V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə11/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
археология маълумот

Tumek-kichidjik qabrstoni - so'ngi neolit davriga oid muhim
yodgorlik boMib, u 1972 yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan.
U erda tadqiqotlar 1973-1974 yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida
27 ta qabr ochib o'rganildi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga
yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shimoli-sharqqa qaratib qo‘yilgan va
kiyim boshlari bilan ko‘milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib
qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo'yilgan.
Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy
e'tiqodlari bilan bogMiq boMgan.
1950 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov
Moxandaryo bo‘ylab arxeologik qidiruv ishlarini olib bordi.
1960 yillarda esa bu hududda A.Asqarov bilan OMslomovlar tadqiqot
ishlarini olib borib, 100 dan ortiq neolit davri manzilgohlarini topdilar.
Ular bir-biriga juda yaqin masofada joylashgan. Bu joylardan
qirg‘ichlar, pichoqlar. o'roq-randalar, nayza uchlari, o'roqlar, parma,
teshkichlar, yorg'uchoq, qayroqtosh, bolta va boshqa buyumlar topilgan.
Tosh qurollardan tashqari bu erdan, taqinchoqlar, munchoqlar, sopol
idishlari topilgan. Sopol idishlarning katta- kichikligi, bezagi har xil
bo'lib, og‘zi kengroq, osti dumaloq shaklda boMgan. Lekin bu erda
suyakdan qurollar topilmagan. Uning ko‘plari mavsumiy manzilgohlar
bo'lib, madaniy qatlamlar etarli saqlanib qolmagan. Faqatgina
Darvozaqir manzilgohida madaniy qatlam yaxshi saqlangan.
Darvozaqir I makoni Buxoro viloyatining Qorako'l shaharchasidan
40-45 km shimoli-g'arbidagi Katta Tuzkon ko'lidan 600-700 metr
masofada joylashgan. U erda 3ta madaniy qatlam topilgan bo'lib,
yuqori qatlami buzilib ketgan. Lekin undan ancha boy materiallar tosh
mehnat qurollari - silliqlangan tosh boltalar, qirg'ich, teshgich, o 'ro q -
randa, parma topilgan. Ikkinchi qatlamdan esa gulxan qoldiqlari va oz
miqdorda qurollar topilgan. Uchinchi qatlamdan esa. o'choqlar va turar
joy qoldiqlari, silliqlangan tosh bolta, boshqa xil tosh qurollar, to'lqinli
chiziqlar bilan bezatilgan sopol buyumlar va hayvon suyaklari qoldiqlari
topilgan.
Neolit davrining Sazag‘on madaniyati makonlari (Sazag'on 1,2,
Tepako'l 3) Zarafshon daryosining o'rta xavzasida Samarqanddan 30
km janubi-g'arbda joylashgan. Sazag'on makonlaridan neolit davriga
oid ko'plab tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Sazag'on
madaniyati axolisi tog'li hududlarda yashab, asosan hayvon ovi bilan
shug'ullanganlar. Shu sabab makonni qazish vaqtida ovchilikkka
moslashgan mehnat qurollari bilan birgalikda, uning yuqori qatlamlaridan
yovvoiy va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari ham topilgan.
Mehnat qurollari asosan tosh parchalari va qo'pol paraqalar asosida
yasalgan.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə