‘Тастыйы3лайман’


Ikkinchi darajali bo‘laklar



Yüklə 418,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix09.02.2023
ölçüsü418,8 Kb.
#100528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Ikkinchi darajali bo‘laklar.
Ularning gapdagi semantik va leksik-grammatik 
xususiyatiga ko‘ra tasnifi: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Aniqlovchi
predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli 
belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo‘lak yekanligi. Aniqlovchining gapda 
konstruktiv bo‘lak bo‘la olmasligi. Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali 
qo‘llanishi. Aniqlovchining turlari: sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi. 
Sifatlovchili birikma qismlari bitishuv yo‘li bilan birikib atributiv munosabatini 
ko‘rsatishi. Qaratqichli birikma qismlari moslashuv yo‘li bilan birikib, atributiv 
munosabatini ko‘rsatishi. Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun 
qo‘llanadigan aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari.
Izohlovchining turli ma’no ifodalashi.
To‘ldiruvchi
predikatning obyekt valentligini ifodalaydigan ikkinchi darajali 
bo‘lak ekanligi. To‘ldiruvchi hokim bo‘lagiga kelishik yordamida va ko‘makchi bilan 
bog‘lanishi va ularning semantikasi. Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchi. 
To‘ldiruvchining turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. To‘ldiruvchining vositasiz, 
vositali turlari, har ikki turning ma’nosi va qo‘llanishidagi o‘ziga xos tomonlari. 
Funksional va nofunksional to‘ldiruvchilar.
Hol. 
Kesimga tobe bo‘lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni 
bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak ekanligi. Hol va to‘ldiruvchi. Holning turli so‘z 
turkumlari bilan ifodalanishi. Holning turlari: ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab 
holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi. Determinant bo‘laklar. Ularning gap 
tarkibidagi qo‘llanish xususiyati. Funksional va nofunksional hollar. 
Gap bo‘laklarining tartibi.
O‘zbek tilidagap bo‘laklari tartibi. Gap bo‘laklari 
tartibi va aktual bo‘laklanish. Erkin tartib. Inversiya, uning turli ko‘rinishlari. 

Yüklə 418,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə