Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari



Yüklə 137,01 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü137,01 Kb.
#165743
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy xavfsizlik mustaqil Xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish

3. Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari.
Endi iqtisodiyotning xufyona sektori mavjud bo‘lishi bilan shartlangan umuman iqtisodiy tizim uchun oqibatlarni muhokama qilish zarur. Ijobiy oqibatlar jumlasiga, birinchidan, xufyona xo‘jalik faoliyatining barqarorlashtiruvchi rolini kiritish lozim. Ushbu barqarorlashtiruvchi rol ayniqsa buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Dastlabki iqtisodiyot” qondira olmaydigan talab xufyona iqtisodiy faoliyat sohasidagi mahsulot va xizmatlar uchun barcha narsalarni hazm qiluvchi bozorni barpo etadi. Biroq xufyona sektorning barqarorlashtiruvchi roli oshkora iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tishda ham saqlanib qoladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona sektorning katta o‘lchamlari ishlab chiqarishdagi pasayishlar va jahon bozorlaridagi tangliklarni yumshatish imkonini beradi. Tangik davrlarida xufyona sektor mehnatga haq to‘lash darajasining pasayishi hisobidan bandlikni avvalgi darajada saqlab turishga qodir: xufyona korxona faoliyat ko‘rsatishining asosida ijtimoiy (oilaviy-qarindoshchilik, urug‘chilik, milliy) aloqalarni qayta tiklash yotadi. Bunday qayta tiklash mantiqiga muvofiq ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish – ijtimoiy aloqalarning buzilishi demakdir. Ushbu vaziyatning paradoksalligi shundan iboratki, neoklassik muvazanatga erishish o‘z parametrlariga ko‘ra neoklassik bozordan g‘oyat uzoqlashgan bozorga bog‘liq. Ikkinchidan, xufyona sektorning mavjud bo‘lishi oshkora bozorga kirish xarajatlari yuqori bo‘lganligi tufayli unga talab bo‘lmay qolgan tadbirkorlik salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi. Fakt shundan iboratki, Peruda oshkora tizim xufyona va hatto oshkora tadbirkorlarning ham katta energiyasi va iqtidoridan hech qachon foydalanish imkonini bermagan. Masalan, Limada ko‘cha savdogarlari foydalanadigan sotuv strategiyalari yuqori xarajatlar asosida marketing va narxni shakllantirishning eng yaxshi namunalariga savdo korxonalarining siyosatiga qaraganda juda yaqin. Shunga qaramay, iqtisodiyotning oshkora va xufyona sektorlarining parallel ravishda mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta‘sir ham ko‘rsatadi. Xufyona sektorda texnika bilan qayta jihozlashning foydasizligi tufayli texnik taraqqiyot to‘xtab qoladi va umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Investitsiya manbalarining chegaralanligi (faqat u yoki bu ijtimoiy tuzilma ichidagi mavjud resurslar investitsiya qilinadi) va mazkur ijtimoiy tuzilmalarga nisbaan tashqi sarmoyadorlarning mavjud emasligi sababli investitsiyalarning hajmi ham kamayadi. Oshkora iqtisodiyotda qolgan iqtisodiy sub‘ektlarga soliq yuki ko‘payadi: davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar xarajatlari kam sonli soliq to‘lovchilarga taqsimlanadi. Ushbu vaziyat ikkilanib yurganlarni ham xufyona sektorga o‘tishga undaydi - qonunga bo‘ysunish narxi cheksiz yuqori bo‘ladi. Buning natijasida oshkora sektor kollansi yuzaga keladi – unda faqat eng yirik korxonalar qoladi, chunki ular shunchaki to‘liq «soyaga» keta olishmaydi. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyotning mavjud bo‘lishi izchil makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish bo‘yicha har qanday chora-tadbirlarni samarasiz qiladi: u g‘oyat noadekvat indikatorlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida quriladi. Yuqorida aytilganlar pul-kredit siyosatlariga nisbatan juda muhim, chunki naqd pullarning xufyona aylanmasi markaziy bank nazorati ostida bo‘lmaydi.
Xufiyona jarayonlar dinamikasining omillari, ularning miqyosi va ularni o‘lchash usullari. Xufiyona iqtisodiyot rivojlanishining tamoyilla milliy iqtisodiyotda uning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining har bir aniq tarixiy davrida yuz beradigan jarayonlar bilan bog‘liq. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi va dinamikasini belgilovchi omillarning quyidagi guruhlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Antropologik omillar: insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko‘proq foyda olishga intilishi va sh.k.Iqtisodiy omillar: tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi transaksiyaviy xarajatlari («qonunga bo‘ysunish bahosi»), bozor xo‘jaligi doirasidagi raqobat, iqtisodiyotning turli sektorlarining notekis rivojla- nishi, inflatsiya, almashuv kurslarining keskin o‘zgarib turishi, soliqqa tortish tizimi vaboshqalar. Ijtimoiy omillar: jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvi, «xavf guruhla- ri»ning mavjudligi, mehnat qonunchiligining buzilishi, muhojir ishchilar, ayollar va o‘smirlar mehnatidan foydalanishda ijtimoiy adolat prinsiplari- ga rioya etilmasligi vah.k.Huquqiy omillar: tadbirkorlikning huquqiy asosi nomukammalligi, bozor xo‘jaligining o‘zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi o‘rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo‘jaligining tartibga solinmasligi va sh.k.
Axloqiy omillar: qonunchilik hamda tadbirkorlikning axloqiy asoslari o‘rtasidagi ziddiyatlar, davlat va jamiyat, davlat va individ manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; milliy an’analarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning ta’siri va boshqalar.Siyosiy omillar: hokimiyat va yirik kapital o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oligarxiyaning shakllanishi, hokimiyat kuchi hamda iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatishning kuchga asoslangan usullari o‘rtasidagi nisbat. Iqtisodiyotni rivojlantirishning obyektiv ehtiyojlari va davlat siyosati o‘rtasidagi ziddiyat va sh.k. 2017 yildagi hisobotga ko‘ra, Evropa Ittifoqining xufyonali iqtisodiyotiga qariyb 2,2 milliard dollar sarflangan. Foiz jihatidan Evropaning janubiy va sharqiy mamlakatlari an'anaviy ravishda eng katta xufyona iqtisodiyotiga ega (bu erda ularning YaIMdagi ulushi 20 dan 40% gacha), bu erda zamonaviy naqdsiz to‘lov texnologiyalari hali keng tarqalmagan. Bundan tashqari, qarzlar va moliyaviy-iqtisodiy inqirozning ortib borayotgan oqibatlari bilan, xufyonalar ostiga tushadigan pul miqdori ko‘paymoqda. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarning xufyonali iqtisodiyotlarining nisbiy hajmi kichikroq bo‘lishiga qaramay (Germaniyada - 14%, Frantsiyada - 11% va Shveytsariyada - atigi 8%), ularning xufyonasi iqtisodiyoti kattaroqligi sababli kam rivojlangan hududlardagi mos ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada oshib ketdi. 2018 yilda Rosfinmonitoring rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada xufyona iqtisodiyoti hajmi YaIMning 20 foizini tashkil etdi, yiliga 20 trln rubl aylanmasi bilan. Shular qatorida O’zbekistonning ko‘pgina viloyat va tumanlarda korrupsiya degan balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmasligini, qonunga zid bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning vaqti kelganligi, yoshi va vazifasidan qat’i nazar, bizningcha, keng jamoatchilik ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi, mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov ekanligi, oxir-oqibatda aholi farovonligini o‘stirishga salbiyta’sir ko‘rsatuvchi illat ekanligini singdirish zarur. Bu borada 1-Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «mamlakatimizning kelajagini va obro‘- e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishini orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim»5. Chunki biz mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning navbatdagi mantiqiy bosqichi davom etayotgan davrda yashayapmiz. Zero, 1-prezidentimiz Islom Karimovning «o‘z mehnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini o‘zi boqadigan, o‘zini himoya qilishga, kelajagini o‘z qo‘li bilan qurishga qodir bo‘lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi. Barchamiz, avvalo, yoshlarimiz bu oddiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur»6ligi to‘g‘risidagi da’vati kundalik shiorimizga aylanmog‘ilozim.



Yüklə 137,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə