|
![](/i/favi32.png) Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?MARKETINGDA HBA-81I GURUHU UCHUN MAXSUS . AUF.COM (1)
3.Marketing muhiti?
Marketingning muhiti
, umuman
bozor kon’yunkturasiga va xususan firma
faoliyati, shu jumladan, bozorning boshqa
sub’ektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar
va omillar yig’indisidan iborat. Muhit doimiy
o’zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy
ta’sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni
tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va
ularning o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati
marketing tadqiqotlari jarayonida juda
muhim tadbir
bo’lib hisoblanadi. Hatto
muhitning arzimas
o’zgarishiga e’tibor
bermaslik
yoki
nazoratni
susaytirish
firmaning va bozorning boshqa
sub’ektlari
ishida juda
og’ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Shuning
uchun
korxona
marketologlarining
muhit
doirasida
bo’layotgan o’zgartirishlarni alohida va
mas’uldorlik
bilan
kuzatib
borishlari
nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda
ular yangi tendentsiyalarni kuzatib qulay
imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular
ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari,
ya’ni marketing tadqiqotlari mavjuddir.
Kompaniyada boshqa har qaysi
guruhdan
ko’proq marketologlar muhit
moyiliklarini
o’rganib
borishi
va
imkoniyatlarni
izlab
topishi
zarur.
Tashkilotda har bir menejer tashqi muhitni
kuzatib borishi zarurligi bilan bir vaqtda,
marketologlar ikkita alohida qobiliyatga ega
bo’lishi kerak. Ular marketing muhiti haqida
axborotni
yig’ish
uchun
marketing
tadqiqotlar
va
marketing
qidirish
metodlarini ishlab chiqdilar. Ular mijozlar va
raqobatchilar bilan muhitlarga ham
ko’p
e’tibor qaratishgan.
Muhitni puxta o’rgangan holda,
marketologlar o’z strategiyalari bozorning
yangi talablari va imkoniyatlariga javob
berishlari uchun ularni moslashtirishlari
mumkin.
Marketing muhiti mikromuhit va
makromuhitdan iborat
.
Mikromuhit
kompaniyaning
o’z mijozlari –
kompaniyalar, ta`minotchilar, marketing
vositachilar, mijoz bozorlari, raqobatchilar
va jamoatchilikka xizmat
ko’rsatish
imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin
bo’lgan kompaniyada ishtirok etuvchi
shaxslardan iborat. Makromuhit
mikromuhitga
ta’sir ko’rsutuvchi yanada
yirik jamoatchilik kuchlardan
– demografik,
iqtisodiy, tabiiy, texnologik, siyosiy va
madaniy omillardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|