V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə8/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
археология маълумот

Ayrtom yodgorligi janubiy 0 ‘zbekistondagi mezolit davri yodgoriklaridan
bin hisoblanadi. U Termizdan 18 km sharqda. Amudaryoning
o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu erdan
mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar,
uchrindilar, qirgMchlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o'q va nayza
uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh
qurollariga o ‘xshab ketadi.
Qoyatoshlarga chizilgan rasmlar ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi
bilan bogMiq. Qoyatosh rasmlari 0 ‘zbekistonning togMik tumanlarida
keng tarqalgan. Qoya toshlarga rasmlar ikki usulda chizilgan:
1- har xil bo‘yoqlar (oxra) bilan, 2- urib - o'yish yoMi bilan.
0 ‘zbekistonda urib-o‘yib chizish usuli bilan ishlagan rasmlar, ya’ni
petrogliflar juda keng tarqalgan. Bo‘yoqlar bilan ishlangan rasmlar juda
kam uchraydi.
0 ‘zbekistonda qoya tosh rasmlarini o‘rganish ishi asosan XX asrning
30 yillaridan boshlangan. Bu sohada G.V.Parfyonov, A.P.Okladnikov,
J.Kabirov, X.Botirov, M.Xo'janazarov, Yu.Buryakov va boshqalaming
xizmatlari kattadir.
0 ‘zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng ajoyib namunalariga
Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Qorachorvoqsoy, Ko‘ksaroy, Ilonsoy,
Teraklisoy, Tutlisoy, Sho‘rbuloqsoy, Xo‘jakent va boshqalarni kiritish
mumkin. Ular jami 100 dan ortiq joydan topilgan.
Miloddan avvalgi, 12 ming yillikdan 7 ming yillikkacha davom
qiladi.
■ 0 ‘q-yoy ixtiro qilingan
■ Baliqchilik vujudga kelgan
■ Qayiqlar ixtiro qilingan
■ Tosh bigiz paydo paydo boMgan
■ 0 ‘zbekistonda mezolitning 3 bosqichi aniqlangan
■ Mikrolit qurollari vujudga kelgan.
■ Odamlar ko‘chmanchi hayot kechirganlar
■ 0 ‘zbekistonda petrogliflar keng tarqalgan
Joytun madaniyati 0 ‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy hududida
ilk dehqonchilik bilan shug'ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning
izlari faqat Turkmanistonning janubiy-g'arbiy hududlaridan topilgan.
Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming
yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kuftin, V.M.Masson,
D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami,
To‘g‘oloqtepa, ChagMllitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun,
Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi. Uylarning yonida xo'jalik xonalari - omborxona, saroy
va o ‘ralar ham boMgan. Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni
tashkil etgan. Har bir uyda (xonadonda) 5-6 kishidan iborat oila
yashagan, deb taxmin qilinadi. Hammasi boMib, Joytunda 30 ga yaqin
uy-joy komplekslari lgan, ularda 150-180 kishi istiqomat qilgan.
Uvning ichki o ‘ng tomonida katta to‘g ‘ri burchakli o'choq mavjud
boMib, u loydan (guvala) qurilgan. Tosh qurollari asosan chaqmoqtoshdan
ishlangan. Prizma va konussimon nukleuslar ko'plab topilgan.
Geometrik shakldagi mikrolitlarning keng tarqalishi Joytun madaniyatining
muhim xususiyati hisoblanadi. Ulardan qadama tig‘ sifatida
foydalatiishgan. Cho'pontepa qishlog'idan bir necha qabrlar topib o'rganilgan.
Qabrlardan g'ujanak holda yon tomoniga yotqizilgan va ustiga qizil oxra
sepilgan odamlarning suyaklari topilgan. Bu qabrlar neolitning eng
so'nggi bosqichiga tegishlidir.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə