Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot. 
XVIIasrning birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta 
yangi davlat: Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari vujudga 
keldi. O‘rta asrlarda butun dunyo madaniyati va ma’naviy hayotiga 
o‘zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi. Bu uchala davlatda 
ham beqarorlik, o‘zaro yakdillikka rahna solindi. Jaholatparastlik 
kuchaydi. Fan va madaniyatga bo‘lgan e’tibor susayib, o‘zaro 
iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq aloqalari izdan chiqa boshladi.
XVIIIasr madaniyatining asosiy xususiyati – ma’naviy hayotida 
o‘ta tushkun kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy 
fanlar rivoji uchun barcha yo‘llar berkitib qo‘yilgan, hukmdorlar 
ruhiyatiga zid keladigan barcha g‘oyalar va qarashlarga keskin 
zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan 
buyuk karvon yo‘llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din 
va davlatning kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina 
shakllanayotgan demokratik fikrlar ana shu qudratli kuch oldida 
ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka mafkuraviy hukmroni hisob-
langan din jamiyatning moddiy va ma’naviy taraqqiyotiga, uchala 
xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to‘sqinlik qildi.
Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri – xalq og‘zaki 
ijodi va xalq tomosha san’atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq 
baxshilari, sozanda va xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari 
xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab hikoyalar, rivoyatlar, dostonlar, 
masallar va matallarning haqiqiy targ‘ibotchilariga aylandilar. Bu 
davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo‘z o‘g‘lon”, 
“Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo‘lsa, “Alpomish” 
va “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining ko‘plab variantlari yaratila boshlandi. 
Qiziqchi va masxarabozlar hamda qo‘g‘irchoqbozlar esa xalqning 
nochor ahvolini tasvirlovchi sahna ko‘rinishiarini, hukmdorlar, 
boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini fosh etuvchi 
kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar.
Umuman olganda, xalq og‘zaki ijodi va tomosha san’ati 
targ‘ibotchilari hisoblangan baxshilar va san’atkorlar o‘zlarining 
ijodlari hamda tomoshalari bilan uchala xonlikda istiqomat qiluvchi, 
yagona diniy e’tiqodga, turmush tarzi va ma’naviyat qadriyatlariga 
127
Turkiston xalqlari tarixini o‘rganish va yoritish xalqimizning o‘tmish 
madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov, 
V.V.Bartold, E.E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu 
davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy 
xalqlar tillariga o‘girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.
1871-yilda O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati vujudga keldi, bu jamiyat 
o‘z oldiga O‘rta Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistika 
va iqtisodiyotiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va 
tarqatish vazifasini qo‘ygan edi. 1874-yilda Toshkentda dastlabki 
observatoriya tashkil qilindi. Observatoriya xodimlari O‘rta Osiyo 
hududlarida 870 astronomik punktni belgiladilar. O‘lkada ish olib 
borgan arxeolog xavaskorlar 1895-yilda Turkiston arxeologiya 
xavaskorlar to‘garagiga birlashdilar. Lekin fanning boshqa sohalarida 
bo‘lgani singari arxeologiya sohasidagi ishlar ham plansiz olib 
borilgan. Arxeologik ishlar asosan qadimgi yodgorliklarni yozma 
manbalarga qarab tasvirlash va o‘rganishdan, ayrim arxeologik 
yodgorliklarni qidirish va qazuv ishlarini olib borishdan iborat 
bo‘l gan. Bu kabi ishlar asosan Samarqandda olib borildi. 1895-
yili arxitektor A.V.Shchusev ishtirokida tashkil etilgan ekspeditsiya 
natijasida Go‘ri Amir maqbarasining arxitekturasi albom shaklida 
nashr etiladi.
Rus olimlari tomonidan o‘lka tarixini o‘rganish XIX asr ikkinchi 
yarmida nisbatan avj oladi. O‘lka rus mustamlakasiga aylanganidan 
keyin qator rus sharqshunoslari o‘z faoliyatlarini kengaytiradilar. 
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qancha yodgorliklar to‘g‘risida 
ma’lumotlar to‘plagan va Xiva tarixi bilan shug‘ullangan A. 
Kun, shuningdek, V. Nalivkinni (Qo‘qon xonligi tarixi) ko‘rsatib 
o‘tish kerak. O‘rta Osiyo tarixiga oid muhim manbalardan biri 
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari N.S. Likoshin tomonidan rus 
tiliga tarjima qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘lkani boshqarish ehtiyojlari xalq ommasi hayotini o‘rganishda 
hozir ham muhim manba hisoblangan turli xil statistik ma’lumotlarni 
to‘plash va nashr etishni talab etgan. 1871-1874-yillarda har-yili 
“Turkiston o‘lkasini statistik jihatdan o‘rganish uchun materiallar” 
bosib chiqarilgan.Turkiston o‘lkasining ayrim oblastlarining, ayniqsa 
muhim paxtachilik sanoati rayoni sifatida mustamlakachi hokimiyat 
rasmiy doiralarining e’tiborini o‘ziga tortgan Farg‘ona viloyatining 


126
Zavqiy (1853-1921) o‘zbek demokratik xalqchil adabiyotining 
Muqimiy va Furqat ijod etgan an’analarini davom ettirdi. Zavqiy ijod 
etgan asarlar yo‘nalishini quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. 
Lirik she’rlar. 2. Hajviyalar. 3. Sayohatnomalar. 4. Dostonlar. Shoir 
o‘zining “Aylab keling” “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ajab 
ermas”, “Farg‘ona”, “Ahli rasta hajvi”, “Ajab zamona” kabi lirik va 
hajviy she’rlarida insoniy fazilat va sadoqatni tarannum etadi.
Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishidan ancha ilgari 
rus olimlari o‘lkani o‘rganish borasida ancha ishlarni amalga oshir-
gan edilar. XIX-asrning 2-yarmida o‘lkani ilmiy jihatdan o‘rganish 
yanada avj oladi. N.YA.Seversov, P.P.Semyonov-Tyan-Shanskiy 
(1827-1914) lar O‘rta Osiyoni geografik joylashuvi va uning relyefini 
o‘rganish borasida muhim ishlar qildilar. Rus sayyohi A.P.Fedchenko 
Turkistonni tabiiy-tarixiy jihatdan o‘rganib, Farg‘ona va Oloy 
vodiysini tekshirdi. Shuningdek, u Zarafshon vodiysi va Qizilqumni 
ham tabiiy tarixini o‘rganadi. 1877-1879-yillarda I.V.Mushketov 
Oloy, Pomir, Buxoro, Xisor, Amudaryo bo‘ylari va Qizilqumni 
geologik jihatdan tekshirib, Turkistonning birinchi geologik kartasini 
tuzdi. U “Turkiston” nomli monumental monografiyasini yozgan.
Rus mustamlakachiligi davrida bir qator rus ziyolilari va olimlari 
tomonidan Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid 
turli materialalr “Turkiston to‘plami” nomi ostida jamlana boshlagan. 
Bu to‘plam Turkiston o‘lkasiga oid asarlar va maqolalarning ajoyib 
majmuasi bo‘ldi. Bu to‘plam 594 tomdan iborat bo‘lib, Oktabr 
to‘ntarishigacha bo‘lgan Turkiston haqidagi kitoblardan, ro‘znoma 
va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To‘plamning 
416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. 
Bu tomlarga 1867-1887-yillarga oid materiallar kiritilgan. So‘ngra 
to‘plam ustida olib borilayotgan ish to‘xtab qolgan va 1907-yildan 
1917-yilgacha bo‘lgan davrda har xil bibliograflar to‘plamning 175 
tomini tuzganlar. 
XIX asrning 80-90-yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda 
turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug‘rofiya, etnografiya kabilar) 
tashkil etilgan. 1896-yilda Samarqand “Tarixiy muzey” ish boshladi. 
Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu borada rus olimlari 
I.V.Mushketov, N.A.Seversov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov Tyan-
Shanskiy, N.M. Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. 
115
ega bo‘lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga va milliy 
o‘zligini anglatishga xizmat qildilar.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyi-
dagi uch yo‘nalishda mavjud bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Bi-
rinchi yo‘nalish saroy adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo‘nalish 
unga qarama-qarshi yo‘nalishdagi va uchinchi yo‘nalish – bu aza-
liy an’analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo‘shgan ijodkorlarning faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir.
Birinchi yo‘nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik 
mulk egalarining madhi bilan shug‘ullanganlar. Ikkinchi yo‘nalishda 
ijod qilgan shoirlar esa o‘z asarlarida ko‘proq xalqni talash evaziga 
boylik orttirayotgan, elga zulm o‘tkazayotgan amaldor va boylarni 
tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bo‘lgan noroziliklari 
hamda g‘azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan Mu-
ham 
mad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G‘oziy kabilarning asarlari 
xalqning nochor ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor 
nihoniylarning qilmishlarini tasvirlab beradi.
Uchinchi yo‘nalish – azaliy an’analarni davom ettirgan ijodkorlar 
o‘z asarlari orqali o‘tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib 
kelayotgan poetik ijodning hali noma’lum bo‘lgan qirralariga qo‘l 
urib, o‘zlarining lirik g‘azallari bilan inson ruhiy kechinmalarining 
sahifalarini ochib beradilar. Bu an’anaga sodiq qolgan shoirlar har 
uchala xonlik hududida o‘ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga 
keltira olganlar. Bu davrda Qo‘qon xonligida Amiriy taxallusi bilan 
g‘azallar bitgan Qo‘qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira 
taxallusi bilan ijod qilgan Mohlaroyim, shuningdek, o‘z davrining 
mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy, Mahzuna, Maxmur, Mushtariy, 
Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar. Buxoro amirligi hududida 
esa “Malik ush-shuaro” nomini olgan Mushfiqiy, Shahrisabzda ijod 
qilgan Xiromiy o‘z davrining yirik iste’dod egalari bo‘lganlar. Xiva 
xonligida Munis Xorazmiy va Ogahiylar mashhurlikda tengsiz 
shoirlar edi. Munis nafaqat o‘zining lirik g‘azallari bilan dovrug‘ 
taratgan, balki hokimiyat uchun kurashib, xalq boshiga og‘ir kunlarni 
solayotgan, ko‘plab kulfatlarning sababchilari bo‘lgan hukmdorlar 
va boylarni tanqid ostiga olgan. Ogahiy she’riyati esa o‘zining 
xalqchilligi, fikrlar nafisligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, Ogahiy tarixchi olim sifatida ham mashhur 


116
bo‘lgan. U XIX asrda Xiva xonligi va uning atrofidagi davlatlar 
tarixini yoritib beruvchi “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, 
“Jomiy ul-voqeoti Sultoniy” nomli asarlar yozgan. Shuningdek, 
Ogahiy ko‘plab tarixiy asarlar, masalan, Muhammad Mahdixonning 
“Nodirnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad 
Mun-Yusuf Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin 
Ahmad Xiraviyning “Tabaqoti Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyat-
ning “Ravzat us-safoi Nosiriy” kabi asarlarini, Nizomiy Ganjaviyning 
“Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Xusrav Dehlaviyning 
“Hasht bihisht”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, 
“Solomon va Ibsol”, “Bahoriston”, Badriddin Hiloliyning “Shohu 
gado”, Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarlarini hamda falsafiy-
axloqiy mavzudagi Kaykovusning “Qobusnoma”, Husayn Voiz 
Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima 
qildi.
Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng 
avvalo, hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo‘l-
gan. O‘z navbatida, milliy parchalanish milliy yakdillikni yemirib, 
mahal liychilikning avj olishiga zamin hozirlab berdi. Milliy par-
chalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy va ma’-
naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning 
iqtisodiy va harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik 
Markaziy Osiyo xalqiarini Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy 
va ma’naviy qaramlikka olib keldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə