Volume , issue impact Factor: 249



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
564-99-PB

 

№6 | 2023


 
54 
properties being thoroughly studied, the plant will continue to contribute to the field of pharmacology 
and contribute to future work. 
Keywords:
shrub, pharmacology, medicinal plant, medicine, phraseologism, phytonym.
Xitoy tabobati necha asrlardan buyon samarali rivojlanib kelishi bevosita kasallikni oldini olish, 
tashxis qo`yish va davolashda qo`llaniladigan dorivor moddalar bilan chambarchas bog`liqdir. Xitoy 
dorilarining kelib chiqishi va qo`llanilish tarixi bir necha ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Biroq 
“xitoy farmakologiyasi” tushunchasi ancha keyin paydo bo`ldi. Bu tushuncha xitoyda mamlakatga 
evropa medicinasi kirib kelgandagina uni evropa farmakologiyasidan farqlash maqsadida qo`llanila 
boshlandi. 
Xitoy xalq respublikasi tashkil etilgandan so`ng (1949 yil) mamlakatda ilmiy izlanishlar 
yuzasidan katta burilish yuz berdi, jumladan farmakologiya sohasida ham. Bu xitoy 
farmakologiyasiga ilmiy yondoshishga asos bo`lib xizmat qildi. 1961-yil butun mamlakat bo`ylab 
farmatsevt olimlar ishtirokida “xitoy farmakologiyasi” deb nomlangan farmakoepiya tuzildi. 1977 
yilga kelib “xitoy farmakologiyasi katta ensiklopedik lug`ati” dunyo yuzini ko`rdi, unda xitoy 
dorishunosligiga tegishli bo`lgan 5767 xildan ortiq dori turlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda 
xitoy farmakologiyasiga oid turli-tuman qo`llanma, gazeta va jurnallar chop etila boshlandi. Shuni 
ta’kidlab o`tish joizki, ilmiy tadqiqot markazlari va o`quv muassasalari tashkil etilishi xitoy 
farmakologiyasi rivoji uchun katta hissa qo`shdi. 
Xitoy farmakologiyasi tarixiga qisqacha to`xtaladigan bo`linsa, Sya, Shan va Chou 
davrlaridayoq xitoyda dorivor damlama va qaynatmalar paydo bo`lgan edi. 11 asrda yozib qoldirilgan 
“shijin” she’rlar to`plamida eng dastlabki dorivor giyohlardan tayyorlangan dorilar haqida 
ma’lumotlar etib kelgan. Bundan tashqari “huandi neyjin” nomli tibbiy asarda xitoy 
farmakologiyasining nazariy asoslari bitilgan. 
Aynan farmakologiyaga bag`ishlangan xitoydagi eng qadimgi asar 

农本草经
shénnóng 
běncǎo jīng
(Shennun farmakonsepsiyasi) hisoblanadi. Ushbu kitob Tsin va Xan sulolasi davrida 
yozilgan bo`lib, o`sha davrning juda ko`p mashxur tabiblari tajribasi va qo`lyozmalariga asoslangan. 
Asarga hozirgi davrga qadar tibbiyotda qo`llanilib kelayotgan dorivor o`simliklarning 365 turi 
kiritilgan. Mana shu asar asnosida xitoy farmakologiyasi shakllandi desak xato bo`lmaydi. 
Tan davrida (618-907) 
唐本草
táng běncǎo
dorishunoslikka oid asar yaratilgan bo`lib, unda 850 
tur dorivor o`simliklar suratlari bilan keltirilgan. 
Min sulolasi davrida (1368-1644) esa Li Shizhen 27 yil davomida
本草
纲目
běncǎo gāngmù
nomli dorishunoslik asarini tuzishga musharraf bo`ldi. Bunda 1892 tur dorivor o`simliklar va boshqa 
dorivor moddalar haqida batafsil ma’lumotlar ko`rsatilgan. 
1977 yilga kelib “xitoy farmakologiyasi katta ensiklopedik lug`ati” dunyo yuzini ko`rdi, unda 
xitoy dorishunosligiga tegishli bo`lgan 5767 xildan ortiq dori turlari yoritib berilgan. Shu bilan bir 
qatorda xitoy farmakologiyasiga oid turli-tuman qo`llanma, gazeta va jurnallar chop etila boshlandi. 
Shuni ta’kidlab o`tish joizki, ilmiy tadqiqot markazlari va o`quv muassasalari tashkil etilishi xitoy 
farmakologiyasi rivoji uchun katta hissa qo`shdi. 
Qadim zamonlardayoq Janubiy Amerika hindulari kasal bo‘lib qolgan puma (yovvoyi 
mushuk)lar qandaydir daraxtning po‘stlog‘ini g‘ajishini sezganlar. Hindular bu daraxt po‘stlog‘i 
qaynatmasi bilan bezgakdan azob chekayotgan kasal kishilarni davolab ko‘rganlar. Shu yo‘sinda xin 
daraxti kashf etildi (Janubiy Amerikani zabt etgan ispanlar bu daraxtni shunday deb ataganlar). Bu 
daraxtning po‘stlog‘idan olinadigan xinin butun dunyoda bezgakka qarshi dori sifatida ishlatiladigan 
bo‘ldi. 
Bizning davrimizda esa maral bug‘u olimlarga yangi dorivor o‘simlik — levzeyani topishga 
yordam berdi. Kuz faslida bug‘ular o‘z raqibi bilan olishish maqsadida levzeya ildizini kemiradilar. 
Aniqlanishicha, maral iste’mol qiladigan bu ildiz odamga ham kuch-quvvat bag‘ishlaydi. 
Lekin inson hamma vaqt ham hayvon ketidan ergashmagan.U dorivor o‘simliklarni o‘zi ham 
qidirib topgan. 


MUALLIM | 
УЧИТЕЛЬ | TEACHER

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə