Va ijtimoiy geografiyasi


Sizningcha, mamlakatimiz viloyatlaridan qaysi birining iqtisodiy geografi k o‘rni  eng qulay? Javobingizni asoslang. 2



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

1.
Sizningcha, mamlakatimiz viloyatlaridan qaysi birining iqtisodiy geografi k o‘rni 
eng qulay? Javobingizni asoslang.
2.
Maktabingiz joylashgan tumanning iqtisodiy geografi k o‘rnini quyidagi reja asosida 
ta’rifl ab yozing:
a) tuman chegarasining xususiyatlari; 
b) qo‘shni tumandagi qanday omillar tumaningiz xo‘jaligi yuksalishiga hissa 
qo‘shayotganligi;
d) tumaningiz transportning qaysi turi vositasida boshqa tumanlar bilan aloqada 
bo‘layotganligi.
3.
Mamlakatimiz okeanlardan qancha olisdaligini 8-sinf o‘quv atlasidan aniqlang.


8
Tabiiy sharoit tabiiy boyliklardan nimasi bilan farq qiladi?
O‘zbekiston yerusti tuzili shi betakrordir. Shunga monand tabiati ham, boy-
liklari ham xilma-xil.
Qulay 
tabiiy sharoit
ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy 
omilidir. 
Tabiiy sharoit, ayniqsa, 
qishloq xo‘jaligi

foydali qazilmalar
qazib chiqarish 
va 
transport harakati
da yaqqol bilinadi. Tog‘ relyefi , sho‘rxoklar, cho‘llar, 
taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi. 
Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta’minlash 
og‘ir kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy 
sharoitga bog‘liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta’siri 
kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.
Tabiiy boyliklar
tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita 
aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.
Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu
yerosti boyliklari
(
mineral
va
yoqilg‘ilar
). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda 
foydalaniladi (2-rasm). 
O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Ammo 
mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘l gan ehtiyoji to‘xtovsiz 
ortib bormoqda. Hozirda ta biiy boyliklarning yarmiga yaqinidan foydalanil-
moqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz 
zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan boylikdir.

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə