Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Adabiy-badiiy jarayon. 
Bu davr adabiyotining asosiy xususiyati 
adabiy jarayonda o‘sha davr hukmdorlari ta’sirining sezilib turganligi 
bilan xarakterlanadi. Hukmdorlarning o‘zlari she’riy, nasriy va tarix-
iy asarlar yaratishga bo‘lgan intilishlari bilan ko‘zga tashlanib turgan-
lar. Bu holat Shayboniylar, Ashtarxoniylar, va hatto, rus istilosigacha 
bo‘lgan hukmdorlarning deyarli barchasiga xos bo‘lgan xususiyatdir. 
Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Subhon-
qulixon, Abulg‘ozixon, Qo‘qon xoni Umarxon, Xivaning so‘nggi 
xonlaridan Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning she’ri-
yat, nasr va tarix sohalarida qalam tebratganlari fikrimizning dalilidir. 
She’riyatda qalam tebratgan hukmdorlardan biri Muhammad Shay-
boniyxonning o‘zidir. U o‘z umrining ko‘p qismini jangu jadalda 
o‘tkazsa-da, ilm-fan va san’atga qiziqishi ancha baland bo‘lgan. U 
yaxshi ta’lim-tarbiya olgan. Natijada iste’dodli shoir, musavvir, mu-
siqachi va xushovoz qiroatxon bo‘lgan.
Shayboniylar sulolasining yana bir vakili Ubaydullaxon ham ilm-
fan adabiyot va san’atga qiziquvchi hukmdorlardan biri bo‘lgan. U 
“Ubaydiy” taxallusi bilan o‘zbek va fors tillarida ijod etgan. Asosan 
g‘azallar, ruboiylar va qit’alar bitgan. Ubaydullaxonning o‘g‘li 
Abdulazizxon ham “Aziziy” taxallusi bilan g‘azallar yozgan. Ab-
dulazizxon o‘z saroyida Hofiz Sulton Ali Ubaxiy, Vosifiy, Baqoiy, 
Majlisiy, Kavkabiy, Surudiy, Shaydo kabi shoirlar va san’atkorlarni 
to‘playdi, ularga ko‘plab iltifotlar ko‘rsatadi. U o‘z saroyida shoirlar 
bilan muntazam ravishda mushoiralar o‘tkazib turadi. Shuningdek, 
Abdulazizxon mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘plab qurilishlarni 
amalga oshiradi, me’moriy binolar qurdirib o‘z saroyi qoshida yirik 
kutubxona tashkil ettiradi.
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarx-
oniylar ham o‘z davrining o‘qimishli va yetuk kishilari bo‘lganlar. 
Ularning ko‘pchiligi uch tilni (turk, fors va arab tillarini) mukammal 
bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni egallaganlar. Imomqulixon, 
99
tasvirlanadi. Yuqori kompozitsiyada ishq tufayli qalbi iztirobga 
to‘lgan Majnun va nay chalayotgan cho‘pon bir osmon tagida, bir 
makonda tasvirga olinadi. Sevgi dardida telbaga aylangan oshiq 
dardini ayriliqdan azob chekayotgan qalb ramzi bo‘lgan nay hikoya 
qiladi-yu shu boisdan nay chalayotgan cho‘pon obrazi chuqur falsafiy 
ma’noga ega. Kamoliddin yaratgan va uning maktabiga mansub 
miniatyuralardagi har bir jihat, rang, ishora, u yoki bu personaj davr, 
hayot, kishilar haqida falsafiy mushohada yuritish imkonini beradi.
XX asrda hammaga ma’lum bo‘lgan “Behzod – sharq Rafaeli” 
degan o‘xshatish unchalik to‘g‘ri emasga o‘xshaydi. Unda shar-
qona g‘ururga bir oz putur yetgandek, g‘arbni baholashda biroz 
ortiqchalikka o‘rin berilgandek tuyuladi.
Sharq naqshlarining aqlni lol qoldiruvchi jozibasi va Malevichning 
“Qora kvadrati”ning og‘ir xislatlari, Jakondaning istehzoli tabassumi 
va Behzod miniatyuralarining aql bovar qilmas nazokati – bularning 
barchasi beqiyos ahamiyatga ega bo‘lib, inson zakovatining qudrati 
va uning butun borliqni hayajonga solguvchi sirli xilqat ekanligidan 
dalolat beradi.
Behzodning “Bog‘dodlik darvesh” nomli ajoyib portreti uning 
yuksak mahoratidan dalolat beradi. Behzod bu portretda nihoyatda 
nozik ruhiy obraz yaratadi. Bu bilan miniatyurani rassomlarning 
yuksak mahoratga ega ekanliklarini, ular akademik qalam va 
rangtasvir an’analarini ham bilishlarini isbotlaydi. Behzod qo‘l 
qovushtirib, jim o‘tirgan odamning kayfiyati va yuz ifodasini 
muvaffaqiyatli ifodalaydi. Salla o‘ralgan oq qalpog‘ Behzod mansub 
bo‘lgan naqshbandiya tariqatidagi darveshlarning ramzi hisoblanadi. 
Darveshning yelkasiga movut chakmonqabo tashlangan. Uning 
ustida ko‘k ko‘ylak ko‘rinadi. Tomoshabinning ko‘zi eng muhim 
narsa – diqqat bilan, osoyishta sirli boqib turgan ko‘zlarga tushadi. 
Bu portretda g‘ayritabiiy tarzda mavhumlik va borliq, maishiy 
kayfiyat va ma’naviy holat bir – biriga qorishib ketgan. Oltin rang 
fondagi nozik bezakli portretning har bir burchaklaridagi so‘fiyona 
yozuvlar uning ta’sirchanligini oshirgan. Shu davrlarda Leonardo 
da Vinchining “Mona Liza Jakonda”si yaratildi (“Darvesh portreti” 
1500-yili chizilgan bo‘lsa, “Jakonda” 1503-1506-yillarda yaratilgan). 
Bu asar Yevropa portret an’analarini biroz boshqacharoq tarzda 
namoyon qildi.


100
Bu asar Behzodning ishi bilan muqoyasa qilinganda unda obrazlar 
tashqi ta’sirida ham, lahzalik psixologik holatlar tasvirida ham 
mushtaraklik seziladi. Gavda, qo‘llar holati, ko‘z qarashlar, umumiy 
ruhiy holatlar nuqtai nazaridan har ikala portret bir-biriga yaqin 
keladi. Tashqi dunyo va hissiy holatni ulug‘lagan antik estetikadan 
farqli o‘laroq. Behzod va da Vinchi asarlarida hissiy talqindan ko‘ra, 
ruhiy kayfiyat ustunroq turadi.
Behzodga ham, Leonardo da Vinchiga ham antik estetika yotdir. Ular 
aniq “hissiy ko‘rinish”ni rad etib, har ikkalasi ham o‘z obrazlarining 
ma’naviy holati va ichki hislarini berishga intilishadi. Aynan shu 
tarkibiy-musiqiy umumiylik “tushunadigan kuzatuvchiga ko‘p ma’noli 
qarash qilayotgan” obrazlar talqinida rassomlikni birlashtiradi. 
Shunday qilib, har ikkala obrazning o‘ziga xos xususiyatlariga 
qaramay, ularning talqinidagi umumiylik Behzod ijodi XV-XVI asrlar 
Yevropa badiiy an’analari bilan shaklinigina emas, mohiyatan ham 
bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Ravshan hayotiy manzara, kishilar 
tasviridagi jonlilik mehnatkash xalq hayotiga, uning mashaqqatli 
mehnatiga ko‘proq murojaat qilish, ortiqcha dabdabaning yo‘qligi 
Behzod yaratgan tasviriy san’at asarlarining o‘ziga xos xususiyatga 
ega ekanligini ko‘rsatadi.
Nom chiqargan har qanday mohir usta singari Behzodning ham 
o‘nlab shogirdlari bor edi. Masalan, uning eng yaqin shogirdi 
Qosim Ali ustozidan qolishmadi va zamondoshlari tomonidan 
yuqori baholandi. Tarixchi Haydar Mirzoning yozishicha, Behzod 
shogirdlari Qosim Ali Chehrakusho (portretist)dan tashqari, Maqsud 
va Mulla Yusuf kabi naqqoshlar bo‘lganini; Ali Mustafo Shayxzoda 
Xurosoniy va Og‘a Mirak bo‘lganini; Qozi Ahmad esa, Do‘st Devona 
va uning otasi Muzaffar Ali bo‘lganini eslab o‘tadi. Qozi Ahmad 
Qohirada saqlanayotgan Sa’diyning miniatyurali “Bo‘ston”ini 
(1488) yaratishda Behzodga yordam bergan Yori Muzahhibni ham 
Behzoddan ta’lim olgan deydi.
Safariy davri tarixchisi Iskandar Munshiy Behzodning Tabrizda 
yetishtirgan shogirdlaridan biri Muzaffar Ali bo‘lganini ta’kidlaydi. 
Shoh Muzaffar (1481-1505). Mirza Haydar Mirzo zamonidagi 
musavvirlar haqida yozar ekan, uni birinchi bo‘lib tilga oladi. Shoh 
Muzaffar haqida u quyidagilarni hikoya qiladi: “shoh Muzaffar ustod 
Mansurning o‘g‘lidir. Sulton Abusaid zamonida bundan bextari 
109
jihatlarini bilishga, uchinchidan, milliy ong, milliy g‘urur va 
millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan boshlab 
Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va urug‘larning 
tarixini yorituvchi asarlar yaratish an’anaga aylana bordi. Masalan, 
Shayboniylar davrida tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. 
Muallifi noma’lum bo‘lgan “Tavorixi go‘zidayi Nusratnoma”, 
Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiy va Muhammad Solihlarning 
“Shayboniynoma”lari, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-ason”, 
Fayzulloh Ro‘zbixonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin 
Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’”, Hofizi Tanish Buxoriyning 
“Abdullanoma” va boshqa asarlari yozildi.
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraq-
qiyotida ozgina bo‘lsa-da siljish ro‘y berdi. Masalan, Mulla Tursun 
Faroziy, Mulla Ne’mat Samarqandiylar matematika, astronomiya 
va geometriya bo‘yicha, Abdulla Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla 
Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo‘yicha faoliyat ko‘r-
satdilar.
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali “Dorush-
shifo” nomli madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida 
tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar 
mavjud bo‘lgan. “Dorush-shifo” xarajatlariga vaqf mulklaridan 
keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o‘z saroyiga 
tabiblarni yig‘ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib 
turgan. Bu anjumanlarda o‘sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va 
ularni bartaraf etish yo‘llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan. 
Subhonqulixonning o‘zi tabobatga oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar 
o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, ularning birinchisi “Subhon tibbiyoti” 
deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda 
davolash yo‘llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari 
8 qismdan iborat bo‘lib, “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” deb 
yuritilgan. Asarning har bir qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi 
va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Uning o‘zi bu xususda 
shunday deb yozadi: “O‘tmishdagi tabiblar bizga arab va fors 
tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o‘zbek) tilida 
yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors 
tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men 
o‘z kitoblarimni turk (o‘zbek) tilida yozdimki, undan o‘zimizning 


108
davlatni boshqarishda katta kuchga ega bo‘lgan shayx ul-islom 
(jamiyatni boshqarish me’yorlarini ishlab chiquvchi, boshqaruv 
organlari qarorlarining to‘g‘riligini, avvalo, Qur’on, so‘ngra hadislar 
bilan qiyoslovchi), mufti (diniy huquq va huquqiy masalalarga 
fatvo beruvchi) va bosh qozi (jinoyat va jazo masalalarini, ya’ni 
jinoiy ishlarni ajrim qiluvchi) kabi mansab egalari hukmdorlar 
(Shayboniylar va Ashtarxoniylar)ning pirlari, hukmdorlar esa 
ularning muridlari hisoblangan.
Davlatni boshqarishda Buxoro yaqinidagi Juybor qishlog‘ida 
istiqomat qiluvchi Muhammad Islom Jaloliddin Kosoniy (Mahmudi 
A’zam nomi bilan mashhur bo‘lgan), Hoji Muhammadamin, Hoji 
Hoshimiy, Abu Rahim, Tojiddin Hasan, Xoja Saad; Samarqandda 
istiqomat qilib jamiyat ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan 
Xoja Ahror Valiy (asli Toshkentda tug‘ilgan) va uning nabirasi 
Bakirxo‘jalar; XV asrning 80-yillarida Movarounnahrga kelib Xoja 
Ahror Valiyning izdoshi va muridi bo‘lgan Mir Arab (asli Yamanda 
tug‘ilgan va Movarounnahrga kelib, Turkistondagi Sayram shahrida 
yashagan) Abdulloh at-Arabi al-Yamanlilar katta ta’sir kuchiga ega 
bo‘lganlar.
Ikkinchi tomondan, naqshbandiylar sufiylar (o‘z davrida 
Yassaviylik ham, Kubroviylik ham) millat ajratmasdan mahalliy 
o‘troq, ko‘chmanchi va yarim-ko‘chmanchi xalqlarning azaliy 
an’analari va turli diniy ibodat unsurlarining umumlashuvi hamda 
fors, arab va turkiy xalqiar madaniyatlarining o‘zaro uyg‘unlashib, 
hozirgi milliy madaniyatimizning shakllanishi hamda rivojlanishida 
muhim rol o‘ynagan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə