Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2023-3

Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
113 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
Hozirgi kundagi zamonaviy inkubatsiya zavodlari mutlaqo toza, samarali, texnologik nazoratda 
bo‘lgan, embrionning rivojlanishi hamda sog‘lom jo‘jalarni ochib chiqishi uchun katta imkoniyatlarga 
ega. Inkubatoriyalar nafaqat embrionlarni, balki ko‘plab bakteriyalarni ham tuxumlar bilan inkubatsiya 
qiladi. Inkubatordagi muhit va undagi sharoitlar tovuq embrioni uchun ham, patogen va shartli patogen 
mikroflora uchun ham maqbuldir. Jo’jalarning tuxumdan ochib chiqganda har qanday patogen infeksiya 
bilan zararlanishi ularni hayotning birinchi kunlaridanoq o‘limiga olib keladi.
Tuxumni inkubatsiya qilish zamonaviy parrandachilikning muhim texnologik jarayonlaridan 
biridir. Ilm-fan sifatida inkubatsiyaning maqsadi-jo’jalarning tuxumdan ochib chiqish qobiliyatini va 
sutkalik jo‘jalarinng sifatini yaxshilash yo‘llarini topishdir. 
1-jadval 
Inkubator va jo‘jalarni ochib 
chiqarish shkafi (выводной шкаф) 
Kun 
Harorat (
0
C) 
Namlik (%) 
Inkubator 
1-18 
37,5 
28,2 - 29,0 
Jo‘jalarni 
ochib 
chiqarish 
shkafi 
(выводной шкаф) 
19-20 
37,2 
29,0 
21 
37,2 
30,0 
2-rasm. Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om Parranda Fayz” parrandachilik 
fabrikasining inkubatoriya hamda parrandalarni parvarishlash bo‘limlari 
Jo‘jaxonaga jo‘jalar olib kelinishidan oldin asbob-uskunalar, jihozlar va boshqa barcha sharoitlar 
to‘liq tayyor bo‘lishi shart. Jo‘ja olib kelinganidan so‘ng qurilish ishlari, uskunalar o‘rnatish, begona 
odamlarni kirishi, ortiqcha shovqinlar jo‘jalarga nojuya (stress) ta’sir qiladi. Sexga keltirilgan yangi 
jo‘jalarni qutisi bilan pechka yoniga qo‘ymaslik zarur. 
Jo‘jalar sexga tushirilmasidan avval suv idishlari to‘ldirilgan bo‘lishi lozim, ayrim holatlarda 
jo‘jalar chanqab keladi. Agar jo‘jalar chanqab o‘zini suvga ursa va cho‘milib qolsa tezlik bilan ho’l 
bo’lgan jo‘jalarni yashiklarga solib pechka atrofida quritib olib, yana umumiy jo‘jalar orasiga qo‘yib 
yuborish kerak. Jo‘jalar 4 soat davomida suv ichgandan so‘ng, ularga yem berish tavsiya etiladi. Sababi 
inkubatsion davridagi zaharli moddalar jo‘jalarning buyraklarida to‘planib qoladi va buni toza suv bilan 
alimentar yo‘l orqali yuvishimiz kerak bo‘ladi. Jo‘jalar birinchi kuni xonaga tushgandan keyin bir joyga 
to‘planib boshlasa, ularni yoyishga harakat qilish kerak. Agar ustma-ust bo‘lib ketsa tagidagilari nobud 
bo‘ladi. Jarohat olganlari boqish davrida halok bo‘ladi. Jo‘jalar yem yeb oziqlanib, suv ichib dam 
olayotgan davrida ularga xalaqit bermaslik kerak, chunki ular shu davrda vazn to‘playdilar. Birinchi 
partiyadan qolgan dori va vitaminlarni ikkinchi partiya jo‘jalarni parvarishlashda foydalanish tavsiya 
etilmaydi. Jo‘jaxona atrofiga o‘lgan jo‘jalar, parrandalar go‘ngi, qoramol, it, mushuk, parranda-
darrandalar bo‘lmasligini ta’minlash kerak. Kasallangan jo‘jalarni davolashda esa qaysi zoogigiyenik 
omillar buzilganligidan kasallik kelib chiqganligini bilib, shu omillarni bartaraf qilmay turib jo‘jalarni 
davolay olmaymiz. 



Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə