Volume , issue impact Factor: 249


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
564-99-PB

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Noverbal muloqotda urf-odatlar tizimi xalqning milliy 
madaniyatini dunyoga tanitishda ham muhim o‘rin egallaydi. Ayrim tadqiqotchilar urf-odatga oid 
paralingvistik vositalarni til kabi alohida milliy mazmun-mohiyatga ega deb hisoblaydi. Masalan, 
T.Nikolayeva asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tayotgan milliy urf-odat va 
madaniyatni huddi til kabi tadqiq qilish lozimligini aytgan [2].
A.Nurmonovning ta’kidlashicha, bir tilda so‘zlashuvchi xalq vakilining ikkinchi tilda 
so‘zlashuvchi xalq doirasida ham erkin muomala qila olishi uchun bu xalqning tilini mukammal 


MUALLIM | 
УЧИТЕЛЬ | TEACHER
 

№6 | 2023


 
49 
bilishi bilan birga uning muomala madaniyati, urf-odati, imo-ishoralari va boshqa bir qator shu xalq 
uchun xarakterli tomonlarini ham chuqur o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Jahonning turli xalqlari o‘rtasida 
iqtisodiy va madaniy aloqalar juda kuchaygan hozirgi davrda yuqorida ko‘rsatilgan omillarni 
o‘rganish ehtiyoji yana ham ortmoqda [3].
A.Dikijining aytishicha, har bir jamiyatda yaxshi-yomon, chiroyli-xunuk va odamlarning xulq-
atvorini belgilovchi qadriyatlari mavjud. Qadriyatlar jamiyatda kishilar o‘rtasida keng tarqalgan va 
odatiy xatti-harakatlardan iborat. Jamiyat o‘tmishidagi baxtli va azobli hayotiy voqealar qadriyatga 
katta ta’sir o‘tkazadi. Vaqt o‘tishi bilan ular jamiyatda a’nanaga aylanadi [4].
F.Poyatos Turkiya, AQSh va Kanada xalqlarining noverbal vositalari, urf-odatlari va 
madaniyatlararo muloqotiga alohida e’tibor qaratgan. Uning fikricha, mazkur xalqlarda 
salomlashishning har xil ko‘rinishlari turli madaniyatni belgilaydi. Masalan, Turkiyada uzoq vaqt 
ayriliqdan so‘ng ota bilan o‘g‘il yoki aka-ukalar quchoq ochib ko‘rishishlari hamda turli yoshdagi 
nabiralar tomonidan bobo va buvilarining o‘ng qo‘lini o‘pib, peshonasiga surtish holatlari milliy 
qadriyatga aylangan. Ammo AQSh va Kanadada uzoq uchrashuvdan so‘ng ota bilan o‘g‘ilni 
shunchaki qo‘l berib salomlashishi odatiy bir holat deb qaraladi [5].
Shuning uchun ham ingliz tilidagi milliy noverbal vositalarni tadqiq qilishda Angliya, Uels, 
Shotlandiya, AQSh, Avstraliya, Kanada va boshqa inglizzabon xalqlarning madaniyatlararo 
muloqotiga asoslanishni lozim deb hisoblaymiz. Chunki bugungi kunda rasman 19 ta mamlakatlarda 
ingliz tili – rasmiy davlat tili hisoblanadi. Ularning tili, tarixi va adabiyotini o‘rganish mazkur tilda 
olib borilsa-da, milliy madaniyati, urf-odati va noverbal muloqotlari bir-biridan keskin farq qiladi. 
Masalan, inglizlar o‘z suhbatini og‘ir-bosiqlik, past ovoz ohangi va ortiqcha imo-ishora harakatlarsiz 
olib borishni ma’qul ko‘rib, jamoat diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qilmaslikka harakat qilishadi. Ammo, 
avstraliyalik yoki amerikaliklarda buning aksini ko‘rish mumkin. Go‘yoki ular suhbat davomida 
atrofdagilardan sir saqlamayotganligini namoyish qilish maqsadida, nutqni yuqori ohangda, ochiq-
oydin va tez-tez gapirishni ma’qul ko‘rishadi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə