Va ijtimoiy geografiyasi


Iqtisodiy geografi k o‘rni



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Iqtisodiy geografi k o‘rni.
Har qanday davlatning rivojlanishini tashqi iqtiso-
diy aloqalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa 
xalqaro mehnat taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografi k o‘rin imko niyatlariga 
bog‘liq. Insoniyat taraq qiyotining muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo 
yo‘llari muhim omil bo‘lgan.
O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI
2-dars
2-dars


6
Iqtisodiy geografi k o‘rin imkoniyatlari davr o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. 
Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik zaxira larining topilishi va ishlab 
chiqarilishi, transport vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo‘ladi. Buni 
yurtimiz iqtisodiy geografi k o‘rnida ro‘y bergan o‘zgarish lar misolida ko‘rib 
chiqamiz.
Ma’lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni 
(Hindiston, Xitoy) G‘arb (Yevropa mamlakatlari) bilan bog‘lab turgan asosiy 
savdo yo‘li – «Buyuk Ipak yo‘li» O‘rta Osiyo orqali o‘tgan. Natijada O‘rta 
Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunar mandchilik va dehqon-
chilikning taraq qiyoti, shahar lar, fan, madaniyat ravna qiga jiddiy turtki bo‘lgan. 
Keyinchalik Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari quruq likdan dengiz-
okeanlarga ko‘chgach, O‘rta Osiyo iqtisodiy geografi k o‘rnidagi qulaylik 
barham topgan.
XIX asr oxirlari da O‘rta Osiyoda temir yo‘l qurildi. Natijada Samarqand, 
Toshkent ka bi yirik shaharlar temiryo‘l orqali Rossiya ning markaziy rayonlari 
bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqti sodiy geografi k o‘rni yana qulaylik 
kasb eta boshladi. Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografi k o‘rin qulaylik-
laridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi.
Mustaqillik tufayli
O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin aloqa 
o‘rnatish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda uni azaliy janu-
biy qo‘shnilari Afg‘o ni ston, Pokiston, Eron hamda g‘arbdan Turkiya, 
sharqdan Xitoy va boshqa davlatlar bilan bog‘lovchi quruqlik va havo 
yo‘llari ochilib, O‘zbekiston iqtisodiy geografi k o‘rnini yaxshilab oldi. 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə