Voleybo L musobaqa qoidalari,ularni tashkil etish va o‘tkazish


IV-BOB. O‘YIN HARAKATLARI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə22/40
tarix23.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#118724
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
valiybolllll

IV-BOB. O‘YIN HARAKATLARI
O‘YIN HOLATI.
9.1. To‘p o‘yinda
Birinchi hakamning ruxsati bilan o‘yinga to‘p kiritilganda to‘p o‘yinda deb xisoblanadi (13:3).
9.2. To‘p o‘yindan tashqarida
Hakamning xushtagi bilan o‘yin to‘xtalgandan boshlab to‘p o‘yindan tashqarida deb hisoblanadi.
9.3. To‘p “maydonda”
To‘p maydon yuzasiga yoki chizig’iga tekkanda to‘p «maydonda» deb hisoblanadi (1.1. 1.3.2).
9.4. To‘p “maydondan” tashqarida
To‘p quyidagi vazyatlarda maydondan tashqarida deb baxolanadi:
9.4.1. To‘p maydonning chegaralovchi chiziqlaridan tashqarisiga tushsa (13.2);
9.4.2. To‘p maydon tashqarisidagi biror jismga, shipga yoki o‘yinda ishtirok etmayotgan kishiga tegsa:
9.4.3. To‘p chegaralovchi antennaga, lentaga va uni tashqarisiga (to‘rga hamda ustunga) tegsa (2.3).
9.4.4. To‘p to‘rni vertikal yuzasidan tashqari (to‘rni pastki bo‘shlig’i va chegaralovchi antennaning tashqi tomoni) joyda o‘tganda (11.1.1, 11.1.2):
9.4.5. To‘p to‘liq to‘rni pastki qismidan o‘tsa.
10. TO‘P BILAN O‘YNASh
Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan maydon chegarasida o‘ynashi kerak (qoidaning 11.1.2—bandi bundan istisno). Shu bilan bir qatorda to‘p maydondan tashqari joylardan maydon chegarasiga qaytarilib, o‘ynalishi mumkin.
10.1. To‘p bilan o‘ynash
Har bir jamoa to‘p o‘yinga kiritilgandan so‘ng to‘p bilan faqat 3 martagacha o‘ynashi mumkin (to‘siq qo‘yishdagi o‘ynash xisobga kirmaydi — qoida 15.4.1). 3-chi to‘p o‘ynalishida to‘p faqat raqib jamoasi maydonchasi tomon yo‘naltirilishi lozim. Agar to‘p 3 martadan ko‘p o‘ynalgan bo‘lsa, «jamoa 4 marta to‘p bilan o‘ynadi», degan xato xolati qayd etiladi.
To‘p bilan o‘ynashda nafaqat ongli, maqsadli to‘p o‘ynash, balki o‘yinchi tanasiga tasodifan tegib ketgan to‘p ham e’tiborga olinadi.
10.1.1. Har bir o‘yinchi to‘pga ketma – ket tegishi (o‘ynashi) mumkin emas. (10.2.3, 15.2.1 va 15.4.2 —bundan istisno).
10.1.2. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki uch o‘yinchi to‘pga tegishi (o‘ynashi) mumkin:
10.1.2.1. Agar ikki yoki uch o‘yinchi bir vatqtning o‘zida to‘p bilan o‘ynasa — bu ikki yoki uch marta to‘p bilan o‘ynaldi deb xisoblanadi (gurux, bo‘lib to‘siq qo‘yish bundan istisno).
Agar bir necha o‘yinchi to‘pga intilsa, lekin bir o‘yinchi to‘p bilan o‘ynasa, bu holda to‘p bilan bir marta o‘ynalgan hisoblanadi, o‘yinchilarning bir – biri bilan to‘qnashib ketishi xato hisoblanmaydi.
10.1.2.2. Agar to‘r ustida ikki o‘yinchi bir vaqtning o‘zida baravariga to‘pga tegsa va to‘p o‘yinda qolsa, unda to‘pni qabul qilayotgan jamoaga yana uch marta to‘p bilan o‘ynash huquqi beriladi. Agar shunday to‘p maydon tashqarisig chiqib ketsa, bunda qarshi tomondagi jamoa xatoga yo‘l qo‘ydi deb hisoblashadi.
10.1.2.3. Agar bir vaqtning o‘zida ikki raqib o‘yinchi to‘pni «ushlab olishiga yo‘l qo‘ysa (20.2.2), bu ikki tomonning xatosini anglatadi (6.1.1) va o‘yin qaytariladi.
10.1.3.Agar o‘yinchi maydon chegarasida to‘pni qabul qilish, uzati yoki zarba berish uchun sherigiga yoki biror jismga (ustun) tayanib o‘ynasa bu xato hisoblanadi (1).
Lekin o‘yinchi to‘pni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng o‘z inersiyasi bilan muvozanatni yo‘qotib, to‘rga tegib ketish, o‘rta chiziqdan o‘tib ketish holatiga tushib qolsa, bunda sherigi yordam berishi (ushlab qolishi) mumkin.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə