Validlik va uning turlari



Yüklə 19,12 Kb.
səhifə2/3
tarix16.02.2023
ölçüsü19,12 Kb.
#100913
1   2   3
Validlik va uning turlari

Oshkora, tashqi validlik
Oshkora, tashqi validlik mazmuniy validlik bilan har xil munosabatda bo’ladi. Bir holatda mazmuniy va tashqi validlik mos tushsa, boshqasida tashqi validlik mazmuniy validlikni himoyalash (yashirish) uchun niqob sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda topshiriqning mazmuni va yo’riqnomasiga maxsus shakl beriladi. Bu asosiy ob’ektiv testlarni tuzishning taktik usuli sifatida foydalaniladi.
Oshkora-tashqi validlikdan farqli o’laroq mazmuniy validlik doimiy ravishda test materialini mazmunini haqqoniy baholashga munosabati bilan bog’liq, soxta o’lchashlar maqsadlariga emas. Mazmuniy validlikni aniqlash uchun ekspert metodidan foydalaniladi. Har doimgidek, ekspertizada quyidagi masalalar hal qilinishi kerak: kompetent ekspertlarni tanlash, ekspert guruhini shakllantirish, ekspertizani o’tkazish jarayonini tashkillashtirish vaboshqalar.Ekspertizaning spetsifik ob’ekti bo’lib, testning mazmuni xizmat qiladi.Ekspertlar uning psixik xususiyatlarga , testning validligini mazmuni sifatida e’lon qilinadigan testning mazmunini baholab berishlari zarur. Bu maqsadda ekspertlarga testning spetsifikatsiyasi va topshiriqlari ro’yxati taqdim etiladi. Agar aniq topshiriqlar to’liq ravishda mos kelsa, u holda ekspert uni testning mazmuniga muvofiq sifatida baholaydi. Aks holda u topshiriqlarni brak hisoblaydi va yozma o’z bahosini asoslaydi. Agar ekspertlar orasidan topshiriqni bahosida kelishmovchilik kelib chiqsa, u holda ekspertlarning yozma tushuntirishlari bilan anonim tarzda tanishib chiqadilar, buning natijasida ekspertiza qaytadan o’tkaziladi.
Empirik validlik
Empirik validlikning g’oyasi testning ma’lum qobiliyatini aniqlashda indikator yoki psixik xususiyatlari yoki inson xulq-atvor shakllarini qat’iy aniqlashni bashorat qiluvchi bo’lib xizmat qilishdan iborat [2,6,7,11]. Testning bu xususiyatini o’lchash uchun test natijalarining tashqi mezonlar bilan korrelyatsiyasi koeffitsienti hisoblab topiladi-R (X,K). Mezon sifatida testni validlashtiruvchi, psixologik xarakteristikalarni mustaqil va shubhasiz o’lchovchi, har qanday ko’rsatkich ishtirok etishi mumkin. Mezon tanlash haqidagi masala bu ko’rinishda asosiy validlik hisoblanadi. Mezon tanlashda validlikning miqdoriy va sifati baholashga bog’liq bo’ladi. Shartli ravishda uch guruh mezonlarni ajratish mumkin: ekspertlar, eksperimental va “hayotiy”.
Ekspert mezon shaxs xususiyatlarini mustaqil o’lchash uchun ekspert baholashdan foydlanishni taqozo etadi. Garchi shaxs xususiyatlarini o’lchashda oxirgi vaqtlarda ekspert metodiga katta ahamiyat berilayotgan bo’lsa-da, shunga qaramay testning validligini ta’minlashda ekspert baholashni qo’llash etarlicha ishlab chiqilgan unifikatsiyalashgan tartibga, ishonchli va barqaror axborot olishni taqozo etishga ega emas.
O’quvchilar uchun mo’ljallangan testlarni validlashtirishda ekspert sifatida odatda o’qituvchilardan foydalanadilar. Biroq maxsus tadqiqot ko’rsatkichlari sifatida o’qituvchilarning ekspert baholari past ishochlilik va validlikka ega. Ayrim o’qituvchilar ishonchli ekspert sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bu ularning baholari ayniqsa sub’ektiv yanglishishlarga duchor bo’lganligi kuchli darajada bog’liqdir (simpatiya va antipatiyaga, o’qituvchiga ota-onalar bilan munosabatini ko’chirish, shaxs sifatidagi o’zlashtirishi bilan).
Xatolarning boshqa sababi baholanayotgan sifatning mazmunini etarlicha tushunmasligidan iborat. Test va ekspert bahosi uchun hajm bo’yicha mos tushuncha qo’shish kuzatiladi.Aks holda yuqori korrelyatsiyaga mo’ljal olish mumkin emas.
Agar shaxsning qandaydir xususiyatini o’qituvchi baholashi oddiy talab etilsa, bu nomutaxassislar oldida turgan va hatto ko’p psixologlar uchun qiyin vazifa hisoblanadi. Boshlanishida validlashtiriladigan testni o’lchash uchun o’qituvchiga psixik hususiyatning mazmunini tushuntirish, uni topshiriq tarkibi va spetsifikatsiyasi bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Faqat shundan keyingina o’qituvchidan o’quvchilarga ekspert baho qo’yish so’raladi. Bahoni 7 yoki 9-balli shkalada qo’yish kerak bo’ladi. Birinchidan, baho ancha aniq qilinadi, ikkinchidan o’lchanayotgan sifatga o’zlashtirish bahosini mexanik ko’chirish qiyin bo’ladi.
Amaliyotda ko’proq eksperimental mezonlar keng tarqalgan. Bu holatda validlashtirish mezoni sifatida bir vaqtning o’zida va mustaqil testlashtirish tekshiriluvchilarni boshqa testlar bilan birgalikda foydalaniladi. Ikki qiymat o’rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti o’zaro empirik validlik hisoblanadi. Uning qiymatlari o’lchashning mazmuni va testning ishonchliligiga bog’liqdir.
Testlarning ishonchlilik va validligi o’rtasidagi munosabat
Test nazariyasining bosh muammosi natijalarni o’lchash bo’yicha bo’yicha ishonchli natijalarni aniqlashdir. Test o’tkazishdan ishonchli natijalar olishning psixometriya uchun ahamiyatga ega bo’lgan ikki yo’li bor: spetsifik va umumlashgan (generalizatsiyalashgan).
Maxsus olingan haqqoniy natijalar ostida konkret test yordamida olingan aniq natijalar tushuniladi. Bu tushuncha fizik qiymatlarning o’lchamlarini aniqlashdagi kuzatiladigan aniq baho tushunchasiga yaqindir. Bu erda natijalarning haqqoniyliligiga o’lchash metodlarining aniqliligi bilan bog’liq qarash tushuniladi. U testlashtirish natijalarining
Testning haqiqatdan psixik xususiyatlar darajasini o’lchash qobiliyatini xarakterlash uchun validlik tushunchasidan foydalaniladi.
Testning validligi (validity) test o’lchashi mo’ljallangan sifatlar (xossa, qobiliyat, xarakteristika) o’lchashini ifodalaydi. Invalidlar yoki validlikka ega bo’lmagan testlar amaliy qo’llash uchun yaroqli emas.
Validlik bilan ishonchlilik o’zaro bog’liq tushunchalardir. Ularning o’zaro munosabatlarini quyidagi misol orqali izohlash mumkin. Ikkita A va V merganlar bor. A mergan 100dan 90 ochko, V mergan esa faqatgina 70 ochko to’pladi. A merganning ishonchliligi-0. 90, V merganning ishonchliligi -0.70 ga mos keldi. Biroq A mergan doimo begona nishonlarga o’q otgan, shu sababli musoboqada uning natijalari hisobga olinmadi. Ikkinchi mergan esa nishonni to’g’ri tanlagan, ya’ni o’zi uchun belgilangan nishonga otgan. Bu erda A merganning validligi 0 ga teng, V merganniki esa 0,70 ga teng. Agar A mergan ham o’ziga belgilangan nishonga o’q otib, 90 ochko olganida edi, uning validligi ham ishonchligiga teng bo’lar edi.
Agar u ba’zan nishonni chalkashtirsa, uning natijalarini bir qismi hisobga olinmaydi va A merganning validligi ishonchlilikdan past bo’ladi. Keltirilgan misolda ishonchlilikning anologi aniqlik, merganning bexato otganligi, validlikning aniqligi esa otishning aniqligi, ammo har qanday otish emas, balki qat’iy belgilangan o’zining nishoniga otganligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli u xoh mishenni, xoh komandasini o’zgartirmasin ishonchli otgan mergan validlikka ega bo’ladi. Testlar tarixida ma’lum holatlarda testlar bir xususiyatni o’rganishda invalidli deb hisoblansa-da, ammo boshqasi uchun u validlikka ega bo’lgan. Demak ishonchlilik validlik uchun zarur shart hisoblanadi. Ishonchsiz test validlikka ega bo’lmaydi. Aksincha, validlikka ega bo’lgan test ishonchli bo’ladi. Ishonchlilik validlikdan kichik bo’lmaydi, o’z navbatida validlik ishonchlilikdan ortiq bo’lmaydi.
Metodikalarning validlik va ishonchlilik masalalarini tushunish va ta’minlay olishlari mutaxassislarning baholash vositalarini amaliyotda qo’llash xususiyatlarini yaxshi bilishlaridan dalolat beradi.



Yüklə 19,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə