Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Me’morlik va musiqa madaniyati. 
Shayboniylar davrida 
nafaqat hukmdorlar, balki o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan va katta 
moddiy imkoniyatga ega bo‘lgan shaxslari ham ko‘plab me’moriy 
yodgorliklar qurganlar. Bu davrda Samarqandda Muhammad 
Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Said nomli madrasalar, 
Buxoroda shahar devonining ta’mirlanishi, Mir Arab (Ubaydullaxon 
qurdirgan), Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxon o‘z onasiga atab 
qurdirgan). Govkushon, Fatxulla Qushbegi, Muhammad Xoja Porso, 
Juybor, Ko‘kaldosh, Qulbobo madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, 
Baland, Chor Bakr, Abdullaxon masjidlari, toqi Sarrafon, toqi 
Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi Tirgaron, toqi Telpakfurushon kabi 
beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda Ko‘kaldosh va Baroqxon 
madrasalari, Kaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda Muhammad 
Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Quibobo Ko‘kaldosh 
madrasalari hamda boshqa me’moriy yodgorliklar qurilgan.
Ashtarxoniylar davri ham ko‘plab me’moriy yodgorliklarning 
bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda 
Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari, Boqi Muhammad va 
97
Zahiriddin Muhammad Bobur Sulton Husayn Boyqaro davridagi 
hirotlik madaniyat arboblariga baho berar ekan, ta’kidlab aytadiki: 
“Mashhur musavvirlar qatoriga Behzod munosibdir. U badiiy 
mahoratning nozik jihatlarini egallagan. Lekin soqolsiz yuzlarni 
yomon tasvirladi. Ularni me’yoridan tashqari cho‘zinchoq holatda 
berdi. Soqolli kishilarning chehralarini juda maromiga yetkazdi”.
Behzodning homiysi bo‘lgan Husayn Boyqaro tasvirlangan bir 
qancha miniatyura ishlari yetib kelgan. Ular 1485-yilga (Tehron 
muzeyi to‘plamlaridan) mansub ekanligi miniatyuralarda yozilgan. 
Ikki qismli asarning chap tomonidan gullagan bog‘ o‘rtasida 
tantanavor holatda, qo‘lida gul ushlab turgan Sulton, uning atrofida 
esa ko‘pgina ayollar tasvirlangan. Ular Sulton haramiga mansub 
bo‘lib ko‘rkam gilamda o‘tirgan, gullar oralab sayr etayotgan, 
she’r mutolaa qilayotgan, arfa – changlar chalayotgan holatlarda, 
xizmatkorlar va sharobli jom va qadahlar bilan birgalikda aks 
ettirilgan (ma’lumki, Husayn Boyqaro mayning ishqibozi bo‘lgan). 
Asarning unchalik katta bo‘lmagan hajmi faqatgina umumiy 
ko‘rinishni namoyish etadi.
Husayn Boyqaroning kishi diqqatini jalb etuvchi, uning o‘ziga 
xos xususiyatlarini ochib beruvchi portret Behzod tomonidan XV 
asr oxirlarida qayta ishlangan. Unda Husayn Boyqaro shaxsi yorqin 
ochib berilgan. Boshqa miniatyurada Sulton oyoqlari yig‘ilgan 
holatda o‘tirgan, bir qo‘li tizzasiga tushirilgan, biri yarim bukilgan, 
barmoqlari esa “muhokama qilayotgan” tarzda. Egnidagi shohona 
qabosining yuqori qismi zarplarda naqshlangan, kamarbandida esa 
oltin to‘g‘nag‘ich o‘rnatilgan. Boshida jig‘ali xushbichim salla. 
Uzunchoq soqoli yuziga o‘zgacha ko‘rk baxsh etgan: sultonning 
ko‘zlari cho‘zinchoq, bejirimgina labining ustki qismida, mo‘ylovi 
bor. Ot ustida o‘tirgan holatdagi boshqa miniatyuralarda ham. Sulton 
Husayn shu ko‘rinishda (Bo‘ston Nafis san’ati muzeyi) tasvirlangan. 
Sulton Husaynga temuriylarning kenja shahzodalaridan biri 
Zahiriddin Muhammad Bobur ta’rif bergan. Ta’rifga ko‘ra, uning 
qiyofasi bekami ko‘st. Boshqa asarlarda sulton xushro‘y, zabardast, 
tantanavor, kiyinishni juda xush ko‘ruvchi, jasur sarkarda, zukko 
va teran aql – zakovatli, shuningdek, yuksak badiiy qobiliyat va 
iste’dod sohibi sifatida o‘z atrofiga ilm ahli, shoirlar, din ahli, 
musavvir va musiqachilarni to‘plagan holatda, namoyon etiladi. 


98
Behzod miniatyura portretlarida Sulton shu tarzda ko‘rsatiladi.
Shayboniyxon 1505-yilda Hirotni bosib olgandan keyin Behzod 
uning portretini ham ishlagan. Portretda Shayboniyxon Husayn 
Boyqarodan boshqacha tarzda ifoda etilgan. Xon odmigina bezaksiz 
qaboda. Boshida qizil kulohga salla o‘ralgan va unga jig‘a qadalgan. 
Yuzi keng, soqollari hurpaygan. Bu ikki portret xuddi boshqa-boshqa 
rassom tomonidan butunlay farqlanadi. Sulton Husayn ochiq rangli 
libosda, u kiygan qabosining ko‘krak va yelka qismlari zardo‘zi 
naqshlangan. Shayboniyxon esa oddiygina ko‘kish-kulrang qaboda. 
Bu esa u o‘tirgan to‘q qizil gilam rangiga zid ravishda olingan. 
Ranglar go‘yo birining nafis qiyofasini, ikkinchisining esa o‘ta 
jiddiy ekanligini ta’kidlaydi.
Behzodning portret juda real ishlanganligi haqida Mahmud 
Ziyniddinning Sulton Husayn davridagi Hirotning “Iste’dodli 
yoshlari” hikoyasi ham guvohlik beradi. Behzod kartinalaridagi 
dunyo maftunkor. U mukammal va latif bir nafosat bilan tasvirlangan. 
Borliq hodisalari orasidagi umumiylik va xususiylik maishiy turmush 
ziddiyatlarini bartaraf etuvchi shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Uning 
miniatyurasidagi odamlar faol harakatda, aniq ma’no anglatuvchi 
qilib tasvirlangan. Kamoliddin Behzod Hirot, Buxoro, Samarqand, 
Bog‘dod, Sheroz va Tabriz miniatyura tasviriy san’at maktablariga 
kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘sha davr miniatyuralarida musiqiy 
asboblar tasvirida ham yaqqol ko‘rinadi.
Alisher Navoiy Kamoliddin Behzodning ijodkor sifatida 
dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan, unga muruvvat 
ko‘rsatib, xomiylik qilgan. Shu boisdan Behzod ijodida musiqa 
olamiga alohida e’tibor qaratilgan.
Miniatyura tasvirlaridagi ko‘pgina musiqachilarning belidagi 
belbog‘lari ham e’tiborni tortadi. Ma’lumki, belbog‘ so‘fiylik 
tariqatiga kirgan kishi libosining ajralmas qismidir. Ayrim musiqa 
asboblari ham so‘fiyona tariqat a’zolari hayotida alohida o‘rin 
tutgan. Xususan, nay ular uchun poklik, adolat, to‘g‘rilik ramzi 
hisoblangan. Rumiy uni quyidagicha tasvirlaydi:
Tinglagil, nay ne hikoyat aylagay, 
Ayriliqlardan shikoyat aylagay.
Nay ayriliq azobini tortayotgan qalb iztiroblarining ramzi hamdir. 
Miniatyuralardan birida Majnunning Layli chodiri yonida holati 
111
Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon, Subhonqulixon she’riyatda qa-
lam tebratganlar. Masalan, Subhonqulixon Nishoniy taxallusi bilan 
she’r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, insonparvar va ra’iyat-
parvar bo‘lganligi uchun ham 30-yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. 
Uning davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik vujudga kel-
gan. Imomqulixon chiqarilgan qonun va farmoyishlarning bajaril-
ishini nazorat qilib borgan.
Shunga qaramasdan, Ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan 
toydiruvchi o‘zaro taxt talashishlar, beklar va boylar o‘rtasidagi ix-
tiloflar davom etgan. Xalqning o‘zaro kurashlardan qiynalayotgan
-
ligini ko‘rgan ijod ahllari, masalan, Turdi (Farog‘iy), Boborahim 
Mashrablar o‘z asarlarida hukmdorlar, beklar, sultonlar va ayrim 
din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga nisbatan 
xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va xalqpar-
varlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma’lumki, qayerda diyonat, 
imon-e’tiqod, adolat hukm surarkan, o‘sha joyda el hukmdordan xur-
sand, o‘sha yerning shoirlari hukmdorlar madhida bo‘lgan, xalqning 
turmushi, ijtimoiy munosabatlar va hodisalar, botiniy va zohiriy 
ishqning kuychisiga aylangan. O‘zaro nizolar esa xalqni hayotdan 
bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot, ra’iyat-
parvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shu boisdan Turdi 
o‘z asarlarida mamlakatni parchalab, boylik to‘plashga intilayotgan 
yuqori tabaqa vakillarini tanqid ostiga oladi. 
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo‘liga o‘tgach, 
ya’ni XVII asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tush-
kunlik kayfiyatlari kuchaydi. Tasavvuf ta’limotining ildizlari jami
-
yat ma’naviy hayotining ko‘pgina sohalariga chuqurroq kirib bordi. 
Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining ta’siri kuchaydi. Qalan-
darlar tasavvuf ta’limotini yoyishning qudratli vositasiga aylandilar. 
Ular nafaqat diniy ta’limotni, balki tarki dunyochilikni targ‘ib qil-
ishni ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek, ular devonalik 
yo‘li orqali adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham.
Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko‘proq 
botiniy va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko‘zga yaqqolroq tash-
lansa, ikkinchi tomondan, riyokor dindorlar, ochko‘z boylar, boylik 
to
l
plashga intiluvchi beklar tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondan 
esa, inson qismati taqdirning azaliy hukmi ekanligi g‘oyasi ilgari su-


110
odamlar foydalansinlar”.
Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil 
etnik guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, moddiy hayot 
shart-sharoitlari hamda taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari, 
ularning davlat tepasiga kelishi, zafarli yurishlari va taqdiri haqidagi 
turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə