Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning rivojlangan mamlakatlar tajribasi



Yüklə 137,01 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü137,01 Kb.
#165743
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy xavfsizlik mustaqil Xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish

4. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashning rivojlangan mamlakatlar tajribasi
Jahon iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyot milliy iqtisodiyotning nazorat samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va jahon iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotidaxufyona iqtisodiyot muhim roli o’ynaydi. Ulardan ba'zilari xufyona iqtisodiyot rasmiy yalpi ichki mahsulotga nisbatan 80% bularga Nigeriya, Boliviya va Tailand kabi davlatlarni misol qilish mumkin. Bu sektor tovarlar va xizmatlar, individual savdogarlar, hunarmandlar, ishlab chiqarish uchun kichik korxonalarni o’z ichiga oladi. Rivojlangan mamlakatlarda, xufyona iqtisodiyotining ko'lami nisbatan kichik va yalpi ichki mahsulotga nisbatan 8-20% atrofida yoki undan ham kichik bo’lishi mumkin. Misol uchun, xufyona iqtisodiyot Amerika Qo'shma Shtatlari iqtisodiyotining 5.4% to'g'ri keladi. [3] Yevropa Ittifoqida esa, professorFridrix Schneider izlanishlarga ko'ra xufyona iqtisodiyotvaziyatiquyidagichabo'ladi [4]. Mutaxassisning fikrichadaronmadni yashirish va soliqdan qochishga intilish Yevroitttifoq maydoni bo’yicha yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18% yetgan, deb taxmin qilgan. Bundan tashqari, turli Evropa Ittifoqi mamlakatlarida norasmiy sektorning ulushi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, Markaziy, G'arbiy va Shimoliy Yevropa, bu ko'rsatkich 10% ichidadir. O'rta mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning to'rtdan bir qismigacha yetadi va Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Evropaning ayrim joylarida 30% chiqishi mumkin. Barcha Evropa davlatlarini yuqoridagilarga asoslangan holda uch guruhga bo'lish mumkin: Birinchi xufyona iqtisodiyoti past davlatlar Shveytsariya yalpi ichki mahsulotga nisbatan xufyona iqtisodiyot 7,6%, Avstriya (9,1%), Lyuksemburg (10,2%), Niderlandiya (7,8%), Fransiya va Buyuk Britaniya (8,3%). Ikkinchi guruh Ispaniya, Portugaliya, Italiya o'z ichiga oladi. Bu mamlakatlarda, xufyona iqtisodiyotning ulushi sezilarli darajada yuqori - 18,2%, Portugaliya - 17,8%, Italiya - 22,2% va Ispaniyada xufyona iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning sal kam chorak qismini tashkil etadi. Uchinchi guruh davlatlar Ukraina, Malta, Kipr, Boltiq davlatlarini o'z ichiga oladi, bu davaltlarda yashirin iqtisodiyot ulushi YaIMga nisbatan yuqori. Bu davlatalar ichida xufyona iqtisodiyot keng tarqalgan mamlakat Ukraina, u yerda xufyona iqtisodiyot ululishi YaIMga nisbatan 42,9% tashkil etadi. Shunday davlatalrdan yana biri Belarussiyadir u yerda vaziyat - 32,6%ga teng.
So'nggi yillarda, Evropa Ittifoqi davlatlari soliq to'lashdan bosh tortishga qarshi kurash uchun katta ahamiyat berishmoqda. Misol uchun, Ispaniyada soliq bazasini yanada yaxshiroq nazorat qilish orqali xazina $ 8 milliard dan ortiq mablag’ga to’ldirilishi ko'zda tutilmoqda. O'z navbatida, Italiyada 2000 € ortiqcha har qanday to'lovlarni amalga oshirish kuzatilishi mumkin, ya’ni bank kartalari orqali. Buyuk Britaniya 200 agentlardan tuzilgan maxsus jamoa shakllantirilgan, ular yuqori daromadlarni nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan mamlakat o’zini yanada qulay his qiladi.
Shveytsariya, umumiy fonda vaziyat juda qulay bo'lgan, yalpi ichki mahsulotga nisbatan faqat 7,6% xufyona iqtisodiyoti bor. Shveytsariya iqtisodiyotga asosiy "tahdid" noqonuniy ish faoliyati bilan shug’illanishdan keladi. Shveytsariyada qonununga muvofiq federal tekshirishlarni mustahkamlash va noqonuniy muhojirlarni yollagan ish beruvchilarga jarima. Noqonuniy ishchi kuchidan keng foydalanadigan qurilish va qishloq xo'jaligi sohasida, ochiq tenderlarni o’tkazish va jazo choralarini qo'llash, bu yerda yana noqonuniy ishchilarni yollagan ish beruvchilar besh yil qamoq jazosi va bir million frankga qadar jarimaga tortiladi. Iqtisodiyotga qaratilgan ushbu qonunning qabul qilinishi, shubhasiz xufyona iqtisodiyotning qisqarishiga olib keldi. AQSh Moliya vazirligi xufyona iqtisodiyot doirasida moliyaviy operatsiyalar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashda yetakchi ahamiyatga ega. Xususan, AQSh Moliya vazirligi tartibga soladi va quyi tashkilotlarning sa'y-harakatlarini muvofiqlashtiradi, fuqarolik javobgarlikka jalb qiladi, buxgalteriya va moliyaviy institutlar tomonidan berilgan hisobot yoki jazodan ozod qilish uchun talablarni ko’rib chiqadi.. AQSh moliyaviy organlari 10 ming dollardan ziyod miqdoridagi pulni monitoring qilishga xizmat qiladi. Hisobotdagi qing’irliklar uchun 25 ming dollar yoki besh yil qamoq jazosi qo'llaniladi. Shuningdek, bojxona xizmati 10 ming dollardan ortiq valyuta va pul vositalari xalqaro harakatini nazorat qiladi. Xufyona iqtisodiyotni xalqaro amaliyotda xavfsiz holatga keltirish uchun soliq va huquqiy tizimlarni to’g’ri yo’lga qo’yish kerak . Qonunchilik mexanizmi xufyona iqtisodiyot faoliyatining me'yoriy-huquqiy tomondan qarshi kurashishi kerk. Qonunchilik bilan birga iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda biror yaxshi natijaga erishish uchun soliq mexanizmini to’g’ri yo’lga qo’yiladi . Bu amaliyotni qo’llagan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot past darajasiga erishilgan bularga misol qilib Shveytsariya, Avstriya, Germaniya, Italiya, Chexiya Respublikasi, Kanadalarni olish mumkin. Bizning davlatda Qonunchilik mexanizmini davom ettirish xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash doirasida Yevropa va AQShda davlat siyosatining tajribasi bilan institutsional va tashkiliy mexanizmi, samarali amalga oshirish mumkin. O’zbekistonda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashda amaliy harakatlar muhim,bizda xufyona iqtisodiyot ulushi boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda yuqoriligicha qolmoqda. Boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasini hisobga olib, biz, xususan, bu hodisa ko'lamini kamaytirish yo'llarini tavsiya qilishimiz mumkin. Bir butun davlat tuzilishi sifatida mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning tarqalishini nazorat qilishda davlat maxsus xizmatlari rolini mustahkamlashda, AQSh tajribasidan foydalanish mumkin . Shunday qilib, biz xufyona iqtisodiyot ga qarshi kurashning xalqaro amaliyot shuni ko’rsatdiki biz har bir ishni tizimli olib borishimiz kerak va huquqiy , tashkiliy tomondan asosni yaratishimiz kerak.


Yüklə 137,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə