Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008


Materiallar va tadqiqot usullari



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2023-3

Materiallar va tadqiqot usullari. 
Tadqiqotlar Samarqand viloyatining Pastdarg’om tumanida 
joylashgan “Darg’om Parranda Fayz” parrandachilik fermasida dezinfektsiyalovchi vositalarning 
samaradorligini aniqlash bo'yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va 
biotexnologiyalar universitetida olib borildi.


Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
116 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
4-rasm. “Darg’om Parranda Fayz” parrandachilik fermasidan surtma namunalarini olish 
jarayonlari. 
Hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyatining ko’pgina parrandachilik fermalarida inkubatsiya 
tuxumlarini formaldegid bug'lari bilan ishlov berish keng qo’llaniladi. Biroq, formaldegidni qo'llash 
embrionning rivojlanishida, ichki organlarida patologik o'zgarishlarga hamda embrion o'limining 
oshishiga olib keladi. Bundan tashqari xizmat xodimlarining salomatligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, 
allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi va nafas yo’llari kasalliklariga sabab bo’ladi. Inkubatsiya 
tuxumlariga ishlov berish uchun formalin preparati ishlatilsa, ishlov berilgan joy ventilyatsiya qilinadi 
va formaldegid bug'lari tashqi muhitga chiqariladi va shu bilan ekologik vaziyatni ham og'irlashtiradi. 
“Darg’om Parranda Fayz” xo’jaligidagi Cobb 500 broyler go’sht yo’nalishidagi parrandalarning 
inkubatsiya tuxumlaridan har birining hajmi 19,800 donadan iborat nazorat va tajriba inkubatorlari 
guruhlarga ajratilib tuxumlar alohida-alohida joylashtirildi. Tajriba guruhida Cobb 500 broyler 
tuxumlarni formaldegid bug'lari bilan inkubatsiya qilishdan oldin formaldegid bug'lari bilan 1m
3
kameraga 30 ml formalin, 20 g kaliy permanganat va 15 ml suv bilan 30 daqiqa davomida ishlov berish 
orqali
 
amalga oshirildi. 
Tuxum va go'sht yo’nalishidagi parranda zotlarining inkubatsiya tuxumlarini inkubatsiya qilingan 
tuxum qobig'i yuzasidan, veterinariya nazorati ob'ektlari (inkubatorlar, stillajlar, tuxum ochib 
chiqaruvchi shkaflar) ishlov berishdan oldin va ishlov berishdan keyin bakterial ifloslanishi o'rganildi. 
Mikrobiologik tadqiqotlarda patogen va shartli patogen bo’lgan mikroorganizmlarni termostatning 37
0

haroratda 
oddiy 
va 
differensial-diagnostik 
ozuqa 
muhitlarida 
o’stirib, ajratib olingan 
mikroorganizmlarning morfologiyasini Gram va Romanovskiy-Gimza usullarida bo’yash orqali 
tayyorlangan surtmalarda, biokimyoviy xususiyatlari esa shakar bilan Gissa muhitiga ekish orqali 
o'rganildi. Inkubatsiya natijalarini baholashda jo’jalarning tuxumdan ochib chiqishi va embrion 
o’limining sabablari hisobga olindi. 



Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə