‘Тастыйы3лайман’



Yüklə 418,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix09.02.2023
ölçüsü418,8 Kb.
#100528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты





Annotatsiya
Dastur 5A111201 – o‘zbek tili va adabyoti magistratura mutaxassisligiga 
kiruvchilar uchun 5111200 – o‘zbek tili va adabyoti ta’lim yo‘nalishining 2017-2018 
o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. 
Tuzuvchilar:
 
 
 
 
 
Bo‘ronova Sh.M. – Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi mudiri, p.f.n., dotsent.
Matyakupov S.G. – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent. 
Taqrizchi: 
Xudayarova M. - Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi dotsenti, F.f.n. 
Dastur Turkiy tillar fakultetining 2021-yil 28-iyundagi 11-sonli Kengashida 
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 



KIRISH 
O‘zbek tili va adabiyoti qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, uning shakllanishida 
qadim turkiy, mumtoz adabiyotimizning Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi namoyandalarining xizmati va 
qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz. O‘zbek adabiy tili
ayniqsa, XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning 
yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy 
umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan 
ona tilimizda bitib, uning shuhratini butun olamga yoydi. Ana shu bebaho meros 
asosida ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, zamon talablariga javob bera 
oladigan malakali milliy kadrlar tayyorlash islohotlarning mohiyatini tashkil etadi. 
O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga esa milliy tilimiz va 
adabiyotimizni yanada rivojlantirish, ona tilimizning jamiyat hayotida tutgan 
mavqeyini yuksaltirish, uning tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati, istiqboli bilan 
bog‘liq masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganish kabi qator vazifalar yuklatiladi. 
Ayniqsa, ona tili va adabiyotini jahon andozalariga mos keluvchi zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosida chuqur o‘rgatish, o‘zbek tili va adabiyotining asl 
tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv 
grammatikalarini yaratish masalasida soha uchun nazariy va amaliy ko‘nikmaga ega 
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash dolzarblik kasb qiladi. 
ASOSIY QISM 
Til va adabiyot xazinasi, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi o‘zbek tilining strukturaviy 
va sistemaviy xususiyatlari, tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, fonetik va fonologik, 
grafik va orfografik tizimlari, talaffuz me’yorlari, lug‘at boyligi, morfologik va 
sintaktik qurilishlari, ularning tadrijiy rivoji bo‘yicha nazariy bilimlar va ularni tadqiq 
qilish usullari. 

Yüklə 418,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə