Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

tabiiy ko‘payishi
deyiladi. Aholi 
migratsiya
hisobiga 
ham ko‘payadi. Buni aholining 
mexanik ko‘payishi
deyiladi (5-rasm).
Migratsiya
ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Migratsiya ichki mig-
ratsiya va tashqi migratsiyaga bo‘linadi. 
Ichki migratsiya
aholi-
ning mamlakat ich ka ri sida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq
joylardan shaharlarga ko‘ chib yurishi. 
Tashqi migratsiya
mamla-
katdan ko‘chib ketish (
emigrat siya
) yoki mamlakatga ko‘ chib kelish 
(
immigratsiya
).
Aholi tabiiy ko‘payishining yuqori sur’atlari 
aholi zichligi
(1 kv. km 
hududga to‘g‘ri keladigan aholi soni)ning ortishida ham o‘z ifodasini 
AHOLI
 
VA INSON OMILI
4-rasm. 
O‘zbekiston aholi si ning 
ko‘payishi (mln kishi hisobida).
5-rasm.
Aholining tabiiy va mexanik 
ko‘payishi (2013-yil, ming kishi hisobida).
5-dars
5-dars
27,1
1865
yillar
30,0
24,4
20,3
15,8
11,8
8,1
6,3
6,4
4,3
4,0
3,3
1900
1924
1939
1950
1959
1970
1980
1990
2000
2008
2013
O‘lim
Emigratsiya
Immigratsiya
Tug‘ilish
675
4,5
145
45
+530
– 40,5


14
topmoqda. Bundan 100 yil avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi 
har bir kvadrat kilometrga 10
–11 kishini tashkil etgan bo‘lsa, endilikda bu 
ko‘rsatkich 67 kishini tashkil etmoqda. 
Hozirda O‘zbekiston aholisining soni 30 million kishidan oshdi. Ammo 
ularning hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16 yosh-
dan 60 yoshga cha, ayol larning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina 
mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, 
hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa 
ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan 
bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan. 
Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yarmidan ortig‘ini tashkil 
etadi. Mehnatga yaroqlilarning asosiy qismi sanoatda, qishloq xo‘jaligida, 
qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar, oziq-ovqat va sanoat 
mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum yetishtiradi, 
binolar bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim, fan, mada niyat, 
tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning mehnat 
natijalari ham foydali va zaruriydir (6-rasm). 

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə