‘Тастыйы3лайман’



Yüklə 418,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix09.02.2023
ölçüsü418,8 Kb.
#100528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Grafika va orfografiya. 
Grafika haqida ma’lumot: grafikaning muayyan til 
birliklarini (fonema, aktsentema, intonema, leksema, morfemalarni) yozuvda 
ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimi ekanligi. 
Grafemaning bilateral (ifoda va mazmun planlariga ega) belgi sifatidagi tavsifi. Bu 
belgining mazmun planida til birliklarining kodlashtirilishi. Grafema va fonema 
o‘rtasidagi umumiy va xususiy jihatlar. Grafemalarning tildagi muqobili 
(kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra tiplari: fonografema, 
prosodemografema, 
logografema, 
orfografik 
belgi 
va 
signalizatorlar. 
Fonografemalar
, ularning ifoda planiga (harflar miqdoriga) ko‘ra turlari: 
monograflar va poligraflar. Mazmun planiga (kodlashtirilgan fonema miqdoriga) 
ko‘ra fonografemalarning turlari: monofonemali va polifonemali (bifonemali) 
grafemalar. 
Prosodemografemalar
tovush tilning ritmik-intonatsion vosialarini 
(urg‘u, ohang, melodika, pauzalarni) yozuvda ifodalash uun xizmat qiluvchi noharfiy 
belgilar guruhi ekanligi, ularning turlari (urg‘u belgisi, tinish belgilari). 
Logografemalar va morfografemalar
tilning ma’noli birliklarini (leksema va 



morfemalarni) ifodalash uchun xizmat qiluvchi optik-grafik belgilar sifatida: 
raqamlar (arab va rim raqamlari), simvollar. 
Orfografik
belgilar (defis) va 
signalizatorlar (ayirish belgisi, yumshatish belgisi, tutuq beligisi, razryadka, kursiv va 
boshqalar). Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va 
noharfiy belgilari. Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvi grafik tizimining amaldagi 
(kirillcha) o‘zbek yozuvi grafik tizimidan farqlari. Orfografiya yozuv tizimining 
ikkinchi komponenti (birinchisi-grafika) ekanligi, uning to‘g‘ri yozish me’yorlarini 
belgilaydigan qoidalardan iboratligi. Orfografiya va grafika o‘rtasidagi farqlar: 
grafemalarning kodlashtirishga, orfogrammalarning esa tanlashga asoslanganligi. 
Orfografiya prinsiplari: fonetik, fonematik, morflogik, grafik, tarixiy-an’anaviy, 
ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy prinsiplar. 
Imlo qoidalari
. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari. Lotincha o‘zbek 
yozuvining imlo qoidalari. Hozirgi o‘zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-
xronologik ma’lumot. 
Orfoepiya. 
Orfoepiya haqida ma’lumot. Unli tovushlar 
orfoepiyasi. Undosh tovushlar orfoepiyasi. So‘z qismlari talaffuzi. Boshqa tillardan 
o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar orfoepiyasi.
Orfoepiyaning adabiy til faoliyatida 
tutgan o‘rni, uning fonetika, grafika va orfografiya bilan aloqasi. 
Leksikologiya. 
Leksikologiyaning ob’ekti, predmeti va vazifalari. Lug‘at 
tarkibi, uning taraqqiyoti va lug‘at tarkibining rivojida lisoniy (lingvistik) va 
nolisoniy(ekstralingvistik) omillarning ishtiroki.
Frazeologiya. 
Frazeologiyaning predmeti. Frazemaning ko‘chma ma’noli 
turg‘un konstruktsiya ekanligi. Frazemaning ifoda va mazmun plani. Frazeologik 
ma’no va uslubiy bo‘yoq. 
Frazeologik monosemiya va polisemiya. Frazemalarning semantik turlari: 
frazeologik butunlik va frazeologik chatishmalar. Frazemalarning shakl va ma’no 
munosabatlariga ko‘ra turlari. Frazeologik omonimiya, sinonimiya, variatsiya, 
antonimiya, ularning uslubiy tavsifi. Frazemalarni ishlatilish doirasi va zamoniyligi. 
Zamoniylik belgisiga ko‘ra istorizm, arxaizm va neologizmlarga bo‘linishi. 

Yüklə 418,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə