Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


səhifə7/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Atman 
bilan 
braxman 
to‘g‘risidagi tezis atman absolyutga tengdir, 
deb talqin etilishi mumkin. Faqat ana shunday sharoitda individ 
o‘ limdan keyingi yangi qayta tirilishlarga qodir bo‘ladi. Hind falsafasiga 
binoan odam 
sansciradan,
hayotlar va o‘limlar «xorovodi»dan xalos 
bo‘lishi lozim. Butun hind falsafasi mujassamlasxishlaming abadiy 
siklidan xalos bo‘lish (moksha) yo‘lini izlaydi. Bunday qoida nafaqat 
Upanishadlarda, shu bilan birga buddizm falsafasida ham yetakchi 
o‘rin tutadi.
Hind falsafasining bu sikldan xalos boiishga nima uchun bunchalik 
alohida e’tibor qaratganligini qisqacha ko‘rib, chiqamiz. Shubhasiz
bu unga xos bo‘lgan, karma haqidagi ta’limotda ifodalangan faoliyat 
tushunchasi bilan bog‘liq edi. Unga ko‘ra, bizning xatti-harakatlarimiz 
navbatdagi hayotda «braxman» yoki kaltakesak bo‘lib qayta 
tug‘ilishimizni belgilab beradi - bu million-million imkoniyat ichidan 
bizning peshonamizga bitishi mumkin bo'lgan atigi ikkitagina taqdirdir.
Karma ko‘pincha butun hind falsafasining o‘zagi bo‘lgan asosiy 
lushuncha sifatida ko‘rib chiqiladi. Karma xatti-harakat, amalni 
anglatadi. Karmacha fikrlash uslubi deb ataladigan uslub ayni bir 
vaqtda falsafaning axloqiy va metafizik mezonlarini ochib beradi, 
ular hozirgi G‘arb falsafasida odatda bir-biridan ajratib qo‘yilgan. 
Bu karmaning reinkamatsiyaga, qayta tug‘ilishga ishonch va axloqiy 
sabablilik g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langandir. Axloqiy sabablilik 
deganda koinotning adolat bilan sug‘orilganligi tushuniladi. Biz har bir 
kishi o‘zi xizmat qilgan narsasini oladigan olamda yashaymiz, lekin bu 
yerda yana keyingi hayotda yaxshiroq holatga erisxish imkoniyati ham 
mavjud. Boshqacha aytganda, saxovatpesha kishi uchun yaxshilikka, 
gunohkor odamga esa — yomonlikka tomon istiqbollar ochiladi. 
Dunyodagi barcha nomukamalliklar va azob-uqubatlar odamning o‘z 
xatti-harakatlarining oqibatidir. Biroq muayyan tabaqaga mansublik 
odam uchun yaxshi va yomon bo‘Iib hisoblanadigan narsani jiddiy 
darajada taqdim etadi. Shunday qilib, Upanishadlar tabaqali tizimni


legitimlashtiradi. Odamlar muayyan tabaqaga mansub bo‘lish huquqini 
o‘zlarining bundan oldingi hayotida «ishlab topgan».
Karma haqidagi tasaw ur Yevropacha tafakkurga butun lay yot 
emas. U jumladan, «har bir kishi o‘z baxtining yaratuvchisidir» va 
«nima eksang, shuni o‘rasan» kabi maqollarda ifodalangan. Biroq 
Yevropacha tafakkurda, hindlamikidan farqli ravishda, axloqiy 
sabablilik reinkamatsiya bilan bog‘lanmaydi. Reinkamatsiya g‘oyasi -
bu spetsifik hindcha fenomendir.
Shunday qilib, hind falsafasida axloqiy xatti-harakatlar «aylanish»ga 
kiritilgan. Reinkamatsiya to‘g‘risidagi ta’limotning G‘arbdagi ko‘pgina 
talqinlari, ayniqsa, yangi davrga oidlari uni individning ko‘plab hayotlari 
yoki hatto uning abadiy hayoti haqidagi g‘oyaning ifodasi sifatida 
ко‘rib chiqilgan. Masalan, Nisshening hind falsafasi kayfiyatlari bilan 
sug‘orilgan hamma narsalaming «abadiy takrorlanishi» to‘g‘risidagi 
nazariyasi borliqni xristiancha tushunishga pozitiv muqobillik sifatida 
ko‘rib chiqilishi mumkin. Ehtimol, reinkamatsiya g ‘oyasini u o‘lim 
oldidagi qo‘rquvni bartaraf etishi va bizga takror va takror yangicha 
yashash, ya’ni amalda cheksiz sonli umrlami yashash imkoniyatini 
berishi uchun ham ijobiy baholasa kerak. Biroq bunday mulohazalar 
shaxsni karmaga oid shakl o‘zgarishlar zanjiriga singdirib yuboradigan 
hindcha dunyoqarashga unchalik muvofiq kelmaydi.
Darhaqiqat, xatti-harakatlar (shu jumladan, nutq va tafakkur), 
xoxish -istaklar va ehtiroslar muammosi hind falsafasi uchun asosiy 
muammolar bo‘lib hisoblanadi. Reinkamatsiya haqidagi ta’limotning 
ta’kidlashicha, bizning navbatdagi hayotdagi mavjud bo‘lish shaklimiz 
bu hayotdagi orzularimiz va ehtiroslarimizni aks ettiradi.
Buni o‘z yo‘lida uchraydigan hamma narsani yeb, hazm qilib 
yuboradigan kapalak qurti bilan qiyoslash o‘rinli bo‘lishi mumkin.
Kapalak qurtiniki kabi xohish-istaklarga ega bo‘lgan kishi 
navbatdagi hayotida unga aylanadi. Kapalak qurti G‘arb mentalitetining 
tobora ko‘proq va beto‘xtov iste’molga nisbatan to‘yim bilmas ehtiros 
bilan ifodalanadigan xususiyatining obrazi bo‘ladi. Shu sababli kapalak 
qurtiga aylanmaslik uchun unga xos bo‘lgan xatti-harakatlar va xohish- 
istaklardan yiroq bo‘lish kerak.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə