Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə20/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O‘quv maqsadlarining qo‘yilish darajasiga qarab, baholashning shakl va usullari tanlanadi. Shuningdek, o‘quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Har qanday baholash tizimini loyihalashtirishda, baholash topshiriqlarining berilgan ta’lim mazmuni doirasida bo‘lishi talab etiladi. Baholashni loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim:

  1. Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko‘zlangan o‘quv maqsadlarini to‘la aks ettiradimi?

  2. O‘quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to‘g‘ri tanlandimi?

Masalan, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha olgan bilimlarni ba-holashda yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish malakalarini baholashda foydalanib bo‘lmaydi. Bu malakalar og‘zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslan-gan baholash usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiqdir.

Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to‘g‘risida asoslangan va ishonchli axborot berish kerak. O‘lchanishi talab etiladigan narsalargina o‘lchanishi kerak. Ta’lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.




Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə