Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga XVI-XIX asrlarda o‘zbek 
xonliklari davrida ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xusu-
siyatlari, tarix fanlari rivoji, adabiy-badiiy jarayon, me’morchilik 
va musiqa san’ati taraqqiyoti haqida ma’lumot berish.
XV asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o‘zaro taxt talashishlari 
Xuroson va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. 
Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa hududlar bilan bo‘ladigan 
madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda hokimliklarga 
bo‘linib ketdi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun 
Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko‘chmanchi o‘zbek va 
mo‘g‘ul xonlariga murojaat qila boshiadilar.
Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko‘pdan beri Movarounnahrga ko‘z 
olaytirib turgan ko‘chmanchi o‘zbek xonlari, dastlab Abulxayrxonga, 
so‘ngra uning nabirasi Muhammad Shayboniyxonga qo‘l keldi. 
Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga Samarqand tojini qo‘lga 
kiritishga yordam bergan bo‘lsa, Muhammad Shayboniyxon 
Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib, 
Samarqand taxtini egalladi va Bobur Mirzo kuchlarini mag‘lub etib, 
Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib oldi. 1507-yili Hirot 
taxtini egallab, yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soldi.
Muhammad Shayboniyxon o‘z davlatini mustahkamlab olgach, 
105
mamlakatning iqtisodiy hayotini yaxshilashga, uni ichi 
dan 
mustahkamlashga qaratilgan bir qator islohotlar o‘tkazdi. Deh qon-
chilikning rivojlanishiga yordam beruvchi yer to‘g‘risida, vaqf masa-
lalari bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. O‘zaro 
taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab, o‘z yerlarini tashlab 
ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, madrasalarga vaqf 
mulki sifatida berdi. 1502-yilda Zarafshon vohasida qaqrab va 
qarovsiz yotgan yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida 
Ko‘hak (Zarafshon) daryosiga suv-ayirgich va ko‘prik qurdiradi. 
Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash uchun 1507-yilda 
barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor qilib, 
pul islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga, 
mamlakat siyosiy-iqtisodiy mavqeyining oshuviga yordam beradi.
Bu davrda to‘qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metallga ishlov 
berish, qog‘oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etdi. Shuningdek, xalq 
amaliy san’atining yog‘och, tosh, metall o‘ymakorligi, kandakorlik, 
naqqoshlik, xattotlik rivoj topdi. Samarqandda yuqori sifatli qog‘oz 
ishlab chiqarish yanada yuksaldi. Ipak qog‘ozi deb ataluvchi oliy 
nav qog‘ozlar asosan ipak paxtadan aralashtirib tayyorlangan. 
Samarqandlik usta Miribrohim “Sultoniy” va “Miribrohimiy” nomli 
qog‘ozlarni ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan.
Samarqand qog‘ozlarining keng ko‘lamda ishlab chiqarilishi 
kitobat san’atining taraqqiy etishiga, o‘z navbatida, Movarounnahrning 
ko‘p 
gina madaniy jihatdan yuksalgan shaharlaridagi madrasalar 
qo 
shida hamda boy-badavlat kishilar tomonidan tashkil etilgan 
kutub xonalarning ko‘payishiga olib keldi. Bu kutubxonalarda nodir 
qo‘lyoz malar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, geografiya, 
falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, notiqlik, tibbiyot, matematika, astro-
nomiya kabi ko‘plab fan sohalariga oid kitoblar to‘plangan.
XVI asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, ayniqsa, Abdullaxon 
Soniy savdo-sotiqning rivojlanishiga alohida e’tibor berdi. Hindiston, 
Xitoy, Eron, Rusiya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari 
rivojlandi. Movarounnahrda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik 
buyumlari, ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob, gilam, metall 
buyumlar savdo-sotiqning asosiy manbayi hisoblangan.
Shayboniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola va-
killarining o‘zlari sezilarli ta’sir ko‘rsatdilar. Chunki sulolaning Mu-


128
har-yilgi obzori nashr etilib turgan. 
O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin san’at 
sohasida ham ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. O‘lkaga rus san’ati 
turli formalarda kirib kela boshladi. O‘zbekistonga musiqachilar
rassomlar, arxitektorlar, artistlar kela boshladi. Ular o‘lkada Yevropa 
madaniyati va san’ati ko‘rinishlarini yoya boshladilar. Mahalliy aholi 
ularning ijodi bilan tanisha boshladilar. Bu davrda o‘zbek san’ati 
hamma sohada yanada rivojlandi, yangi g‘oyalar, yangi texnika 
imkoniyatlari bilan boyidi. Ijtimoiy fikr sohasida yangi oqimlarning 
rivojlanishi va ilgarigi madaniy cheklanishning yo‘qolib borishi 
o‘zbek san’atiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 
Turkiston o‘lkasida qadimdanoq yuksak taraqqiy etgan xalq 
professional teatri XIX asrda asosan ikki xil: qiziqchilar teatri 
va qo‘g‘irchoq teatridan iborat edi. Qiziqchilar ham, qo‘g‘irchoq 
o‘ynatuvchilar ham hunarmandlar kabi rayonlar bo‘yicha ayrim 
sexlarga birlashgan. Xalq artistlari sexi yaxshi uyushtirilgan tashkilot 
bo‘lgan. Ular turli bayramlarda va tadbirlarda xalq o‘rtasida o‘z 
san’atlarini namoyish qilganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib 
olinganidan keyin bu yerga rus teatri ham kirib kela boshladi. 
Dastlabki rus spektakllarini xavaskor mahalliy ziyolilar qo‘ygan. 
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, 
chor Rossiyasining og‘ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida 
ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to‘xtab 
qolmadi, xalqimiz o‘zining an’anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq 
qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa 
qo‘shdi. XIX-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston 
ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada 
qolib ketgan edi. Qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli 
ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada 
qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka 
erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-
mulohazalar paydo bo‘la boshladi. 
XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk 
islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining 
nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketdi. U Bog‘chasaroyda eski 
mak 
tablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan yengil qiroat 
usu liga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o‘zi dars bergan, 
113
Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona, 
madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon 
madrasalari, qator chorbog‘lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi 
gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar 
davrida ham o‘ziga to‘q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o‘zlarining 
mablag‘lariga ko‘plab me’moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, 
XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Xojamberdi, Sherg‘ozixon 
madrasalari qurilgan bo‘lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi, 
Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi
Samarqandda Amir Yalangto‘shbiy tomonidan Registon maydonida 
Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan.
Bunday ulug‘vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan 
dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul 
yo‘li ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy 
hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o‘zlari bosib olgan 
boshqa shaharlarda ham ko‘plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar 
qurdirgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, o‘zidan oldin yetti iqlimni 
bo‘ysundirib o‘zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga 
g‘ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng 
hashamatli va ulug‘vorlikda boshqa me’moriy yodgorliklardan ustun 
bo‘lgan “Oqsaroy”ni vayron qilishga harakat qilganlar “Oqsaroy”ni 
XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar 
nafaqat a’lo sifatli g‘ishti uchun, balki saroy bunyodkorining 
ulug‘vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy 
hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom 
etdi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutanosiblik 
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga, ayniqsa, aniq fanlar 
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, diniy mutaassiblik 
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Natijada moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi 
davrlar – ilk Uyg‘onish va temuriyiar davriga nisbatan birmuncha 
sust rivojlangan. Aholining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ham, 
ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan. Bu davr 
madaniyatining xarakterli xususiyati o‘zligini anglashga bo‘lgan 
intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix 
fani taraqqiy etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga 


114
bo‘lgan intilishlari esa me’morchilikning rivojiga olib keldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə