Volume , issue impact Factor: 249



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
564-99-PB

ijtimoiy urf-odatlar – 
jamiyatda insonning ijtimoiy xulq-atvorini belgilab beruvchi xulq-
atvor, harakatlar va adab shakllari 
(inson tashqi ko‘rinishi va ijtimoiy mavqeiga ko‘ra kiyinishi, 
muloqot qilishi yoki munosabatda bo‘lishi);
g) 
hududiy urf-odatlar – 
inson yoki jamoa tomonidan doimiy bajarib kelinadigan 
harakatlarning ayni bir hududga tegishli bo‘lishi va boshqa xududlardan farq qilishi 
(bir hududga oid 
milliy raqs, inson nutqidagi farqli imo-ishoralar va hududiy kiyinish odob harakatlari); 
h) 
kasbiy urf-odatlar – 
insonni kasbiga oid xizmat
 
majburiyatini bajarishga qaratilgan odatiy 
harakatlar va adab shakllari 
(Qurolli Kuchlar Nizomi talablariga ko‘ra, harbiylarda chest berishi 
orqali salomlashish, buyruqqa itoat qilish yoki murojaat qilishga izn olishdagi harakat va amallari).
Mazkur urf-odatlar nutqda vaziyat, muhit, vaqt, o‘rtadagi munosabat, ruhiy holat va xalqaro 
odob-axloq normalariga muvofiq turli hil kichik guruhlarga, o‘z navbatida ular ham boshqa 
bo‘linmalarga ajralishi mumkin. Chunki yuqorida berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, ayni bir hil 
noverbal vositalar davrlar o‘tishi yoki muloqot mazmuniga ko‘ra, xattoki bir vaqtning o‘zida ham 
milliy-madaniy, ham ijtimoiy-madaniy ma’no kasb etishi mumkin.
Xulosa va takliflar. 
Bugungi kunda jamiyatda eng dolzarb muammo sifatida qaralayotgan – 
muloqot madaniyati, shu jumladan, muloqotning noverbal turi hozirgi davr ijtimomy-gumanitar 
fanlarining ustuvor yunalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga har qaysi o‘rganilgan xalqlarning 
milliy madaniyati va qadriyatlari boy tarixga ega ekanligi, ularda noverbal vositalari qadimdan 
mukammal til va nutqning tizimi sifatida tashkil topganligi sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan ham 
o‘zbek, usmonli turk, ingliz va rus xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy 
urf-odati va qadriyatlarida kuzatiladigan noverbal muloqot komponentlarini ilmiy o‘rganish nazariy 
va amaliy ahamiyatga ega.
Noverbal muloqotni to‘liq tadqiq qilishdagi muammo yechimi, natijasi va hulosalari 
madaniyatimiz taraqqiyoti rivojiga hissa qo‘shadi. Lingvistik nuqtai-nazardan olganda, noverbal 
(paralingvistik) vositalarni tadqiq qilish va undan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, o‘zga millatning 
tili va nutqini o‘zlashtirishga qulay imkoniyat yaratadi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə