Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida



Yüklə 137,01 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü137,01 Kb.
#165743
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy xavfsizlik mustaqil Xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish

Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida - makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, Sog'lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, Yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, "Xufyona" iqtisodiyotga Qarshi kurashish va uning ulushini tashqi siyosat, valyuta siyosatini erkinlashtirish va davom ettirish2 harakatlar strategiyasida belgilab o’tilgan.
Xufyonaga tushishning asosiy sababi yuqori soliq stavkalari bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Respondentlar davlat apparati korruptsiyasini eng muhim “soliq bo‘lmagan omil” deb hisoblashadi: litsenziyalar, guvohnomalar, ruxsatnomalarni olishda “norasmiy to‘lovlar” hisobga olinmagan naqd pul olishni talab qiladi. Keyingi muhim sabab - bu xufyona sektoridagi sheriklarning ishi (xom ashyoni qog‘ozsiz sotib olish zarurati, “shaxsiy” asosda jalb qilingan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari va boshqalar).

1.Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub‘ektlar o‘rtasidagi moddiy ne‘mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa tortilmaydi.Xufyona iqtisodiyotning amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga potensial va real xavf tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari quyidagilardan iborat:
-turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini amalga oshirish;
-trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish;
-“ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan yashirish;
-korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali korxona soliq to‘lashdan ro‘yxatga olingan joyida ham, faoliyat yuritgan joyida ham qochadi, ya‘ni bo‘yin tovlaydi;
-hisobga olinmagan xarajatlar xisobiga sotilayotgan mahsulot (xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish;
-rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda ko‘rsatiladi, uning qolgan qismi nakd pul shaklida o‘zaro taqsimlanib olinadi. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi.Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotnint qaysi sektorga, ya‘ni norasmiy, kriminal, faktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli ekakligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:
- davlatning fiskal (soliq) manfaatlari;
- YaIMning real hajmi;
- huquqiy parametrlar;
- xo‘jalik sub‘ektlari o‘zaro harakati tavsifi.
Xufyona iqtisodiyot doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
-to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda hisobga olinmaydigan xo‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday operatsiyalar huquqiy jihatdan ro‘yxatga olingan va umuman ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi;
-qisman yashirilgan operatsiyalar. Bunda korxonalar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni bir qismi, ya‘ni olingan daromadning bir qismi buxgalteriyada hisobga olinmaydi, soliqqa tortishdan yashiriladi.
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid kelmasligi nuktai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya‘ni jinoiy, qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat, daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi. Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi.Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida tashkil etilgan, qonunchilikda qat‘iyyan man qilingan faoliyat turlari kiradi Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
-qurol-yarog‘ ishlab chiqarish va sotish;
-narkobiznes;
-kontrabanda;
qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish;
-odam savdosi;
-fohishabozlik va hokazo.
Ushbu faoliyat turlari yashirin, nolegal korxona, sex, yashirin biznes va tadbirkorlik sub‘ektlari yoki rasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan korxonalar (firmalar) shaklida tashkil etiladi. Yashirin, jinoiy xufyona iqtisodiyot doirasida uyushgan jinoyatchilik vujudga kelib, rivojlanadi. Uyushgan jinoyatchilikka asoslangan jinoiy xufyona iqtisodiyot ko‘pgina holatlarda yuqorida bayon qilingan qonunchilikda man qilingan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‘ullanadi Yashirin ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsad haddan tashqari yuqori daromad olish, soliq to‘lamaslik, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarini buzish orqali ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligidir. Xufyona ishlab chiqarish tashkillashtirilgan, uyushgan jinoyatchilik asosida yoki mustaqil yakka tartibdagi jinoyatchilik asosida amalga oshiriladi.Uyushgan jinoiy iqtisodiy faoliyat shakllaridan biri reketdir. Reket odamlarni qo‘rqitish, shantaj qilishga asoslangan biznes hisoblanadi. Reket ta‘magirlik va kriminal monopoliya shakllarida namoyon bo‘ladi Ta‘magirlik, zo‘ravonlik yoki kriminal raqobat usullari orqali biznes sub‘ektlariga tahdid qilib, ulardan pul undirish hisoblanadi. Kriminal monopoliya kriminal, jinoiy vositalardan foydalanib, raqobatchini qurqitish yoki yo‘q qilishdir. Yashirin, ro‘yxatga olinmagan korxona va ishlab chiqarishlarni, sexlarni tashkil etishning asosiy sabablari kichik biznes va tadbirkorlikni tashkil qilishda yuqori texnologik xarajatlar qilishning qiyinligi, og‘irligi, yashirin ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga yuqori monopol narxlarni belgilash, shu boisdan yuqori daromad olish imkoniyatining yuqoriligi.Yashirin ishlab chiqarish konunchilikda ruxsat etilgan faoliyat doirasida litsenziya olmasdan, ruxsatsiz yoki faoliyat uchun huquqi bo‘la turib, soliqdan qochish, daromadni soliqqa tortilishidan yashirib faoliyat yuritishda namoyon bo‘ladi. Norasmiy, kuzatilmagan iqtisodiyot sektori qonunchilikda man qilinmagan faoliyatlar doirasida noformal ish bilan bandlik, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz faoliyat yuritadigan xo‘jalik sub‘ektlaridir. Ularga huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, noformal tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar kiradi. Ushbu faoliyat natijasida olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi. Shu bilan birga, ular ijtimoiy to‘lovlar to‘lamagani uchun ham ijtimoiy iste‘mol fondlarini tashkil etishda ishtirok etmaydi. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyat natijalariga ko‘ra mahsuldor yoki fiktiv shakllarda ham namoyon bo‘ladi. Mahsuldor xufyona iqtisodiyot odatdagi tovar va xizmatlar yoki kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda ifodalanadi. Fiktiv iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyot doirasida qo‘shib yozish, o‘zlashtirish, poraxo‘rlik, tovlamachilik, xaridorlarni aldash, sifatsiz, nostandart mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida daromadlar olishda namoyon bo‘ladi. Fiktiv iqtisodiyotda xo‘jalik sub‘ekti norasmiy iqtisodiy aloqalar, faoliyat muhiti, sharoitiga ega bo‘lish orqali qo‘shimcha sun’iy ravishda daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sun’iy sharoitlar orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-ayrim korxonalarga asosli bo‘lmagan holda faoliyat imtiyozlarining berilishi;
-davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida ayrim xo‘jalik sub‘ektlariga asossiz ravishda ustunlik, imtiyoz berish;
-mulk munosabatlarining huquqiy va iqtisodiy jihatdan yetarli darajada tartibga solinmaganligi;
-mulk, daromad, moddiy ne‘matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga ma‘muriy boshqaruv organlarining ta‘sir ko‘rsatish huquqining mavjudligi. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlariga ko‘ra xufyona ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste‘mol shakllarida namoyon bo‘ladi. Xufyona ishlab chiqarish noqonuiiy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi.Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, fuqarolar xususiy mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi. Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida yuz beradi.
Xufyona iste‘mol - noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne‘matlarni iste‘mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul qilinmagan, kishilarning destruktiv ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlarni iste‘mol qilish hamda ana shunday xarakterdagi xizmatlardan foydalanish. Xufyona iqtisodiyot barcha tovarlar va xizmatlar, resurslar bozorini hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Shuningdek, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, rasmiy ro‘yxatga olinmagan va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar xufyona iqtisodiyot sub‘ektlari bo‘lishi mumkin. Huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘ektlari yashirin ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan shug‘ullanadilar. Rasmiy ro‘yxatga olinmagan xo‘jalik sub‘ektlariga quyidagilar kiradi:
uy xo‘jaligi va korxonalarga naqd pulga yoki natura shaklidagi to‘lovlar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, tadbirkor sifatida rasmiy ro‘yxatga olinmagan jismoniy shaxslar;
aholiga pulli uy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
legal tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi yashirin korxonalar, sexlar. Ularning faoliyati statistika va buxgalteriyada hisobga olinmaydi.


Yüklə 137,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə