Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə14/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
valiybolllll

2.3. Chegaralovchi lentalar
To‘rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlar ustidan vertikal joylashtirilgan lentalar chegaralovchi lentalar deb ataladi.
Lentalar kengligi 5 sm va uzunligi 1 m bo‘lib, ular to‘r (o‘lchami) tarkibiga kiradi (1.3.2, S.3)
2.4. Antennalar
Antenna diametri 10 mm, uzunliga 1,8 m naychadan iborat bo‘lib, qattiq egiluvchan materialdan tayyorlangan bo‘ladi.
To‘rning ikki tomonidan joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir yo‘nalishda ikki antenna vertikal shaklda joylashtiriladi (2.3, S.3). Har bir antennaning to‘rni yuqori qismidan 80 sm chiqib turadi va ular 10 sm kenglikda qizil – oq ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi. Mazkur antennalar maydon va to‘r o‘lchamlari tarkibining chegaralovchi belgisini anglatadi (S.5, 11.1.1).
2.5. Ustunlar
2.5.1. To‘r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5 - 1,0 m oraliqda o‘rnatiladi (3—sxema). Ustunlarning balandligi 2,55 m bo‘lib, ularning balandlikni o‘zgartirishga moslashtirilganligi maqsadga muvofiq (S.Z).
FIVBning rasmiy musobaqalarida to‘rni tortib to‘ruvchi ustunlar yon chiziq ortidan 1 m oraliqda o‘rnatiladi (agar FIVBni o‘zga ko‘rsatmasi bo‘lmasa).
2.5.2. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‘lib, o‘yinchilarga xavf tug’diruvchi moslamalardan xoli bo‘lishi kerak. Ular maydon yuzasiga tortuvchi va taranglashtiruvchi moslamalarsiz o‘rnatilishi darkor.
2.6. Qo‘shimcha uskunalar
Barchaqo‘shimchauskunalarFIVBreglamentiasosidabelgilanadi.
3. TO‘P
3.1. To‘p standartlari
To‘p elastik yoki sintetik charmdan ishlangan va ichki qismida rezina kameradan iborat yumaloq shaklga ega bo‘lishi lozim. Uni rangi «ochiq» bir xil yoki turli rangda bo‘lishi mumkin. Uning aylanasi 65-67 sm, og’irligi 260 - 280 g, ichki bosimi 0,30 dan 0,325 kgG’kv. sm (294,3 dan 318,82 m ba yoki gpa) gacha bo‘lishi lozim.
3.2. To‘plarning bir xilligi
Musobaqada qo‘llaniladigan barcha to‘plar aylanasi, og’irligi, ichki bosimi, rangi va tipi bo‘yicha bir xil standartga mos bo‘lishi shart (3.1).
FIVBning jahon, kontinental va milliy musobaqalari (chempionatlari) FIVB tasdiqlagan to‘plar bilan o‘tkazilishi kerak (agar FIVB bilan o‘zga shart kelishilmagan bo‘lsa).

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə