Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2023-3

Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
115 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
qilinadi. Inkubatordan ochib chiqgan jo‘jalarga esa veterinariya sanitariyasi, zoogigiyenik, gigiyenik, 
veterinariya profilaktikasi, laboratoriya tashhisi va davolash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilmasa, 
katta moliyaviy zararga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
Inkubatsiya tuxumlariga ishlov berishda zamonaviy talablarga javob beradigan, uzoq muddatli 
bakteritsid ta'sirga ega yangi ekologik toza antibakterial vositalarni yaratish, sinovdan o'tkazish va joriy 
etish juda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Yangi dezinfeksiyalovchi vositalarini yaratishda dori 
vositalarining zaharli bo‘lmasligi, foydalanuvchiga iqtisodiy jihatdan qulay va arzon bo‘lishi, uzoq 
muddatli bakteritsid ta’sirga ega bo‘lishi, tashish, saqlash hamda foydalanish uchun qulay bo‘lishi 
e’tiborga olinishi zarur. 
Hozirgi vaqtda inkubatsiya tuxumlarini ishlov berishning turli usullari amaliyotga joriy qilingan. 
Bularga ultrabinafsha va lazer nurlari orqali nurlantirish, ozonlash, gazlash, dezinfektsiyalovchi 
eritmalar bilan aerozol yo’l bilan ishlov berish, dezinfektsiyalash vositalari orqali yuvish, tuxumni 
antibiotiklar bilan ishlov berish, shuningdek, termik dezinfeksiyalar misol bo’la oladi. Ushbu usullarning 
har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Tuxumlarni kimyoviy vositalar yordamida 
dezinfeksiya qilish eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, har qanday 
kimyoviy moddalar zaharli yoki agressiv moddalar bo'lib, ular xizmatchi xodimlarga, rivojlanayotgan 
embrionga, tuxumdan chiqqan jo’jalarga va atrof-muhitga zararli ta’sirini yetkazmay qo’ymaydi. 
Amaliyotda bir xil kimyoviy dezinfektsiyalash vositalaridan uzoq muddat foydalanish, mikrofloraning 
qarshiligi va ishlov berish ta'sirinining kamayishiga olib kelishini ham inobatga olish kerak. 
Bakterial xavfsizlikni ta'minlashda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Sanitariya ishlov berish muddati va texnologiyasiga rioya etish.
2. Samarali dezinfektsiyalash vositalaridan foydalanish.
3. Dezinfektsiyalash choralari tizimini korxonaning ma’lum bir yo’nalish va xususiyatlariga 
moslashgan bo’lishi. 
Parrandachilikda ko'plab turli xil dezinfektsiyalovchi vositalar qo'llaniladi, ularni uchta asosiy 
guruhga bo'lish mumkin:
1. Xlor, fenollar, formaldegidlarga asoslangan preparatlar.
2. Sirka kislotaga asoslangan preparatlar.
3. To'rtlamchi ammoniy birikmalariga asoslangan kombinatsiyalangan preparatlar shular 
jumlasidandir. 

Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə