Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuga oid tayanch iboralar
Amir Temur, Shоhruh Mirzо, Ulug‘bek, Bоysunqur Mirzо, 
Sultоn Xusayn, Bоbur Mirzо “Tuzukоt Baxruddin Naqshband 
(vafоti 1389), Xоja Xоfiz Sherоziy (vafоti 1389), Xоja Kamоl 
Xo‘jandiy (vafоti 1391), Allоmai Taftazоniy (vafоti 1392) 
Qоzizоda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Kоshiy, Muhammad Ali 
Qushchi, Muhammad Xavоfiylar, Ulug‘bek akademiyasi,
 
Muarrix 
Davlatshоh Samarqandiy, Nizоmiddin Shоmiyning “Zafarnоma”, 
Xоfizi Abro‘ning “Zubdat at-tavоrix”, Sharоfiddan Ali Yazdiyning 
“Zafarnоma”, Fоsih Xavоfiyning “Mujmali Fashiy”, Abdurazzоq 
Samarqandiyning “Matla sa’dayn va majmai baxrayn” (“Ikki saоdatli 
yulduzning chiqishi o‘rni va ikki azim daryoning quyilish jоyi”), 
Ibn Arabshоxding “Amir Temur tarixi” («Ajоib al-makdur fi tarixi.
Taymur»), Riyosiddin Alining “Amir Temurning Hindistоnga qilgan 
g‘azо urushi”, Mirxоndning yetti jildli “Rav-zat us-safо” (“Pоklik 
bоg‘i”), Xоndamirning “Makоrimul axlоq”, “Xabib as-siyar”, Rui 
Gоnsales de Klavixо, Shamsiddin, Abdulhay, Muhammad Nur, 
Shayx Turоniy, Abdulla Xiraviy, Ustоz Gung, Ustоz Jahоngir, Pir 
Sayid Axad Bоg‘ishamоliy, Ahmad Naqqоsh, Hattоt Ja’far Tabriziy, 
Mavlоnо Xalil, G‘iyosiddin Naqqоsh, Ma’ruf Bog‘dоdiy, Lutfiyning 
“Gul va Navro‘z”, “Zafarnоma”, Xaydar Xоrazmiyning “Maxzunul 
asrоr” (“Sirlar xazinasi”), Durbekning “Yusuf va Zulayxo” 
asarlari, Atоiy, Gadоiy va Sakkоkiylarning “Xazоinul ma’оniy”, 
“Muhоkamatul lug‘atayn” (“Ikki til bahsi”), “Majоlisun nafоis” 
(“Nafis majlislar”) nasriy asarlari.
107
hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Osoyishta hayotning 
boshlanganligi bilan birga, Boburiylar davlati bilan Movarounnahr 
o‘rtasida madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi bu rivojlanishning 
asosiy sabablaridan edi. Natijada Boburiylar huzuriga ketib 
qolgan, lekin hali o‘z ona vatanlaridan butkul ko‘ngil uza olmagan 
shoirlar, olimlar va san’atkorlar yana Movarounnahrga qaytib kela 
boshlaydilar.
Shayboniylar davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri –Shayboniylarning ko‘chmanchi va yarimko‘chmanchi hayot 
tarzining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotga ta’sir ko‘rsat-
ganligidir. Chunki bunday hayotga o‘rgangan sulolalarda, birin-
chidan, ilm-ma’rifatning asosiy yadrosi (o‘zagi) hisoblangan tabiiy 
fanlar rivojiga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada bo‘lmaydi. Ikkin-
chidan, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi hayotdan o‘troq hayotga 
o‘tayotgan kimsalarda ko‘proq yangi diniy e’tiqodga bo‘lgan ixlos 
nihoyatda baland bo‘ladi. Xuddi shuningdek, Shayboniy, so‘ngra 
Ashtarxoniy sulolalari hukmdorlarida ham islom diniga ixlos yuqori 
darajada bo‘lgan. Shu boisdan ular Movarounnahr taxtiga o‘tirgan-
laridan so‘ng bu yerda hukmron mavqega ega bo‘lgan sufiylik – 
Naqshbandiylik tariqatiga, uning talablari va qonunga kirgan “pir-
murshid” tamoyiliga katta ixlos bilan qaradilar (bo‘ysunadilar) va 
oxir-oqibat o‘zlarining inon-ixtiyorlarini Juybor shayxlari qo‘liga 
tutqazdilar.
Har bir davrda kishilar va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy 
va ma’naviy-axloqiy vaziyatni barqarorlashtirib turuvchi ijtimoiy 
institutlar faoliyat ko‘rsatib kelgan. Aynan islom dini XVI asrdan 
XIX asrning ikkinchi yarmigacha mazkur vazifani bajargan. Islom 
dini arboblari jamiyatdagi o‘zaro nizolarni, oddiy xalq bilan 
yuqori tabaqa o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etuvchi va 
barqarorlashtiruvchi asosiy kuch bo‘lgan. Davlatni boshqarishda 
bevosita ishtirok etuvchi diniy arboblar, yirik-yirik yer egalari, 
mahalliy hokimlar, sarkardalar va boy-badavlat kishilar o‘rtasida o‘sha 
davrda tez-tez ro‘y berib turadigan kelishmovchiliklar va nizolarni 
bartaraf etishib, sulolalar vakillarining o‘zaro taxt talashishlarining 
oldini olishga harakat qildilar, ularni birlikka da’vat etdilar.
XVI asrdan boshlab sufizm (naqshbandiya tariqati)ning yirik 
vakillari davlatni boshqarishda faol ishtirok eta boshladilar. Natijada 


106
hammad Shayboniy, Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, 
Abdullaxon Soniy va boshqa hukmdorlarining o‘zlari o‘qimishli 
kishilar bo‘lishib, hatto she’riyatda qalam tebratganlar. Tarixiy ma’lu-
motlarga ko‘ra, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy chalishning 
ustasi, nozikhusnixat sohibi bo‘lgan. Shu boisdan Abdulazizxon va 
Abdullaxonlar o‘z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar. 
Kutubxonalar qoshida qo‘lyozma asarlardan nusxa ko‘chiruvchi, es-
kilarini ta’mirlovchi xattotlar va ustalar faoliyat ko‘rsatganlar.
Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati – diniy mafkuraning 
davlat mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkura-
chilarni tayyorlovchi diniy madrasalar faoliyatiga alohida e’tibor 
bilan qaralgan. Movarounnahrning ko‘pgina shaharlarida (masa lan, 
Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida) yangi mad-
rasalar bunyod etildi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof teologik fanlar 
o‘qitilgan, balki axloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, 
tarix, matematika, astronomiyaga oid fanlar ham o‘qitilgan.
Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma’na-
viy hayotni qaytadan izga solish, ma’naviy tanazzulning oldini olish 
maqsadida o‘sha davrda juda katta obro‘ga ega bo‘lgan shayxlarning 
yordamiga suyanishga majbur bo‘ladilar. O‘z navbatida, shayxlar 
mam lakatning siyosiy hayotiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsata bosh-
laydilar. Masalan, Juybor qishlog‘ilik mashhur shayxlar shayboniylar 
davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning ma’naviy 
hayotini o‘z qo‘llariga oldilar.
XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va 
san’atning rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan 
ham pastga tusha boshlaganligi ko‘zga tashlanadi. Mutaassiblikka 
yuz tutgan dinning ma’naviy hayotga ko‘rsatadigan ta’siri natijasida 
madaniyat milliy mahdudlik qobig‘iga o‘rala boshladi. Natijada 
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta’sir doirasi toraya bordi. 
Shuningdek, bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga, eng avvalo, 
Shayboniylarning qisqa muddatli bo‘lsa-da, o‘zaro taxt talashishlari 
ham ta’sir ko‘rsatdi. Natijada XVI asrdan boshlab Movarounnahr 
va Xuroson hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘pgina olimlar, 
shoirlar, san’atkorlar tinch joylarni izlab Eron va mo‘tadil siyosat 
yurgizayotgan Boburiylar huzuriga – Hindistonga yo‘l oladilar. 
Faqatgina Abdullaxon Soniy davriga kelib Movarounnahr madaniy 
103

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə