Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə19/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

Testning shartlari: baholanishi lozim bo‘lgan domen (bilim, ko‘nikma, malaka yoki kompetensiya) haqida xulosa chiqarishga imkon berishi va uni bajarish shart-sharoitlari barcha test topshiruvchilar uchun teng bo‘lishi lozim.

Asosiy xulosa: baholash jarayonida cheklangan sondagi maxsus tuzilgan topshiriqlar (test topshiriqlari) yig‘indisi (test) orqali ma’lum bir bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiyalar majmuyining (domenning) test topshiruvchida qay darajada shakllangani haqida bilvosita xulosa chiqariladi.
2. Talim jarayonida pedagogik o‘lchovning

asosiy tamoyillari

Pedagogik o‘lchov tamoyillari. Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi kerak. Tekshirish va nazorat qilish sistemali, doimiy tarzda bo‘lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o‘qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.

Bilimlarni o‘lchash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uiing qaysi bilimlari, ko‘nikma va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim beruvchining savollariga va vazi-falariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni tekshirish va baholash o‘quv jarayonining muhim bir bo‘lagiga, uning tarkibiy qismiga aylangan taqdirdagina ro‘y beradi.

Ta’lim oluvchining bilimlari, ko‘nikma va malakalari davlat o‘quv rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.

Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini tekshirish shakllari turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida bir xildagi usullarini qo‘llaydi. Unda so‘rash, savol berish, bahoni izohlash sohasida muayyan odat paydo bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga moslashib ketadilar, o‘qituvchining qay tarzda so‘rashi ularga oldindan ma’lum bo‘ladi. Ular faqat ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera boshlaydilar.

Quyidagi beshta asosiy tamoyil baholash tizimi samaradordigi-ning poydevori hisoblanadi:

  • O‘quv maqsadlariga asoslanganlik.

  • Haqiqiylik.

  • Haqqoniylik.

  • Ishonchlilik.

  • Qulaylik.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə