Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin” Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. A. Mamatqulov


Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə29/43
tarix29.04.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#86236
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Мухтарамм дисс. (1)

Ta’lim jarayonida pedagogik o‘lchov metodlari

XX asr boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa boshqa mamlakatlarda ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotda qo‘llash borasida muayyan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu harakatlar kvalimetriyaning ilmiy fan sifatida maydonga chiqishiga va tadqiqot ko‘lami kengayishiga turtki bo‘ldi.

Kvalimetriyaning uchta — nazariy (umumiy), maxsus va amaliy tarmoqlari mavjud.

Nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va uning sifat ko‘rsatkichlarining umumiy qonuniyatlari hamda matematik modellari o‘rganiladi. Nazariy kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish mahsulotlari, obyekt va subyektlarning sifatini miqdoriy baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish sanaladi.

Nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt va jarayonlarning sifatini baholash metodikasi va nazariy asoslari umumiy xususiyatga ega. Maxsus kvalimetriya turli maqsadda foydalaniladigan obyektning sifatini baholashning aniq metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-statistik, indeksli, kvalimetrik taksonomiya kabi turlari mavjud.

Amaliy kvalimetriya texnika, ishlab chiqarish, inson faoliyati, turli loyiha va jarayonlarning sifatini baholashni ishlab chiqadigan soha sanaladi. U boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya kabi tarmoqlari mavjud.

Pedagogik kvalimetriya yillar davomida to‘plangan tajribalar, dalillar asosida vujudga kelgan va shakllangan ilmiy-nazariy fan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiya va unga bog‘liq holda o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yaxlit o‘rganadi. Bunda pedagog kadrlarning kasb malakasi va pedagogik mahorat taqqoslash orqali aniqlanadi.

Pedagogik kvalimetriyaning metodologik muammolari shu kunga qadar ilmiy tadqiqotchilar diqqat-e’tiboridan chetda qolgan va ular o‘z еchimini kutmoqda.

Pedagogik kvalimetriyaning tadqiqot obyekti ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi va boshqarilishi, o‘qituvchi faoliyatini nazorat qilish va baholash sanaladi.

Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida shakllanishi hamda rivojlanish tarixini shartli ravishda uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:

1. Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davri.

2. XVI-XIX asr oxiri — ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha dastlabki tasavv3. Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri, ya’ni ilmiy asoslangan, metodologik asoslari aniqlangan, nazariy, maxsus va amaliy tarmoqlariga, ilmiy o‘lchov parametrlariga ega davri.

Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davrida ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi bilim oluvchilarning ongiga falsafiy-diniy mazmundagi bilimlarni еtkazish bo‘lgan. Asosiy e’tibor jamiyatni barqarorlashtirish, odamlarning diniy savodini chiqarishga qaratilgan. O‘sha davrdagi ta’lim muassasalarida ixtiyoriy ravishda san’atning 7 yo‘nalishi o‘rgatilgan.

San’atni o‘rganish jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy rivojlanishi, estetik didi, ekologik qarashlari vujudga kelishiga zamin tayyorlagan.

XVI asrdan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrda ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasi va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini baholash yuzasidan muayyan izlanishlar olib borilgan, lekin mazkur izlanishlar ko‘zlangan samarani bermagan.

Atoqli pedagog Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida asosiy didaktik kategoriyalar, o‘qitish maqsadi, ta’lim mazmuni, bilimlarni nazorat qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini belgilash didaktik jihatdan asoslangan. Olim pedagogika faniga “bilimlarni nazorat qilish va baholash”, “imtihon”, “kollekvium”, “diktant” kabi yangi atama va tushunchalarni kiritdi.

Yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida besh ballik baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri.

XX asr boshida ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini, keyinchalik kompetensiyasini nazorat qilish, baholash yo‘lga qo‘yilgan. O‘sha davrda Rossiya ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunining g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishiga urg‘u berilib, ta’lim-tarbiyaning uzviyligiga asoslangan nazariy tizim yo‘lga qo‘yilgan, nazariy reproduktiv bilim, ko‘nikma va malakani nazorat qilish, ta’lim-tarbiyaning yakuniy natijasi sifatida har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan.

Pedagogik kvalimetriyaning eng yangi rivojlanish davrida tahsil oluvchilar shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi maydonga chiqdi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, pedagogik munosabatlar insonparvarlashtirilgan, ta’lim oluvchining qiziqishi, ehtiyoji, ichki va tashqi o‘quv motivlari e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish nazariyasi turadi.

Ushbu paradigma asosida pedagogik kvalimetriyada, shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimida ijobiy o‘zgarishlar vujudga keldi. Ular:

• ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi va moslashuviga asoslangan frontal ta’lim-tarbiyadan shaxsning individual rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga o‘tish;

• ta’lim oluvchilarda umummadaniy, umuminsoniy qadriyatlar asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish;

• majburiy o‘qitish shakllari bilan birga ta’lim oluvchilarni mustaqil ta’limga va tayyorgarlikka yo‘naltirish;

• ta’lim mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malaka, ijodiy faoliyatga xos tajriba va qadriyatni qaror toptirishda o‘quv kurslarining nazariy masalalari asosida emas, balki integrallashgan mazmun, fanlararo bog‘lanish, modullar tizimidan foydalanishga o‘tish;

• o‘qitishning reproduktiv metodlari va an’anaviy texnologiyalari bilan bir qatorda tahsil oluvchilarning ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradigan innovatsiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

• ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasini nazorat qilish va baholashda bilim, ko‘nikma va malaka paradigmasidan voz kechib, ta’lim tizimini modernizatsiyalashning istiqbolli yo‘nalishi sifatida qabul qilingan kompetensiyalarni nazorat qilish orqali shaxsning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash zarur.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritilishi nazarda tutilgan ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, bilim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyasini baholash jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida quyidagi konseptual asoslari mavjud:

1. Pedagogik kvalimetriya uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi, pedagog kadrlarning kasbiy malakasini aniqlash va xulosa yasash imkonini beradi.

2. Tadqiq etilayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichini dinamik kategoriya sifatida qabul qiladi va kelgusida davr bilan hamnafaslik, uzluksiz ta’lim oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmalar asosida sifat darajasining ortishini nazarda tutadi.

3. Pedagogik kvalimetriya o‘zaro uzviy bog‘langan ikki soha — nazariy va amaliy kvalimetriya yutuqlari asosida shakllanib, fan sifatida rivojlanib boradi.

4. Pedagogik kvalimetriya bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorgarlik darajasining malaka talablariga mosligi, uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan muallimlarning kasbiy malakasi, mazkur bosqichda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilimi, ko‘nikma va malakalari, kasbiy kompetensiyasi(layoqati)ning DTSga mosligi, oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, mavjud kafedralarning pedagogik kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv rejadan o‘rin olgan kurslarning moddiy va didaktik ta’minoti sifatini belgilangan tartibga muvofiq reyting asosida nazorat qiladi va baholaydi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə