V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə5/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
археология маълумот

Samarqand makoni - So'nggi paleolit davrining eng noyob yodgorligi hisoblanadi. U 1939 yilda geolog N.G.Harlamov tomonidan Samarqand shahridagi qadimgi Siyobcha soyi yoqasidan topildi. Makonda I.D.Lev va I.Jo'raqulovlar 1969 yildan 1972 yilga qadar
tadqiqot ishlarini olib bordilar. 2002 yilda SamDU arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan tadqiqot ishlari yana davom ettirilgan. Uning madaniy qatlamidan 7,5 mingga yaqin tosh qurollar topilgan. 2002 yilda G.F.Korobkova makondan topilgan tosh qurollarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Jumladan, o'zaklardan ajratib olingan tosh paraqalardan turli qurollar sifatida foydalanilgan. Tosh qurollarga dag'al kertish usuli bilan ishlov berilgan. Tosh va suyakdan sanchqilar yasaganlar. Bu odamlarning baliqchilik bilan shug'ullanganliklarini ko'rsatadi. Makonning madaniy qatlamlaridan gulxan qoldig'i, kul, hayvon suyaklari, o'simlik, chayla ustunlari qoldiqlari topilgan. U soy bo'yida bo'lib, maydoni 100 kv m, to'g'ri to'rtburchak shaklida qurilgan. Samarqand makonini D.N.Lev 30—35 ming yilliklarga oidligini aniqladi. Ammo keyingi tadqiqotlar, uning yoshini mil.avv. 20ming yillik bilan belgilashni to'g'ri deb topmoqda. Makondan kromanon qiyofasidagi odamlarning suyak qoldiqlari topildi. Antropologlar ularning 25 va 35 yoshli ayollarga tegishli ekanligini aniqladilar. Shuningdek, yosh bolaning oziq tishi, pastki
jag' suyagi ham topilgan. Samarqand makonidan ibtidoiy odam tomonidan 5 ta maxsus
belgi chizilgan hayvon qovurg'asi qoldig'i, maxsus teshikli dengiz chig'anog'i topilgan. Dengiz chig'anog'i zeb—ziynat bo'lib, Hind okeani, Qizil dengiz va Fors qo'ltig'i hududlarida uchraydi.
Siyobcha qarorgohi - Samarqand shahrining markaziy qismidan oqib o'tadigan Siyobcha daryosining Chashmasiyob suvi quyilishi joyida joylashgan. Qarorgoh 1969 yilda U.Olimov tomonidan topilgan. Tadqiqot ishlarini esa, N.X.Toshkenboev olib borgan. Qazilmalaming ayrimlarida madaniy qatlam yaxshi saqlanmagan. Topilmalar orasida
tosh o‘zaklar, qirg‘ichlar, teshuvchi qurollar, paraqalardan ishlangan qurollar asosiy o‘rinni egallaydi. Topilmalar Samarqand makoniga nisbatan qadimiyroqdir.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə