Vaonolins t n ‘vasaiivs 'V'Q ‘лзаун. Ог ~S'N 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


səhifə8/37
tarix27.09.2023
ölçüsü
#124195
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Психология-тарихи-Жураев-Н.С.

JIZZAX DPI
INV № « Ш З & З
AXBO RO T RE8U RS MARKAZI


Qadimgi Xitoy tibbiy manbalari (er. av. VIII asrga oid «Ichki olam 
haqidagi kitoblar»)dan ma’lum bo‘lishicha, bosh organ «tana knya- 
zi» bu yurak bo‘lib, hayotiy jarayonlar asosan havosimon Si elementi 
bilan bog‘liq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, Si fiziologik 
jarayonlami va psixik fe’lni bajaradi deb hisoblangan. «Yurak fikr- 
ni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi, jigar esa xissiyotlarimiz 
asosidir» deb ta’kidlaydi, qadimgi Xitoy tabiblari. Tabiblar o‘sha 
davrdayoq temperament haqidagi ma’lumotni yaratdilar. Bu ma’lu- 
motga ko'ra temperament 3 ta element: Havosimon Si elementi, qon 
va balg‘amning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
1. Agar qon ko‘p bo‘lsa: odam kuchli yo‘lbarsdek jasur bo‘ladi.
2. Agar Si elementi ko‘p bo‘lsa: odam maymun kabi beqaror
harakatchan bo‘ladi.
3. Agar shilimshiq modda ko‘p bo‘lsa, odam kamharakat sust 
bo‘ladi.
Xuddi Hindistonda bo‘lgani kabi er. av. I-ming yillikning o‘rtalarida 
paydo boMgan Xitoy falsafasi maktablari o‘zining etik yo‘nalishi bilan 
ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi Lao-Szi asos solgan 
maktab hisoblangan.
Lao-Szi (miloddan avvalgi 579—
499-yiIlar) 
xitoylik faylasuf Lao- 
Szi Chu podshohligining fuqarosi bo‘lib, asl ismi Li Er edi. Lao-Szi 
«ustoz Lao» degan ma’noni anglatadi. Lao esa laqab bo‘lib, «qariya» 
degan idir.
Lao-Szi Chjou saroyida arxiv xodimi bo‘lib xizmat qilgan. 
Konfutsiy bilan uchrashgan. Lao-Szi Chjou saltanatining inqirozga 
yuz tutganini ko‘rib, «iste’foga» chiqadi va tarki dunyo qilib, G‘arbga 
qarab yo‘l oladi.
Chegaraga yetib kelganda chegara boshlig‘i undan o‘z vataniga 
nimadir qoldirib ketishni so'raydi. Li Er chegara boshlig‘iga 5000 
belgidan iborat qo‘lyozmani topshiradi. Bu tarixda «Daodeszin» («Ez- 
gulik yo‘li yoki kuch va harakat haqidagi kitob») nomi bilan mashhur 
kitob edi. Bu kitobda Dao ta’limotining mohiyati haqida so‘z boradi. 
Bu «odamlar yuradigan yo‘1», degan ma’noni bildiradi. Hozirga kelib 
«Dao» qonuniyat, qonun degan ko‘chma ma’noni anglatadi.


Buyuk ishlar, albatta mayda ishlardan boshlanadi.
Bilguvchi so‘zlamaydi, so‘zlaguvchi bilmaydi.
Fikrlaringizga ehtiyot bo‘ling — ular qilmishlaringiz ibtidosidir.
Buyuk to‘g‘rilik egrilikka, buyuk zakovat axmoqlikka o‘xshaydi.
Lao-Szining haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Faqat shu narsa 
ma’lumki, u Konfutsiyning zamondoshi bo‘lgan. U yolg‘iz yashagan 
va mashhurlikdan obzini yiroq tutgan, deb hisoblanadi. Lao-Szining 
nomi «Dao de’szin» (Yo‘l va uning saxovati haqidagi kitob yoki Dao 
va de haqidagi kitob) degan asar bilan bog‘liqdir, lekin bu asami uning 
yozganligi aniq emas. Bu asar uning muxlislari tomonidan bitilgan 
bo‘lishi ham mumkin.
«Dao de’szin» daosizm falsafasiga doir klassik matndan iborat. 
Uni tushunish qiyin, talqin qilishda esa katta muammolar ko‘ndalang 
bo‘ladi. Geraklit singari Lao- Szini ham ko‘pincha «sirli» va «o‘qib 
bo‘lmaydigan» deb atashadi. 
«Dao de szin»
asari tabiat yoki borliqqa 
oid xitoy falsafasiga qo'shilgan katta xissa bo‘ldi. Bu uning amaliy 
yo‘nalishdagi konfutsiychilik an’analariga o‘xshagan ayrim markaziy 
falsafiy qoidalaridan ham yaqqol ajralib turadi.
Lao-Szi uchun «dao» tushunchasi fundamental tushuncha hisob­
lanadi. Dao «noaniq», «cheksiz», «o‘zgarmas», «makon va zamon- 
da cheksiz», «tartibsizlik va shakl» deb hisoblangan deyiladi 
adabiyotlarda. Bunga o‘xshash so‘zlar vositasidagi ifodalashlar faqat 
o‘zlari ifodalaydigan narsalarning alomati bo‘lishi mumkin. Qat’iyroq 
qilib aytganda, til bunday holda adekvat bo‘la olmaydi, chunki uni 
hatto salbiy ta’riflar orqali ifodalashda ham daoning nima bo‘lishini 
darhol faraz qiladi. G‘arb tafakkurida bunga o'xshash yondashuv 
salbiy
(apofatik) teologiyaga
o‘xshaydi, unga ko‘ra biz Xudo to‘g‘risida 
ijobiy fikr bildirishga ojizmiz. Biz faqat uning nima bo‘la olmasligini 
ta’kidlashimiz mumkin. Shu bilan birga Lao-Szining Dao haqidagi 
fikrlari grek naturfalsafasi qo‘llagan savollar va javoblar tiplari bilan 
ko‘p!ab umumiylikka ega fikrlarga o‘xshab tuyuladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə