Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2023-3



Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
110 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
Impact Factor: 9.9
ISSN-L: 2544-980X
 
INKUBATORIYA TUXUMLARINI DEZINFEKSIYA QILISH, 
PARRANDALARNING ARALASH INFЕKSION 
KASALLIKLARIGA TASHXIS QO‘YISH HAMDA 
 
SAMARALI 
DAVOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH 
Shapulatova Z.J. 
Kurbanov J.X. 
Jaynarov B.B. 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti v.f.n, 
dotsent 
 
Annotatsiya: 
ushbu maqola parrandachilik xo’jaliklaridagi inkubatorlarda uchraydigan yuqumli 
kasalliklarning oldini olish maqsadida qo’llaniladigan dori preparatining samaradorligini aniqlash 
hamda parrandalarning aralash infeksion (kolibakteriozi va pulloroz) kasalliklarida epizootologik 
ma'lumotlar, klinik belgilar, patologik o‘zgarishlar va laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. 
Kasallik tashxisini qo‘yishda ushbu ma'lumotlarning asoslari aniqlangan. Ushbu kasallikka chalingan 
parrandalar uchun zarur bo‘lgan epizootiyaga qarshi choralar ham berilgan. 
Kalit so‘zlari: parranda, inkubatsiya, stress, aerozol, tovuq embrioni, inkubatsion tuxum
stafilokokk, salmonella, mikroflora, kolibakterioz, pulloroz, GPQ, GPA, Gramm usuli, formalin, 
dezinfeksiya, antibiotik. 
 
 
Kirish.
Parrandachilik - chorvachilikning muhim tarmog‘i bo‘lib, aholiga qimmatli oziq-ovqat 
mahsulotlari bo‘lgan go‘sht, tuxum va yengil sanoatga pat xomashyosini yetkazib berish uchun xizmat 
qiladi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish o‘zining tashkiliy va tarkibiy xususiyatlari bilan 
dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlaridan farq qiladi va o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. Parrandalar nafaqat go‘shti, tuxumi, balki pati uchun ham boqiladi. Bu soha hozirga kelib 
chorvachilikdagi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Buning sababi – parranda boqish katta 
xarajat talab qilmaydi, saqlash inshootlari juda oddiy. 
Bugungi kunda parrandachilik jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yangi-yangi parrandachilik 
xo‘jaliklari va korxonalarining tashkil topishi, aholi xonadonlarida 50-100 va undan ortiq sonda 
parrandalarning asralishi natijasida iste’mol bozorida parrandachilik mahsulotlarining narx-navosining 
barqaror saqlanib turishi buning dalilidir. Darhaqiqat parrandachilik yetti xazinaning biridir.
So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lganidek, Respublikamiz parrandachilik tarmog‘ida ham 
xorijiy davlatlar bilan uzviy hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ayni paytda 
epizootik jarayon murakkablashib bormoqda va bu o‘z navbatida veterinariya mutaxasisslaridan 
hushyorlikni talab etadi. Chunki, ilgari Respublikamizda uchramagan yuqumli kasalliklarning ham xavfi 
tug‘ilib, ularga qarshi profilaktik choralar ko‘rish zarurati talab etilmoqda. 
Bugungi kunda dunyoda chorvachilikni rivojlantirish mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotini 
shakllantirishda va xalq farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Davlatimizning birinchi 
navbatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan maqsadi, aholini go‘sht, sut, yog‘ va tuxum 
maxsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada yaxshiroq qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining chorvachilik sohasida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari Respublikamizda chorva mollarini yanada ko‘paytirish, shu 



Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə