Va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 9,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/144
tarix28.04.2023
ölçüsü9,8 Mb.
#107562
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144
Geografiya. 8-sinf (2014, P.Musayev, J.Musayev)

adir min-
taqasini
tashkil etadi. 
Adir iqlimi cho‘l iqlimi dan mo‘tadilroq bo‘ladi. O‘simlik turi ko‘p va zich. 
Tuprog‘i chirindiga boy. Bu yerlardan, asosan, obikor, dengiz sathidan 1000 
metrdan baland yerlarda lalmikor dehqonchilik yuritiladi. Adirlar dehqonchi-
lik uchun eng qulay joy bo‘lganidan odamlar qadimdan shu yerlarda qishloq 
TABIIY SHAROIT VA TABIIY BOYLIKLARNING
MILLIY IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI
4-dars
4-dars
1.
Tabiiy sharoit va boyliklar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda qanday ahamiyatga 
ega? 
2.
Tabiiy boyliklarning qanday turlarini bilasiz?
3.
Tabiiy boyliklar ahamiyati qanday baholanadi?
4.
Mamlakatimiz tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishga qayerlarda sharoit qulay ekanini 
xaritadan aniqlang.
?


11
xo‘jaligi bilan shug‘ullanaverib, uning yer yuzasini ham, o‘simlik va hayvonot 
olamini ham o‘zgartirib yubordi. 
Tog‘ mintaqasi
adirdan baland joylarga, ya’ni dengiz sathidan 1200 
metrdan baland bo‘lgan joylarga to‘g‘ri keladi. 
Tog‘larda yoz nisbatan qisqa, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Tuprog‘i niho-
yatda chirindiga boy. Tog‘larda betaga, ravoch, zira, tog‘ yalpizi, yuqoriroqda 
na’matak, zirk, dukcho‘p kabi butalar, undan ham yuqoriroqda bodom, pista, 
do‘lana, zarang, olma, yong‘oq, nok, olcha kabi mevali daraxtlarning yovvoyi 
turlari o‘sadi. Ravoch, tog‘ yalpizi, zirk kabilar ovqatga ishlatiladi. Bodom 
va pista terib olinadi. Yovvoyi mevali daraxtlarga madaniy mevalar payvand 
qilinishi natijasida tog‘larning xo‘jalikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. 
Tog‘ mintaqasining shifobaxsh iqlimi hamda beqiyos go‘zal tabiatidan dam 
olish va hordiq chiqarishda foydalaniladi. 
Tog‘lardan ko‘plab foydali qazilmalar topilgan. Ohangaron vodiysi atrofi da-
gi tog‘larda o‘tga chidamli loy, qo‘ng‘ir ko‘mir, mis rudasi, oltin konlari aniq-
langan. Nurota tog‘larida marmar (G‘ozg‘on marmari), volfram konlari bor. 
3-rasm. 
O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar.

Yüklə 9,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə