Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji. 
Bu davr madaniyatining 
xarakterli jihatlaridan biri o‘tmish falsafiy merosini o‘rganish, ilmiy-
tabiiy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish bilan cheklanganlik
falsafa va adabiyot orqali insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surish 
bo‘lgan. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri madaniyatining 
yana bir muhim xususiyati tarixnavislik fanining rivojlanganligidir. 
Buning boisi, birinchidan, millatning shakllanish jarayoni, milliy 
o‘zlikni anglashga, ikkinchidan, o‘zi mansub bo‘lgan xalq, elat 
yoki urug‘ning kelib chiqishi, ularning til, e’tiqod, ruhiyat birligi
xalq tarixida ro‘y bergan hodisalarni yoritishga bo‘lgan intilishning 
kuchaya borishi, boshqa urug‘lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa 
101
bo‘lmagan. Mo‘yqalami borik (ya’ni ingizka) va noziklikda tengi 
yo‘q edi. 24 yoshida vafot etdi. Umrimiz muddatida sakkiz majlisni 
tamom qildi. San’at ustodlari uni g‘oyat hurmat qilishar edi”. 
Zahiriddin Muhammad Bobirning “Bobirnoma” asaridan musavvir 
o‘tmishdoshimiz Shoh Muzaffar haqidagi quyidagi qaydlarni topamiz: 
“Yana Shoh Muzaffar edi, tasvirni ko‘p nozuk qilur edi. Tash’irni 
(ya’ni she’rni – sochni) xud guzaro nozuk qilur edi. Xili umr topmadi. 
Yana bir tasnifi bor, ul tasnifi tasavvuftadir, yomon emas… Taraqqiy 
mahalida – o‘q olamdin bordi (ya’ni vafot etdi)”. “Tarixi Rashidiy” va 
“Boburnoma” asarlaridagi mazkur qaydlar Shoh Muzaffarning tasvir 
va xattotlik sohasida o‘ziga xos original iste’dodga ega bo‘lganini, 
o‘z davrining mohir musavvirlaridan bo‘lganligidan dalolat beradi.
Badiuzzamon Mirzo. Nasta’liq va boshqa xatlar ustasi: 
temuriyzoda sulton Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li, Seiston va 
Balx (1495-1505) hokimi. Alisher Navoiyning muxlisi va shogirdi. 
Otasidan keyin taxtga ega bo‘lgan (1506) bo‘lsa-da, bir-yildan 
so‘ngra ko‘chmanchi o‘zbeklar xoni Shayboniyxon tomonidan 
mulki olinib, Eron ahllari bilan Tabrizga ketadi. Turkiya Sultoni 
Salim Tabrizni 1514-yil istilo etganda uni Istambulga olib ketadi. 
Keyinroq 1517-yilda o‘sha yerda vafot etadi. Badiuzzamon 
yaxshigina xattot va musavvir bo‘lgan. Navoiy “Majolisun nafois” 
asarida uning to‘g‘risida shunday yozadi: “Badiuzzamon Mirzo 
husin surat va husni siyrat bila orasta, jamoli zohiriy va kamoli 
botiniy bila piyrosta yigitdur”. 
Sulton Muhammad. Naqqosh va musavvirlikni Sulton Husayn 
zamonida egalladi. Sulton Husayn vafotidan so‘ng mamlakatda 
besarishtalik avj olgach, u Tabrizga ko‘chadi. U yerda Sulton 
Muhammad Hirot tasviriy san’at maktabida olgan bilimlari asosida 
qator shogirdlar yetishtirdi. O‘g‘li Ustod Mahdi Haraviy va Shoh 
Ismolning o‘g‘li tahmosi shulur jumlasidandir. Behzod vafotidan 
so‘ng Tabrizda uning tasviriy san’atdagi an’analarini davom ettirdi, 
naqqoshlik va tasvirda o‘z ustozi Behzod uslubiga sodiq qoldi. Afg‘on 
olimi Ali Ahmad Naimning yozishiga qaraganda, Sulton Muhammad 
XVI asrning so‘nggi choragida vafot etgan. Sulton Muhammad qo‘li 
bilan chizilgan suratlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda Hirot 
tasviriy san’at maktabiga xos belgilarni ko‘ramiz.
Mavlono muzaffar Ali naqqosh. Tabrizlik. Ustod Behzodning 


102
jiyani (singlisining o‘g‘li) Mavlono Haydar Alining o‘g‘li. 
Naqqoshlar to‘g‘risidagi tazkira muallifi Sodiqiy kitobdor naqqoshlik 
musavvirlikni shu Mavlono Muzaffar Alidan o‘rgangan. Shoh 
Taxmosi Muzaffar Alining ishlarini Behzodnikidan ustun qo‘yar edi. 
Mavlono Mir Ali va Mavlono Sultonali singari yozuv ustodlarining 
qit’alarini ko‘chirganda ularning yozuvidan hech bir farq qilmas edi. 
Sodiqiy kitobdorning yozishiga ko‘ra, u satranjni g‘oyibona ham 
mohirlik bilan o‘ynar ekan. Kazvinda vafot etgan. Ustod Kamoliddin 
Behzod yaratgan badiiy tasvir maktabi an’analari O‘zbekistonda bir 
hayotligi nihoyatda quvonarli hodisadir. O‘zbek musavvirlarining 
yangi asarlarini jahonning yirik san’ati xazinalarida ko‘rish mumkin.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə