Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

iqtisodiy va ijtimoiy 
geo gra fi ya
deb yuritiladi. U aholi faoliya tining hududiy tashkil etilishi bilan 
bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muayyan mamlakat bo‘yicha ham, 
butun jahon miqyosida ham o‘rganadi. Ushbu o‘quv yilida jonajon Vatani -
miz – 
O‘zbekiston ning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasi
ni o‘rganasiz. 
Darhaqiqat, zavod, fabrika, fi rma, shifo maskan i, ta’lim muassasasi yoki 
maishiy xizmat korxonalari puxta o‘ylan masdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, 
kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag‘ni behuda sarfl ashga majbur 
qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat unumdor ligining oshishiga salbiy ta’sir 
etadi.
Ijtimoiy mehnat unum dorligi
– moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan 
har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daro mad miqdori.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqa rish ning mashinalar, malakali ishchilar
elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta’minlan ganiga, korxona va aholi punkt-
larining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilga-
niga, mehnatkashlar ning yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-
maishiy xizmat ko‘rsatili shiga ham bog‘liq.
Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va ishchilar o‘zaro yonma-yon 
joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta’minlanadi. Biroq bunday 
qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba’zi joylarda xomashyo yetishmasa
boshqa joyda yoqilg‘i, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana shuning uchun ham 
mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni 
joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish masalalarini hududiy yaxlit 
tashkil etishga alohida e’tibor beriladi.
Sizlarga oddiy tuyilgan narsa oddiy emas,
Sizlarga qiyin tuyilgan narsa aslida oson.
Bahouddin Naqshband 
KIRISH

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə