14
topmoqda. Bundan 100 yil avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi
har bir kvadrat kilometrga 10
–11 kishini tashkil etgan bo‘lsa,
endilikda bu
ko‘rsatkich 67 kishini tashkil etmoqda.
Hozirda O‘zbekiston aholisining soni 30 million kishidan oshdi. Ammo
ularning hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16 yosh-
dan 60 yoshga cha, ayol larning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina
mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh,
hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa
ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan
bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan.
Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yarmidan ortig‘ini
tashkil
etadi. Mehnatga yaroqlilarning asosiy qismi sanoatda, qishloq xo‘jaligida,
qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar,
oziq-ovqat va sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum yetishtiradi,
binolar
bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim, fan, mada niyat,
tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning mehnat
natijalari ham foydali va zaruriydir (6-rasm).
Dostları ilə paylaş: