Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


səhifə9/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

Konfutsiy 
(miloddan avvalgi 551-479-yillar) Konfutsiy Xitoyning 
sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub 
bo‘Iib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan.


Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda 
otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 
qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘Lgan.
Konfutsiylikda uning asoschisi Konfutsiy birinchi bo‘lib inson 
psixologiyasida irsiy va hayotda orttirilgan jihatlar mutanosibligi 
masalasini ko‘tarib chiqdi. Uning fikricha, insonga xos psixik jihatlar 
tug‘ma hisoblanadi shuningdek, odam o‘z tabiatiga ko‘ra mehribon 
mavjudot, uni tashqi muhit buzadi. Uning zararli ta’sirini yengish 
uchun inson yetuklikka erishish kerak.
Konfutsiy (milodan avvalgi 551—479-yilgacha) taxminan Budda
Fales va Pifagor yashagan davrda yashab o‘tgan. U yozgan matnlar 
saqlanib qolmagan, lekin uning ta’limotining asosiy qoidalari 
Konfutsiyning shogirdlari bilan suhbatlari (savollar va javoblar) 
haqidagi qisqacha qaydlar to'plami 
fikrlar va su h b a tla ri
yozib 
qo‘yilgan.
Ular asosan to‘g‘ri fe’l-atvoming ijtimoiy yetik muammolariga 
bag'ishlangan. Ulardan Konfutsiy siymosi an’analarga qattiq rioya 
qilgan mutafakkir sifatida gavdalanadi. Masalan: u odam faqat an’anani 
astoydil o‘rganish yordamida o‘z vazifalarini to‘g‘ri tushunib yetishi 
mumkin, deb hisoblaydi. An’ana, shuningdek, mavjud betartib ijtimoiy 
shart-sharoitlami isloh qilish borasidagi urinishlarga asos bo‘ladigan 
me’yor tusini kasb etadi. Ana shunday yondashuv tufayli Konfutsiy 
ta’limotida qadimgi yozma manbalami o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. 
Hind falsafasida bo‘lgani kabi olamdan qochish emas, balki dunyoga 
moslashish Konfutsiyning asosiy fikri bo‘lgan. Konfutsiyning bunday 
qarashlarini uning izdoshi Men-Szi davom ettirgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə