Va ijtimoiy geografiyasi


Kishilarning mehnat faoliyati



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

Kishilarning mehnat faoliyati
ikki sohaga — moddiy ne’mat ishlab 
chiqaruvchi va moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohalarga 
bo‘linadi. 
Fan va texnikaning rivoj lanishi bilan moddiy ne’mat ishlab chiqar-
maydigan soha ning roli va bu sohada ishlov chilar soni ortib boradi. Buning 
6-rasm.
Mehnatda band aholi ning iqtiso di yot tar moq lari bo‘ y i cha taq sim lani shi (2012-yil).
Uy-kommunal xo‘jaligida, aholiga
maishiy xizmat ko‘rsatishda – 3,5%
Sanoatda – 13,0%
BAND AHOLINING IQTISODIYOT TARMOQLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Qishloq xo‘jaligida – 26,7%
Qurilishda – 9,3%
Transport va aloqada – 5,2%
Savdo va umumiy
ovqatlanishda – 10,9%
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya
va ijtimoiy ta’minotda – 7,6%
Fan, ta’lim, madaniyat va san’atda – 13,4%
Moliya, kredit, sug‘urta – 0,5%
Boshqa tarmoqlarda – 9,9%


15
uchun avvalo ishlab chiqaruvchi sohada mehnat unumdorligi o‘sishi zarur. 
Faqat shundagina ishlab chiqaruvchi sohadagi mehnatga yaroqli aholining 
bir qismi ishlab chiqarmaydigan sohalarga o‘tishi mumkin. Mehnatga yaroq-
lilarning soni va malakasi qatori ma’naviy yetukligi ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Aholining jinsiy tarkibi
.
Aholi tarkibiga jins va yosh jihatdan yondashish 
katta ahamiyatga ega (7-rasm). Chunki aholini va inson omilini takror ishlab 
chiqarish xuddi ana shu jihatlarga bog‘liq. 
Ikkinchi jahon urushining asorati tufayli 1945–1960-yillarda O‘zbekiston 
aholisi tarkibida erkaklar soni ayollar sonidan ancha kam edi. Yillar o‘tishi 
bilan bu tafovut qisqara bordi. 1959-yilga kelib ayollar 52 foizni, erkaklar
48 foizni tashkil etdi. Hozir-
gi vaqtda aholi tarkibida er-
kaklar va ayollar soni deyarli 
o‘zaro tenglashdi. 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə