Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


səhifə6/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

noaniq (nirvikalka)
va 
aniq (sarvikalka)
shakli farqlangan. Noaniq idrok sensor, narsa va 
hodisaning sezgi a’zosi bilan kontaktga kirishi orqali idrok qilinishi. 
Vedanta maktabining namoyondalari noaniq hech qanday individualligi 
ham, umumiyligi ham bo‘lmagan xissiy kechinmalar yig4ndisidir, 
deb ta’kidlaydilar. Aniq idrok bo‘lingan nutq strukturasida namoyon 
bo‘luvchi idrok bo‘lib, buddistlaming ta’kidlashicha, u idrok emas, 
chunki unga aql ta’sir etadi. Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi 
uchun idrok etilayotgan obrazni xiralashtiradi. Mimansa maktabining 
tarafdorlari vedantistlami ham, buddistlami ham, tanqid qilgan holda 
noaniq idrok ikki belgiga umumiy va spesifik belgilarga ega ekanligini 
ta’kidlaydi. Umumiy belgi ko‘pchilik individual obyektlarga talluqli 
bo‘Isa, spesifik idrok faqat berilgan obyektlarga tegishlidir. Noaniq 
idrok qilinishi mumkin emas, chunki buning uchun uni boshqalaridan 
ajratishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu obyekt umumiy belgi sifatida ham 
idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan birlashtirilishi 
kerak. Bunga esa faqat nutq hisobidan erishish mumkin. Chunki nutq


narsalarga xos belgilarni ajratishi ham, birlashtirishi ham mumkin 
degan xulosaga keldilar. Buni maktab namoyondalari «Reallik» va 
«Illyuziya» deb atardi. «Reallik» va «lllyuziya»ni Mimansa maktabining 
faylasufi Bxata organ va tashqi obyekt o ‘rtasidagi munosabat bilan 
belgilaydi. Agar bu munosabat qandaydir sabab bilan buzilsa, idrok 
illyuzior b o iib qoladi. Buning sababi sifatida Bxata: periferik (sezgi 
a’zosidagi) va markaziy (manas) qismdagi buzilishni ko‘rsatadi. 
Gallyutsinatsiya ham xuddi shunday paydo bo‘ladi. Tush ko‘rish ham 
gallyutsinatsiyaning bir turidir.
Psixik hayot davomida o‘tish davri muammosi G‘arbiy Evropa 
faylasuflarini ko‘proq qiziqtirdi. Hech kimni hindlar kabi «men» 
muammosi bunchalik ko‘p o'ylantirmagan. Masalan, lakata ta’limotida 
umuman «men» muammosi inkor qilinadi. Ular shunga asoslanadiki
sezgi a ’zolarimiz bizga «men» haqida hech narsani ma’lum qilmaydi. 
Xulosa chiqarish yo‘li bilan olingan ma’lumotlar esa noto‘g‘ri bo‘lishi 
ham mumkin.
Miloddan avvalgi bir necha mingyillikning o‘rtalarida Hindiston va 
Xitoyda II-mingyillikda paydo bo‘lgan. Vedalar eng qadimgi ariylik 
dunyoqarashini ifodalardi. Grek, skandinaviya va slavyan afsonalarida 
bo‘lgani singari unda ham xudolar ko'pincha tabiiy kuchlarga 
qiyos qilinardi. Bunday dunyoqarash Koinot bilan Tartibsizlik (Xaos) 
o‘rtasidagi azaliy kurash bilan tavsiflanardi. Bu jangda xudolaming uzil- 
kesil va abadiy g‘alaba qilishi kafolatlanmaydi. Tartibsizlikka qarshi 
kurashda xudolar odamlaming yordamiga muhtoj bo‘lgan. Qurbonliklar 
va to‘g‘ri bajariladigan marosimlar koinotdagi tartibni tutib turishga 
katta xissa qo'shib turadi. Vedalar bilan tanisxishda muayyan afsonaviy 
olamga g‘arq bo‘lamiz. Agar biz hind ma’naviy hayotida afsonadan 
logosga o‘tish haqida gapirsak edi, unda uni matnlaming yangi va 
ancha tushunarli guruhlari (miloddan avvalgi 800-300-yillar) bo‘lgan 
Upanishadlarga tegishli deyish mumkin bo‘lardi. Upanishadlar Veda 
dunyoqarashining tanqidiy jihatdan idrok etilishidir. Ehtimol, ular asriy 
madaniyatining ayrim jihatlariga nisbatan norozilikni ifodalar. Eng 
yangi tadqiqotlar ularda noariy tendensiyalaming ta’sirini topmoqda. 
Biroq bu murakkab masala din tarixchilari ixtiyorida qoldirilishi kerak.


Lekin, baribir Upanishadlarga dalil-asoslar muvofiq keladi. Bu narsa 
mazlumlaming o‘z ovozini chiqarish usulini topganligini anglatadimi? 
Biz buni bilmaymiz va faqat taxminlar bilan cheklanishimizga to‘g‘ri 
keladi.
«Upanishada» atamasi donishmandning o‘z shogirdlariga ta’lim 
berishi jarayonini anglatadi. Vaqt o‘tishi bilan bu atama shu jarayonda 
beriladigan mazmunni ifodalaydigan falsafiy raatnni ham ifodalaydigan 
bo‘ldi. Shunday qilib, muayyan ma’noda Upanishadlami Platonning 
dialoglari bilan o‘xshatish mumkin.
Upanishadlaming markaziy mavzularidan biri tug'ilish va oiimning 
abadiy «almashinuvi» g‘oyasidir. Bunday g‘oya tirik mavjudotlaming 
oMimidan keyin yana qayta tirilishini nazarda tutadigan ruhlaming 
ko‘chib yurishi (reinkamatsiya) haqidagi ta’limotga asos qilib olingan. 
Tug‘ilish bilan o‘lim o‘rtasidagi abadiy qayta tiklanib turadigan sikl 
sansara deyiladi. Aynan ana shunday siklda insonning eng teran 
«mohiyati» (atman) takror va takror qayta tiklanaveradi.
Sharqshunoslik adabiyotlarida nimani atm an deb tushunish masalasi 
xususida munozara ko‘pdan beri davom etib keladi. Upanishadlaming 
ayrimlarida, aftidan, atman o‘zgarmas va substansial narsa hisoblanadi 
va idrok etuvchi «men» yoki «ego»dan farq qiladi.
Upanishadlaming boshqa bir muhim qoidasi atman bilan brax- 
manning bir-biriga tenglashtirilishidir. «Braxman» so‘zining adekvat 
tarjimasini topish qiyin. Bu holda atm an bilan braxmanning bir-biriga 
tenglashtirilishi atman absalyut yoki ilohiyot bilan teng degani bo‘ladi. 
Bunga o‘xshash qarashlar odam (yoki uning ruhi) Xudo bilan ayni bir 
narsa bo‘la oladigan g‘arb mistisizmida ham mavjud. Bunday birlik 
hind falsafasi va G‘arb mistisizmi targ‘ib qiladigan zohidona turmush 
tarzini nazarda tutadi.
Upanishada faylasuflari shu tariqa olamdan teskari o‘girilib olishdi. 
Ularning maqsadi zohidlarcha dunyodan qochish edi. Ulaming 
e’tiqodicha, matndami yoki tabiatdami bo‘lishidan qa’tiy nazar 
«tashqari»da emas, u sening ichingda. Sen «o‘z-o‘zingni topish»ni 
o‘rganishing kerak. Mistisizm haqida ko‘p narsani o‘qib olish mum­
kin, lekin bu mistik bilishni anglatmaydi. U faqat sen tomoningdan


va o‘zingning shaxsiy sa’y-harakatlaring yordamida ishlab chiqiladi. 
Hindistonda bunga o‘xshash mistik donishmandlik kohinlar tabaqasiga, 
haqiqiy «braxman»larga xos deb hisoblanardi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə