V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan


Markaziy Farg'ona neolit yodgorliklari



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə12/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
археология маълумот

Markaziy Farg'ona neolit yodgorliklari ilk neolit bosqichiga oid
yodgorlik bo'lib, u XX asrning 50- yillarda tadqiq qilingan. Ular
markaziy Farg'onaning cho'llarida topilgan bo'lib, bugungi kungacha
80 dan ortiq makon aniqlangan. Ular umumiy tarzda Markaziy
Fa rg ‘ona madaniyati deb nomlanadi.
Neolit makonlari Qoraqalpoq dashtida, Mingbuloq, Sariqsuv,
Oqqum, Damko'l va Qiziltepa hududlaridan topilgan. Ular jumlasiga
Zambar 1,2, Yangiqadam 12,14, 16,19, 35, Mingbuloq, Sariqsuv,
Uzunko'l, Dorozko'l, Madvor va boshqalarini kiritish mumkin.
Makonlarda madaniy qatlamlar saqlanmagan. U erdan prizma, qalam
shaklidagi tosh o'zaklar, qirg'ichchalar, randa, burg'u, keskich qurollari,
paykonlar topilgan. Paykonlar asosan bargsimon shaklda bo'lgan.
Qurollarning ko'pehiligi paraqa va tosh siniqlari asosida yasalgan.
Geometrik shakldagi qurollar topilmagan.
Ibtidoiy odamlar k o i , daryo va buloqlar atrofida o'z makonlarini
qurib, ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullanganlar.
Markaziy Farg'onaning shimoliy qismida joylashgan Madyor 3,4 va
boshqa makonlari so'nggi neolit davriga, ya’ni mil.avv. IV - III ming
yilliklarga oiddir.
Uchtut yodgorligi chaqmoqtosh qazib olish va birlamchi ishlov
berish ustaxonasi bo'lib, Navoiy viloyati Uchtut hududidan topilgan.
Uni Ya.G'.G'ulomov rahbarligidagi ekspeditsiya 1960 yilda topgan.
Yodgorlikni 1966-1967 yillarda T.Mirsoatov o'rgangan va neolit
davrga oid o ‘ra(shaxta)larni ochgan. Shuningdek, bu erdan tosh
davrining turli bosqichlariga oid moddiy buyumlar ham topilgan.
Dastlabki davrlarda ibtidoiy odamlar qoyalarda ko'rinib yotgan
chaqmoqtoshlami sindirib olganlar. Keyingi davrlarda chaqmoqtoshni
qidirib, tog' yonbag'irlarida 4,5 va 5 metrli o'ralar kovlaganlar.
Kerakli xom ashyoni olish. uchun o'ralarning pastki qismidan har
tomonga qo'shimcha yo'laklar ochib borganlar.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə