis, silliq qilib 
portlatilganida zarur. Burg‘ilash mashinasi (burg‘i kallagi va uzatki-
chi) shunday qo‘yilishi kerakki, shpur yo‘nalishining lahim devori-
ga parallelligi ta’minlansin (devordan 120 mm qochiqlikda burg‘ilash 
kerak).
1.5-rasm. 

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə