Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

1.
Darslik muqovasining ikkinchi betida berilgan iqtisodiy va ijtimoiy tushuncha 
hamda atamalardan kamida ikkitasini izohlashga urinib ko‘ring.
2.
8-sinf o‘quv atlasida «sug‘oriladigan yer», «aholisi 100 mingdan ortiq shahar» va 
«gaz quvurlari» qanday shartli belgilarda ko‘rsatilganini daftaringizga yozing.
?


5
I Q I S M
O‘ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTINING 
UMUMGEOGRAFIK TA’RIFI
Geografi k o‘rin deganda nima tushuniladi?
Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va, hatto, hov-
lining o‘ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular 
geografi k o‘rin deb ataladi. Geografi k o‘rin mohiyatan 
tabiiy geografi k o‘rin, 
iqtisodiy geografi k o‘rin va siyosiy geografi k o‘rin
tarzida guruhlanadi.
Tabiiy geografi k o‘rin
, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, 
o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisba tan joy lash gan o‘rniga 
ko‘ra belgilansa, 
iqtiso diy geo gra fi k o‘rin
jahon ning erkin iqtisodiy 
mintaqa lari, jahon savdo yo‘llari, yirik sav do- sanoat markaz lari va 
tabiiy boyliklardan foy da lanish imkoniyatlari bilan belgi la nadi. 
Siyosiy 
geografi k o‘rin
esa muayyan davrda alo hida davlatning harbiy mojarolar 
ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga 
nisbatan qanchalik aloqa dorligiga ko‘ra baholanadi.
Geografi k obyektlar o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ana shu aloqadorlik ko‘lamiga 
muvofi q geografi k o‘rin mikro, mezo, makro miqyosda namoyon bo‘ladi. Endi
Vatanimiz O‘zbekistonning geografi k o‘rnidagi o‘ziga xos jihatlar, uni belgi-
lovchi omillarni ko‘rib chiqaylik. 
Tabiiy geografi k o‘rni.
O‘lkamiz ob-havosi yilning talay qismida ochiq va 
quruq bo‘ladi. E’tibor qilinsa, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 
«Serqu yosh hur o‘lkam...» deya boshlanadi. Tabiiy geografi k o‘rin sharofati 
ila serquyosh va issiq kunlarning uzoq davom etishi mamlakatimiz qishloq 
xo‘jaligi, transport va maishiy hayotda mehnat va moliyaviy sarf-xarajatlarning 
tejalishiga imkon beradi. Bulutsiz osmonimiz astronomik tadqiqotlarda ham 
qo‘l keladi. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bekdek 
koinot bilimdonlari bizning yurtdan chiqqani bejiz emas. 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə