V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə3/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
археология маълумот

Omonqo'ton g‘or makoni-Samarqand viloyati Urgut tumanining Omonqo'ton qishlog'i yaqinida, Samarqanddan 43-44 km janubda joylashgan. Makon 1947 yilda D.N.Lev rahbarligidagi SamDU ekspeditsiyasi tomonidan topildi va 1957 yillargacha tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida qalinligi 25smdan 1,5 mgacha bo'lgan
madaniy qatlam aniqlanib, undan 220 ta tosh buyumlar topildi. Ularning asosiy qismi chaqmoqtoshdan yasalgan. 30 ga yaqin turli xildagi nukleuslar bo'lib, ular orasida gardishsimon va prizma shaklidagi nukleuslar ham bor.
Takalisoy g'ori - Omonqo'ton g'origa vaqin joylashgan muste davri yodgorligidir. Uni 1952 yilda D.N.Lev tadqiq qilgan. Bu erdan chaqmoqtosh siniqlari, uchburchaksimon uzun paraqa. kertish usulida ishlangan pichoqsimon qurol, gulxan izlari va hayvon suyaklari topilgan. Toshning ishlanish texnikasi asosida uni D.N.Lev mustening so'nggi
bosqichiga oid deb ko'rsatadi. chunki bu erdan topilgan paraqalar va otsheplar gardishsimon va prizmaga o'xshash nukleuslardan ajratib olingan. Bu makonda neandertal odamlar vaqtincha yashaganlar.
Qo‘tirbuloq makoni - ochiq joydagi qarorgoh hisoblanadi. Uning topilishi neandertal odamning g‘orlardan chiqib, o‘ziga sun’iy boshpana qura olishi va dasht mintaqalarida yashashga oMganligini ko‘rsatdi. Makon Samarqand shahridan 100 km g‘arbda, Qattaqo‘rg‘on tumanidagi Charxin qishlog‘i yaqinidagi Zirabuloq tog‘ining shimoliy yon
bag‘ridagi Qo‘tirbuloq deb nomlangan buloq atrofidan topilgan. Uni dastlab Yu.F.Buryakov rahbarligidagi 0 ‘rta Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan 1971 yilda ro‘yxatga olingan. Keyinchalik uni N.Toshkentboev o‘rgangan. Bu erdan 5 madaniy qatlam topilgan. Ulardan 10 mingdan ko‘proq tosh buyumlar topilgan.
Zirabuloq makoni - Qo‘tirbuloqdan 1 km sharqda joylashgan. U ham 1971 yilda ro‘yxatga olinib, tadqiqot ishlari 1978 yillargacha arxeolog M.Jo‘raqulov tomonidan olib borildi. Bu erdan Qo‘tirbuloq makonidan topilgan tosh buyumlarga o'xshash buyumlar topildi. Bundan arxeologlar bir-biriga yaqin qo‘shni boMgan ibtidoiy odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. Lekin bu erdan so'nggi muste davriga oid tosh qurollari ham topilgan.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə