V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. YER OSTI BURG‘ILASH DASTGOHLARI



Yüklə 10,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/125
tarix19.09.2023
ölçüsü10,38 Mb.
#122427
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
burgilash va portlatish ishlari

1.13-§. YER OSTI BURG‘ILASH DASTGOHLARI 
PERFORATORI BILAN
Hozirgi vaqtda sanoatda zarbali-aylanma harakatlanuvchi dast-
goh ИБУ-80М (БУ-80СА) ishlab chiqarilmoqda. Bunday dastgohlar 
diametri 50–85 mm, chuqurligi 30 m gacha bo‘lgan, mahkamlik koef-
fitsiyenti 
f

20 bo‘lgan ruda va jinslarda burg‘ilash imkonini beradi. 
Burg‘ilovchi mashina bilan to‘liq yelpig‘ichsimon joylashadigan sk-
vajinalarni, tik yuza maydonida, parallel joylashadigan skvajinalarni 
dastgoh o‘qidan 9,75 m uzoqlikda burg‘ilash mumkin.
Dastgohning tarkibiy elementlariga: boshqaruv pulti, burg‘ilash 
guruhi, pnevmo-shinali yuruvchi va gidrodomkratlar kiradi. Bu dast-
gohning o‘zgacha xususiyati shundaki, burg‘ilash vaqtida to‘rtta dom-
krat qo‘yiladi, burg‘ilash guruhi esa lahim devoriga suruvchi silindri 
yordamida siqib tiraydi. Uzatuvchining tirgagi rezina bufer ko‘rinishi-
da tayyorlangan.
Yuqorida nomlari keltirilgan mexanizmlar dastgohning la-
himda joyini almashtiradi, burg‘ilanadigan joyga o‘rnatish ish-
larini amalga oshiradi; burg‘ilash guruhini ko‘tarish silindri 
yordamida ishga tushirib, tirgak qurilmasini ishchi holatga kel- 
tiradi. Burg‘ilash mashinani 360° aylantirib, yelpig‘ichsimon skva-
jinalarni burg‘ilash uchun; burg‘ilash jarayonini boshqarish va 
mexanizmlar ishlash rejimini tartibga solish; siqilgan havo ma-
gistraliga moy yuborish; skvajinalarni suv bilan yuvish, skvaji-
nalarni intensiv tozalash zarur bo‘lganda siqilgan havo bilan puf-
lash; burg‘ilash paytida shtangani uzaytirish va burg‘i snaryadini 
almashtirish; dastgohni yangi joyda burg‘ilash uchun ko‘chirish; 
siqilgan havo oqimi tizimining hamma qismida avvaldan belgilab 
qo‘yilgan bosim miqdorini ta’minlash.
Dastgohning o‘ziyurar shassisi o‘ng va chap tomonga o‘rnatil-
gan aravachalardan iborat bo‘lib, ularning har biri pnevmatik shinali 


42
g‘ildiraklar bilan ta’minlangan. Bortdagi aravachalar pnevmatik dvi-
gatel 11ДАР-10 yordamida harakatga keltiriladi. Shassiga burg‘ilash 
guruhi, nasos stansiyasi va boshqarish pulti o‘rnatilgan.
БУ-55/85 burg‘ilash dastgohi o‘ziyurar aravachadan iborat bo‘lib, 
pnevmatik g‘ildirak bilan harakatlanadi, burg‘ilash mashinasi shu ara- 
vachaga o‘rnatilgan. U quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan: o‘zi- 
yurar shassi, uzatuvchi asbobni ko‘taradigan kronshteyn, burg‘ilash 
mashinasi, nasos stansiyasi va ikkita boshqarish pulti. Shassi uchun 
УБШ-121 burg‘ilash dastgohining shassisi qo‘llanilgan. СБ-1П 
burg‘ilash dastgohi konstruksiyasi yuklovchi-tashuvchi МПД11-1 
mashinasi yuruvchi qismi bazasida yaratilgan. U ikki silindrli sim ar-
qonli – porshenli uzatkichga ega, pnevmatik tutkich ponasimon qis-
qichi bilan. Burg‘ilash kallagi sifatida ПК75А perforatoridan foyda-
lanilgan. Dastgoh o‘lchami 2,8x2,8 m bo‘lgan lahimga joylashtiriladi.
СБ-1П va СБ1-55/85 dastgohlari konstruksiyasi jihatidan bir-biriga 
juda o‘xshash.
Zarbalab-aylanib harakatlanuvchi elektrogidravlik dastgoh sano-
at sinovidan o‘tdi. СБУ-50Э burg‘ilovchi dastgohi kuchlanishi 380 V 
bo‘lgan elektr tarmog‘iga ulab harakatga keltiriladi. Dastgohning 
burg‘i kallagi zolotnik turidagi gidrozarbali bo‘lib, zarba uzatish chas-
totasi 42 Hz, aylanish chastotasi esa 2 s
–1
. СБУ-50Э burg‘ilovchi dast
-
gohi shinali g‘ildiraklar bilan yuritiladi, u quvvati 8 kW bo‘lgan elek-
tr dvigateli tizimiga ega.
Dastgohni boshqarish pultdan amalga oshiriladi, ulardan biri ma-
sofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan. Dastgohni ishlatish shuni 
ko‘rsatadiki, gidravlik mashina burg‘ilash unumdorligini 1,5–2 baro-
bar ko‘paytiradi, burg‘i asbobining turg‘unligini 30–50% oshira
-
di. Energiya xarajatlarini 4–5 marta kamaytirib, ishchi operatorning 
mehnat sharoitini, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash imkonini 
beradi. Shunday qilib, shovqinning umumiy darajasi 106 dB ga qisqa-
radi, operatorning ish joyida changlanish 1 mg/m
3
ni tashkil etadi, vib- 
ratsiya yo‘q darajada, bunga asosan dastgoh pultini masofadan bosh-
qarish tufayli erishildi.
СБУ-50Э burg‘ilash dastgohi o‘rniga yangi 2СБУ-80 burg‘ilash 
dastgohini, ГБГ-300-500 rusumli gidravlik kallakli burg‘ilovchi dast
-
gohni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Perforatorli burg‘ilash dastgohlarining texnikaviy xarakteristika-
si 1.7-jadvalda keltirilgan.


43
1.7-jadval
Burg‘ilovchi asboblarning
xarakteristikasi
Burg‘ilovchi dastgohlar turi
ПБУ-8М СБР-Ш СБУ-55/85 СБУ-50Э
Skvajina diametri, mm
65–80
50–85
50–85
52–65
Skvajina kovlash chuqurligi, m
40
25
25
25
Burg‘ilovchi mashinalari soni
1
1
2
1
Gidravlik perforator turi
ПК-75А ПК-75А ПК-75А
БГГ-80
Uzatuvchining turi
vintli
pnevmo
vintli
gidravlik
Burg‘i shtangasining diametri, mm
38
32
38
32
Burg‘i shtangasining uzunligi, mm
1220
1200
1000
1000
Lahim o‘lchami, m
2,8x2,8 2,8x2,8
2,5x2,5
2,8x2,8
Harakatlanish tezligi, km/soat
1
5
2
1
Havo tizimidagi bosim, MPa
0,5
0,5
0,5

Gidrotizimdagi bosim, MPa
6
6,5
6,5
12,5
Siqilgan havo sarfi, m
3
/min
15
15
30

Asosiy o‘lchamlari, mm:
uzunligi
eni
ishchi holatdagi balandligi
transport holatdagi balandligi
umumiy og‘irligi, kg
3100
1860
2600
2000
4000
3100
1450
2600
1900
3870
3380
1350
2250
1500
3200
3480
1550
2600
1750
4000

Yüklə 10,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə