Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2023-3

Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
117 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
5-rasm. “Darg’om Parranda Fayz” hamda “Navobod Naslli Parranda” parrandachilik 
fermalaridan olib kelingan namunalarni laboratoriya sharoitida bakteriologik tekshirish 
jarayonlari. 
Respublikamizning Samarqand viloyati parrandachilik xo‘jaliklarida parrandalar orasida keng 
tarqalgan aralash infeksion (kolibakterioz va pulloroz) kasalliklarining epizootologiyasi, kechishi va 
klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlar, tashxis qo‘yish va qarshi kurash chora-tadbirlarini 
o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kasallikka tashxis qo‘yishda kompleks usuldan, ya'ni epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar, 
patologoanatomik o‘zgarishlar va laboratoriyaviy tekshirishlardan foydalanildi.
Kasallikning kechishi va klinik belgilarini o‘rganishda, galada 10,000 bosh parrandalardan necha 
bosh parranda kasal bo‘lishi va ulardan necha foizi o‘lishi, kasallikning namoyon bo‘lishi, ya'ni tana 
haroratini ko‘tarilishi, nafas olish tezligini, ishtahasi, holati, tashqi ta'sirlarga javobi, harakati
harakatdagi nuqsonlari, ko‘rinadigan shilliq pardalar holati, pat qoplami holati, ovqat hazm qilish a'zolari 
holati kabilar e'tiborga olinadi. 22 bosh o‘lgan parrandalarning 10 donasi patologoanatomik 
tekshiruvdan o‘tkaziladi va bunda tananing tashqi ko‘rinishi, tabiiy teshiklardan ajralgan suyuqliklarning 
bor-yo‘qligi, ularning tarkibi va konsistensiyasi, pati, terisi, teri osti to‘qimalarining holati, qorin va 
ko‘krak bo‘shliqlaridagi a'zolarning holati va o‘zgarishlari qayd qilinadi. 
Laboratoriyada tekshirish uchun majburiy so‘yilgan, o‘lgan parrandalar yoki ulardan olingan 
patologik namunalar (jigar, yurak, buyrak, o‘pka, ichak) aseptika qoidalariga rioya qilingan holda olindi. 
Keltirilgan namunalardan buyum oynachalariga bosma surtmalar tayyorlanib, Gramm usulida bo‘yaldi, 
mikroskopik va bakteriologik tekshirildi. Buning uchun patologik materialning yuzasi qizdirilgan 
skalpel bilan kuydiriladi. Kuydirilgan joyga Paster pipetkasi sanchilib steril holda suyuqlik olinadi va 
yonib turgan spirtovka ustida go‘sht peptonli qaynatma (GPQ), go‘sht peptonli agar (GPA) oziq 
muhitlariga ekildi. Ozuqa muhitlari +37,5-38,50Cli termostatga o‘stirishga qo‘yildi. Ozuqa muhitida 
kasallik qo‘zg‘atuvchisining bor-yo‘qligi, ozuqa muhitlari rangining xiralashishiga ko‘ra hamda ozuqa 
muhitlaridan surtmalar tayyorlanib Gramm usulida bo‘yalgandagi va mikroskopiya usulida aniqlandi. 



Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə