‘Тастыйы3лайман’



Yüklə 418,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix09.02.2023
ölçüsü418,8 Kb.
#100528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Leksikografiya. 
Leksikografiya haqida ma’lumot. Lug‘atlarning ko‘zlangan 
maqsadga ko‘ra tiplari: qomusiy (entsiklopedik) lug‘atlar va lisoniy (lingvistik) 
lug‘atlar. Entsiklopedik lug‘atlarning turlari: universal entsiklopediyalar va soha 
entsiklopediyalari. Lingvistik lug‘atlarning turlari: Umumiy lug‘atlar va xususiy 
(maxsus) lug‘atlar. Tanlangan tillar miqdoriga ko‘ra lug‘at turlari: bir tilli, ikki tilli va 
ko‘p tilli lug‘atlar. Izohli va izohsiz lug‘atlar. Obyektiga ko‘ra lug‘at turlari: 
terminologik lug‘atlar, frazeologik lug‘atlar, orfografik lug‘atlar, orfoepik lug‘atlar, 
toponimik lug‘atlar, sinonimlar lug‘ati, chastota lug‘ati, dialektologik lug‘atlar, 
tarixiy lug‘atlar, baynalminal so‘zlar lug‘ati, teskari lug‘atlar, etimologik lug‘at va 
boshqalar. Lug‘at maqollarini joylashtirish tartibi va maqola sxemalari. O‘zbek 
lug‘atchiligi tarixidan qisqacha ma’lumot.



Morfemika va so‘z yasalishi 
Morfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi 
ekanligi. Morfema so‘zning ifoda planida tovushdan keyin turadigan semantik- 
morfologik birlik ekanligi. So‘zning morfem tarkibi: so‘zda morfemalar chegarasini 
aniqlash. Morfemalar chegarasini aniqlashda chog‘ishtirishning ahamiyati. So‘zning 
o‘zak va affiksal morfemalardan tarkib topishi. 
O‘zak va affiksal morfema. O‘zak morfema so‘zning leksik ma’nosini 
bildiradigan asosiy qismi ekanligi. Asosiy morfema hamda ergash morfema yoki 
yordamchi morfema terminlari haqida. O‘zak tilida affiks morfemalarning belgilari. 
O‘zbek tilida affiks morfemalarning vujudga kelishi. Affiks morfemalarning tasnifi, 
turlari. Affiksal omonimiya, sinonimiya, antonimiya. 
Grammatika. 
Grammatika tilshunoslikning bir qismi ekanligi. Grammatika 
tilning grammatik qurilishiga xos bo‘lgan qonun-qoidalarini o‘rganuvchi soha 
ekanligi: a) tilning grammatik qurilishi va tovush tomonining o‘zaro munosabati; b) 
tilning grammatik qurilishi va sostavi. Grammatik ma’no, grammatik shakl
grammatik kategoriya haqida ma’lumot. Leksik ma’no va grammatik ma’no. 
Grammatik ma’noning turlari: 1) umumiy kategorial ma’no; 2) so‘zning leksik 
ma’nosiga qo‘shimcha tarzdagi maxsus shakllar orqali ifodalanadigan ma’no. 
Grammatik kategoriyalar. Grammatika morfologiya va sintaksisni o‘z ichiga oladi.
So‘z va uning shakllari. Sintaktik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakl. 

Yüklə 418,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə